So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  3 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  17 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

"Agar Abramov ketishimni xohlamagan bo'lsa, "yo'q" deya javob berishi mumkin edi. "Dinamo" so'nggi pallada – "Istiqlol" barcha hujjatlarni yuborganidan so'ng taklifni rad etdi". Joel Kojo amalga oshmay qolgan transferi bo'yicha izoh berdi Yangiliklar

"Agar Abramov ketishimni xohlamagan bo'lsa, "yo'q" deya javob berishi mumkin edi. "Dinamo" so'nggi pallada – "Istiqlol" barcha hujjatlarni yuborganidan so'ng taklifni rad etdi". Joel Kojo amalga oshmay qolgan transferi bo'yicha izoh berdi

Tehronning "Istiqlol" klubi "Dinamo" futbolchisi Joel Kojoni xarid qilmoqchi bo'lgani, ammo oxirgi pallada transfer amalga oshmay qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov futbolchi bilan bog'landi va vaziyatga oydinlik kiritdi.

"Men "Dinamo" bilan shartnomani yangilash arafasida murabbiyga boshqa klubga ketishni xohlayotganimni aytdim, lekin bosh murabbiy biz Superligaga qaytganimiz va men jamoa etakchisi ekanligimni takidlab, ushbu klubga kerakligim va Superligaga qaytishga o'z hissamni qo'shganimni aytgan edi. SHundan so'ng men undan agar qachondir boshqa klubdan taklif tushsa, meni qo'yib yuborishlariga ishonch hosil qilishni so'radim. O'sha paytda men va rafiqam uning ofisida bo'ldik va u taklif tushsa, meni qo'yib yuborishini aytdi.


Keyinroq shartnoma imzolanganimdan so'ng u meni qo'yib yuborish uchun menga qiziqish bildirgan klub transfer uchun 100 ming AQSH dollar to'lash kerakligini bildirdi, bu men uchun katta shok bo'ldi. Agentimga qo'ng'iroq qildim va u menga murabbiyga ishonishimni, ortiqcha tashvishlanmasligim kerakligini aytdi. SHartnomani Antaliyada, mavsum oldidan o'tkazilgan yig'inda tuzdik. U menga agar taklif tushsa, meni qo'yib yuborishiga ishontirdi va men "Dinamo" uchun har doim chin dildan o'ynadim. Yaqinda Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bilan Eronga qarshi o'ynadik va o'yindan so'ng "Istiqlol" klubi menga qiziqayotganini bildirdi. Men darhol agentim bilan bog'landim va undan "Dinamo" bosh murabbiyi bilan gaplashishini so'radim. Men o'sha vaqti terma jamoa safida edim. O'zbekistonga qarshi kechgan o'yindan so'ng jamoaga qaytdim va shaxsan o'zim murabbiy bilan gaplashdim. U menga: "Kojo, seni hozir qo'yib yuborolmayman, chunki boshqa hujumchi yo'q", deb aytdi. Men bosh murabbiyga jamoa uchun o'ynashni istamayotganim uchun emas, bu taklif mening faoliyat uchun katta o'sish bo'lishi va shuning uchun mening holatimni tushunishini iltimos qildim. Bu murabbiy uchun qiyin bo'lsa-da, keyin u rozi bo'ldi va meni xarid qilmoqchi bo'lgan klub taklifni yuborsa, masala hal bo'lishini aytdi.


Kecha kechki mashg'ulotlardan so'ng "Istiqlol" transfer taklifini yubordi va murabbiy menga hech qanday muammo yo'qligi, direktor bilan bog'lanib, hujjatlarni imzolashim kerakligini aytdi. Oradan bir soat o'tgach, direktor agentim bilan bog'lanib, hech qanday muammo yo'qligi va faqatgina bosh murabbiyning ruxsatini kutayotganini aytdi. Agar biror narsa bo'lsa, biz unga qo'ng'iroq qilishimiz mumkinligini takidladi. SHu vaziyatda kechasi vaziyatni hal etish uchun murabbiyning ofisiga bordim, lekin biroz oldinroq bosh murabbiyga xabar yozib, meni qo'yib yuborishga rozi ekanligini so'radim va u "ha" deb javob berdi. Direktor hamma narsani men uchun imzolashi mumkin edi. O'sha kecha direktorga 15 marta qo'ng'iroq qildim, u mening qo'ng'iroqlarimga javob bermadi. Transfer oynasi yopilishiga 30 daqiqa qolgandi. Butun kechasi bilan unga qo'ng'iroq qildim, lekin u umuman javob bermadi. Agentim ham bir necha bor qo'ng'iroq qildi, lekin javob ololmadik. Uyga umidsizlik bilan qaytdim. SHuning uchun mening ularga bo'lgan hurmatim yo'qoldi. 


Agar u (Vadim Abramov – tahr.) ketishimni xohlamagan bo'lsa, "yo'q" deya javob berishi mumkin edi. "Dinamo" so'nggi pallada – "Istiqlol" barcha hujjatlarni yuborganidan so'ng taklifni rad etdi", - deya so'zlab berdi Joel Kojo.



"Dinamo" Joel Kojoni "Istiqlol"ga sotishni istamadi. Futbolchi murabbiy va klub direktorini ayblamoqda

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика