So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Agar Ermatov evropalik bo'lganida, CHempionlar Ligasi finalini albatta boshqarar edi". Sergey Karasyov bilan suhbat Yangiliklar

"Agar Ermatov evropalik bo'lganida, CHempionlar Ligasi finalini albatta boshqarar edi". Sergey Karasyov bilan suhbat

Championat.asia muxbiri Nikolay Egorichev O'zbekiston – Qozog'iston uchrashuvini boshqargan hakam Sergey Karasyov bilan suhbatlashdi.

- O'zbekiston - Qozog'iston o'yinida ishlash taklifi qanday va kimdan tushdi?

- Bu erda hammasi oddiy, bu odamni hamma yaxshi biladi – bu Ravshan Ermatov. U shaxsan qo'ng'iroq qilib, taklif etdi. Bundan juda xursandman.

- U bilan munosabatingiz qanday?

- JCH-2018 ga tayyorgarlik chog'idagi davrdan beri yaxshi munosabatdamiz. U besh yil oldin: "O'zbekistonga terma jamoa o'yiniga hakamlik qilish uchun kelasizmi?" degandi. Men: "Ha, mamnuniyat bilan", dedim. Men bu davlatga birinchi marta keldim va umuman MDH davlatlaridan, afsuski, faqat Qozog'iston va Ozarbayjonda bo'ldim. O'zbekiston rang-barang mamlakat. Ravshan bilan mahalliy taomlar haqida suhbatlashdik, bu mavzu menga juda qiziq. U ilgari taklif qilgan edi, lekin bu amalga oshmagandi. Endi, nihoyat, u bu erga keldi.

- Ermatov bilan gaplashganingizdan so'ng futbol federaciyalari bir-birlari bilan muloqot qila boshlashdimi?

- Ha, avvaliga u qo'ng'iroq qildi, men darhol ijobiy javob qaytardim. CHunki hozir boshqa chempionatlar kabi RPL ham pauza. Biz rahbariyat bilan suhbatlashdik. Hammasi tezda, tom manoda besh daqiqa ichida hal bo'ldi va biz o'yinga ketishga ruxsat oldik.



- O'zbekiston - Qozog'iston uchrashuvini siz boshqarib borishingiz haqida malumot o'yindan bir necha kun oldin paydo bo'ldi. Ermatovdan qachon taklif tushdi?

- Suhbat oktyabr oyining o'rtalarida bo'lgan. O'shanda ham bu o'yinga hakamlar brigadamiz kelishi taxminan aniq edi.

- O'zbekiston va Qozog'iston futbolchilari ishtirokidagi o'yinlarda xizmat qildingiz. Ular qaysidir manoda boshqa o'yinchilardan farq qiladimi? Balki ularda alohida mentalitet bordir?

- Kimda qanday xaraktir borligi bilan chuqur qiziqmadim. Birinchi navbatda, mentalitetga emas, balki hakam darajasiga qarash kerak: u o'yinni qanday boshqaradi, futbolchilar bilan qanday muloqot qila oladi. Albatta, turli mamlakatlardan kelgan futbolchilarning o'ziga xos jihatlari bor, lekin agar hakam qanday gapirishni va o'z fikrlarini etkazishni bilsa, barcha jamoalar va barcha o'yinchilarga birdek munosabatda bo'lsa, unda bu odam qaysi davlatdan ekanligi muhim emas. Futbolchi 80 daqiqa xotirjam bo'lib, keyin portlashi mumkin. Bir yoki ikkita hushtak - va o'yin darajasi ko'tariladi va yaqingacha xotirjam bo'lgan o'yinchi o'zini butunlay boshqacha tutishi mumkin.



- SHomurodov yoki Zaynutdinov bilan muloqot qilasizmi?

- Hakamlar maydon tashqarisida futbolchilar bilan kamdan-kam muloqot qilishadi. Ha, o'yin davomida yoki o'yin oldidan bir necha so'z, hazil almashishimiz mumkin, chunki ko'pchilik bir-birini taniydi. Aytgancha, bu ham barchaga yaxshi to'lqinga moslashishga yordam beradi. Hakamlar futbolchilarga ular bir xil odamlar ekanligini va faqat futbol maydonida yordamchi ekanligini darhol etkazishi muhim. Hayotda hakamlar kamdan-kam hollarda futbolchilar bilan shunchalik qattiq muloqot qilishadi. Balki agar hakam sobiq professional futbolchi bo'lsa va u bir paytlar birga o'ynaganlarni baholasa. Lekin SHomurodovning rivojlanayotganini hammamiz kuzatib boryapmiz. U "Rostov"da o'ynagan vaqtida kam gapirar va faqat o'z ishini qilgan.

- Terma jamoalar o'yinlari va klublar o'rtasidagi uchrashuvlar ustida ishlashda farq bormi?

- Deyarli bir xil. Har bir hakam o'ziga xos tarzda tayyorgarlik ko'radi: Aytaylik, kimlardir o'yindan oldin uxlashi mumkin va hatto tushlik ham qilolmaydi. Har kimning o'ziga xos xususiyatlari bor, lekin RPL o'yini, terma jamoa o'yini, CHempionlar ligasi o'yini - farqi yo'q. Bu tayyorgarlik allaqachon odatiy holga aylanib bormoqda, chunki siz nima qilish kerakligini, sizni nima kutayotganini bilasiz. Futbolchilar uchun, menimcha, xuddi shunday.

- Kecha Toshkentga keldingiz. Hakamlar shahar aylanishga vaqt topa oladimi?

- Biz har doim o'yin arafasida kelamiz. Bu Rossiya chempionati o'yinimi yoki xalqaro o'yinmi, farqi yo'q. Kecha keldik, dam olish vaqti keldi, shaharga biroz aylandik.



- SHaharni kim bilan aylandingiz? Ravshan Ermatov bilanmi?

-Yo'q, Ravshan bilan tez orada albatta gaplashamiz.


- Hozir Osiyoda Ermatov qayd etgan ko'rsatkichlarni yoki hech bo'lmaganda unga yaqinlasha oladigan hakam bormi?

- Men osiyolik hakamlarni ko'p ham yaqindan kuzatib bormayman. Bu borada men hamkasblarim bilan ushbu mavzuni muhokama qildim. O'ylashimcha, buni takrorlay oladigan yo'q degan xulosaga keldim. Bu jahon yutug'idir. O'ylaymanki, u ko'p yillar davomida jahon chempionatlarida o'yinlar soni bo'yicha rekordchi bo'lib qoladi. Inson o'z mehnati va matonati tufayli bunga erishdi.


- Xalqaro o'yinlarga taklifnomasiz sizga qiyinmi?

- Bu ajoyib motivaciya bo'ldi. SHuning uchun men ham Evropa futbolini deyarli kuzatib bormayman. Sababi aniq: rossiyalik hakamlar o'sha erda bo'lishdi, ular yaxshi o'yinlarda hakamlik qilishdi, ammo hozir biz u erda emasmiz. Men qilishni istagan narsalar ko'p edi. Qolaversa, so'nggi ikki yil davomida biz oyoqqa turib oldik: bizga yaxshi o'yinlar ishonishdi, Evro-2020da yaxshi ishladik. Hozirda biz Rossiya chempionati ishlariga ko'proq sho'ng'ib ketyapmiz. Har bir hakam endi o'z motivaciyasini izlashi kerak. Boshqa davlatlardan hakamlarni taklif qilishsa, xursand bo'laman: yaqinda Saudiya Arabistonida edik, hozir O'zbekistonda. Biz do'st davlatlar bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz.

- Agar Ermatov evropalik hakam bo'lganida, CHempionlar Ligasi finalini boshqararmidi?

- Albatta ha. Men bunga aminman.



- UEFA Superkubogi bahsida hakamlik qildingiz. Agar hakam shunday o'yinga qo'yilgan bo'lsa, u Evropa Ligasi yoki CHempionlar Ligasi finaliga tayyorlanyapti, degan fikr bor. Finalga chiqishingiz mumkinligini his qildingizmi?

- Bu ushbu mavsum sodir bo'lishi dargumon. Biz 2021 yilning avgust oyida UEFA Superkubogida hakamlik qildik va ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqish imkoniyatimiz juda past edi. Bunday holatlar bo'lgan, ammo bu kamdan-kam uchraydi va bular yuqori chempionatlarning hakamlari edi. UEFA Superkubogi menga ishonib topshirilgani allaqachon katta yutuq. Kelgusi yil shunga o'xshash narsalarni kutmoqdamiz. Balki UEFA Konferenciya Ligasi finali. Lekin baribir, odam hamma narsaga ko'nishi mumkin. Men hakamlik qilishni va imkon qadar futbol maydonida qolishni xohlayman.

- UEFA va Roberto Rozetti (UEFA hakamlar oficeri - eslatma) bilan aloqada bo'lib turasizmi?

- Yo'q, fevral oyining oxiridan beri UEFAdan menga hech kim yozmagan va qo'ng'iroq qilgani yo'q. Evropa davlatlarining hakamlari bazan yozishadi – ular ishlar qanday ketayotganini so'rab turishadi. Nomlarini aytmayman, lekin ular doimo takrorlaydi. "Biz siz uchun xavotirdamiz", deyishadi.

- Hozir rossiyalik hakamlar tomonidan seminarlar o'tkazilmoqdami?

- Bizga bitta VAR seminariga havola yuborildi - shunchaki elektron pochta orqali pochta ro'yxatida qolganimiz uchun. Lekin bizni shaxsan hech kim taklif qilmadi. Garchi yaqin ikki-uch yil ichida FIFA referisi bo'lish umidi bor yosh hakamlar bir-ikki marta SHveycariyaga borishgan. Ushbu dastur UEFA CORE deb nomlanadi, u yosh hakamlarning rivojlanishiga masuldir. SHunday qilib, RFI va UEFA o'rtasidagi kichik ip hali ham qolmoqda.

- Siz allaqachon 43 yoshdasiz. Hakamlik faoliyatingizni yakunlaganingizdan keyin qanday ish bilan shug'ullanmoqchisiz?

- Men shu sohada qolaman, albatta. Balki yosh hakamlarga dars berarman. Lekin men inspektor bo'lmayman, chunki hozirda VAR mavjud va butun dunyo bo'ylab inspektorlar institutidan asta-sekin voz kechilmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика