So’nggi yangiliklar

15:11Марказий Осиё. Фақатгина Қозоғистонда етакчи ўзгарди, қолган мамлакатларда ҳаммаси ўз ўрнида  0 14:59Шенсни яна "Арсенал"да ўйнайдими?  0 14:30Тен Хаг раҳбариятдан "Манчестер Юнайтед" таркибини кучайтиришни сўради  3 14:04Аргентина терма жамоаси ва "Барселона" собиқ бош мураббийи ҳаётдан кўз юмди  1 13:38"Бавария" Гвардиолани қайтаришни истамоқда  5 13:15Евро-2024да кийиниш хоналарида футболчиларга етарли жой бўлмаслиги мумкин  0 12:55Ўзбекистонни Олимпиадага олиб чиққан дўппи аукционга қўйилди! Ҳозирги нарх 20 миллион сўмдан ошди!   13 12:40Бугун бир қатор легионерларимиз ўйнайди  1 12:18"Сурхон" чемпионат аутсайдери "Бунёдкор" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:02"Челси" Тухелни қайтариши мумкин  4 11:39Яна бир мураббий "Бавария"га ўтиш истаги йўқлигини айтди  7 11:12"Аякс" янги мураббий тайинлайди. Бор-йўғи икки нафар номзод бор  2 10:50Қозоғистонлик миллиардер Англия клубини сотиб олди  12 10:22Килиан Мбаппе: «Биз финалга чиқамиз»  3 09:55Зидан «Бавария»ни бошқариш ҳақидаги саволга жавоб берди  16

"Afsuski, eng katta orzumizdan quruq qoldik" - Lyubinko Drulovich so'nggi matbuot anjumanida nimalar dedi? (to'liq) Yangiliklar

"Afsuski, eng katta orzumizdan quruq qoldik" - Lyubinko Drulovich so'nggi matbuot anjumanida nimalar dedi? (to'liq)

Bugun, 30 yanvar kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'FA anjumanlar zalida o'tkazilgan anjumanning to'liq matnli variantini quyida o'qishingiz mumkin.

Lyubinko Drulovich O'zbekiston OTJdan ketdi


"Osiyo chempionatiga yakuniy tayyorgarlik jarayonini Toshkentda boshladik. Toshkentdagi yig'indan so'ng Dubayga yo'l oldik. Dubayda o'tkazgan 2 haftalik yig'in va o'rtoqlik o'yinlaridan keyin musobaqaga yo'l oldik.

Tayyorgarlik jarayonimiz ko'ngildagidek o'tdi va musobaqa oldidan turnirga tayyor edik deb ayta olaman. Tailandga borganimizdan keyin ham Qatar OTJ bilan nazorat o'yini o'tkazdik va o'sha bahsdan ko'nglimiz to'lgandi. SHu sabab ham biz tayyor edik deyapman.

Turnirni yomon o'tkazmadik deb o'ylayman. Guruh bosqichida yaxshi ishtirok etdik. Guruhimiz eng kuchlisi edi (Xitoy, Eron, Janubiy Koreya bor edi). SHunga qaramay, guruhda faqat J.Koreyaga mag'lub bo'ldik (1:2). Koreyslar Osiyoda eng kuchli jamoa ekanliklarini yakunda ham isbotlashdi. Ularga qarshi noyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik va o'sha bellashuvlarda ham ularning kuchli ekanligiga amin bo'lgandim. Birgina mag'lubiyat bilan guruhdan chiqdik. CHorak finalda raqibni 5:1 hisobida taslim etdik, bundan muxlislar ham quvonishdi. Yarim finalda Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda qanday mag'lub bo'lganimizni tushunmadim. O'yinda ustunlik qildik, biroq raqib uchrashuv oxirida gol urib, g'alabani ilib ketdi. Bundan juda ham xafa bo'ldik. Lekin, bizda yana bir imkon paydo bo'lgandi. Yashil qita vakillariga qarshi ham yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Avstraliya bilan o'yin ham Saudiyaga qarshi bahs kabi ko'rinish oldi. Qolaversa, bir kishi kam bo'lib qolganimiz bizga tasir qildi. SHunga qaramay bor imkoniyatimizni ishga soldik. SHuncha harakatlarga qaramay gol urish nasib etmadi va asosiy orzumizga etisha olmadik. Jamoamizdagi futbolchilar ham, xodimlar ham Olimpiadaga chiqishni juda va juda xohlashgan edi. Afsuski, eng katta orzumizdan quruq qoldik", - deya gapini boshladi Drulovich.


- Murabbiy bir yil davomida jamoa bilan yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdi. Lekin, nima uchun turnirda faqat 12 nafar futbolchi asosiy tarkibda o'ynayverdi? Vaholanki, qisqa muddatli musobaqalarda bir xil tarkib bilan o'ynash deyarli imkonsiz. O'yinchilar har 2-3 kunda o'ynayverib charchab qoladi. Nima uchun rotaciyalarni amalga oshirmadingiz? (Tolibjon Qosimov, "Championat.asia")
- Bunday vaziyatlarda ko'pincha murabbiy tanlovi hisobga olinadi. Etibor bergan bo'lsangiz, turnirda asosan Janubiy Koreya deyarli barcha futbolchilaridan foydalandi. Qolgan jamoalar esa boshlang'ich tarkibda u qadar katta o'zgarishlarni amalga oshirmadi. Odatda, bunday musobaqalarda murabbiylar o'zi uchun 11talik asosiy tarkibni belgilab oladi va aynan ularga tayanib harakat qiladi. Asosiy tarkibdagi 11 o'yinchi – bu mening tanlovim, men aynan shu futbolchilar asosiy tarkibda tushishini xohladim. Bu bilan zaxiradagilar yomon futbolchilar demoqchi emasman.

- Murabbiy faqat Janubiy Koreya deyarli barcha futbolchisidan foydalandi deb aytdilar. Vaholanki, bizga qarshi uchinchi o'rin uchun to'p tepgan Avstraliya ham zaxira darvozabonlaridan boshqa hamma o'yinchisidan foydalandi. Faqat bir xil tarkibni tushiraverish qolgan yigitlarning ruxiyatiga salbiy tasir qilmaydimi? Ularda qancha mashq qilsam ham baribir asosiyda tushmayman degan fikr paydo bo'lmaydimi ularda? (Tolibjon Qosimov, "Championat.asia")
- Bu normal holat. Ularning barchasi professional. Yigitlar murabbiy qarorini to'g'ri qabul qilishdi. Ichki muhit juda yaxshi edi va bu borada hech qanday muammo bo'lgani yo'q.

- Siz qaysi o'xshamagan vaziyat yoki xatoni aynan o'zingizni bo'yningizga olasiz? (Abdulaziz Iskandarov, "Championat.asia")
- Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi turnirdagi eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Deyarli barcha uchrashuvlarda hujumkor o'yin namoyish etdik va gollar urdik. Faqatgina oxirgi ikkita to'qnashuvda gol ura olmadik.



Turnirga tayyorgarlikgacha va musobaqada jamoamiz jami 30ta uchrashuv o'tkazdi va ularning 27tasida gol urdik. Afsuski, gol ura olmagan so'nggi 2ta o'yinimiz OCHning hal qiluvchi bahslariga to'g'ri keldi. Balki, mana shu ikkita uchrashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olmaganimiz eng katta xato bo'lgandir. SHuni qo'shimcha qilishim kerak-ki, Saudiyaga qarshi ham, Avstraliyaga qarshi ham yomon o'yin o'tkazmadik. Hujumkor o'ynadik va ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Balki, oxirgi ikki uchrashuvimizning ahamiyati, muhimligi va bosim tasir qildimi... raqib darvozasini ishg'ol qilolmadik.

- Birinchi savolim nima uchun bir xil tarkib o'ynadi? Nima uchun jamoaning asosiy o'zagi ikkita jamoadan iborat? Bular tasir ko'rsatmadimi? Ikkinchi savolim esa sizni shartnomangizda qanday majburiyatlar yozilgan va maoshingiz haqida? (Timur Nizaev, "Pravda Vostoka" gazetasi)
- Birinchi savolga keladigan bo'lsak, biz o'zimiz eng munosib deb bilgan 23 nafar futbolchini musobaqaga olib ketdik. To'g'ri, eng yaxshi va ko'p o'yinchilar "Nasaf" va "Bunyodkor"dan. Lekin, masalan "Nasaf"dan olingan 9 nafar yigitning har biri klubida asosiy jamoa uchun doimo maydonga tushgan va o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilar edi. "Bunyodkor"da ham shunday. "Qizilqum" yoki "Paxtakor"da ham iqtidorli yoshlar bor. Ammo, bu mening tanlovim.

O'zbekistonda yosh futbolchilarni tarbiyalash juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. O'tgan mavsum Superligada har bir klub bittadan yosh o'yinchini maydonga tushirishi majbur qilib qo'yildi va bu ularning o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga va o'sishiga yordam beradi deb o'ylayman.

Ikkinchi savolga to'xtaladigan bo'lsam, O'zbekiston FA bilan tuzgan shartnomam ertaga – 31 yanvar kuni yakuniga etadi. Biz hamkorlikni davom ettirmaydigan bo'ldik.

Video Lyubinko Drulovich ishtirokidagi matbuot anjumani



- Evropa va zzbek futbolchilari orasidagi farq? ("Sputnik" nashri)
- O'zbekistonda iqtidorli yosh futbolchilar ko'p. Buni ushbu mamlakatda ishlagan davrimda bilib oldim. Asosiysi bu yoshlar ishlashdan to'xtamasligi va bor kuchini ishga solishi kerak. Turnirda jismoniy holatimiz bo'yicha muammo bo'lmadi. Hammamizning orzuimiz O'zbekiston terma jamoasi Olimpiadaga chiqish edi. Afsuski omadimiz kelmadi.
O'zbekiston so'nggi ikki uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Ammo shu ikkala bahsda ham muxlislar borini berib bizni qo'llab turdi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. O'zbekiston olimpiya terma jamoasidagi futbolchilar katta salohiyatga ega va ular kelajakda yaxshi o'yinchiga aylanishlari mumkin.


- Tailandga charter reys bilan muxlislar bordi, bundan tashqari millionlab muxlislar sizga ko'z tikib umid bilan qarab turdi. Hech bo'lmasa, ulardan uzr so'rasangiz bo'larmidi? (Norbek Niyozov, "O'zbekiston 24" telekanali)

- Birinchi galda O'zbekiston xalqiga va muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Garchi, oxirgi ikkita uchrashuvda mag'lub bo'lgan ersak-da, muxlislar ham, jurnalistlar ham, umuman shu erda turgan barcha terma jamoaga muxlislik qildi. Futbolchilar ham Olimpiadaga chiqishni juda xohlashgandi, men buni ko'rdim. Eng kat a orzumizga eta olmaganimizdan juda ham afsusdamiz. Ishqibozlarga esa rahmat aytib qolaman. Bundan tashqari, bizga ishongan va bu jarayonlarni keng yoritib borgan OAV vakillariga ham, bizga barcha sharoitlarni yaratib bergan rahbariyatga ham minnatdorchilik bildiraman.

Afsuski, musobaqada Olimpiada uchun 3ta yo'llanma ajratilgan edi. Biz esa 4-o'rinni egalladik. Bu juda alamli.



- O'zbekistondagi fantastik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi? 2-savolim: Islom Qobilovni qaysi kriteriyalarga qarab sardor etib tayinladingiz? ("Sport" gazetasi muxbiri)
- O'zbekiston olimpiya terma jamoasidagi faoliyatimdan ko'nglim to'ldi va to'lmadi deyishim mumkin. Nega bunday deyapman? O'zim uchun yangi futbolchilarni kashf qildim, asosiy terma jamoaga futbolchilar etishtirib berdik. Yana bir quvonarli jihat - Oybek Bozorovdek futbolchi o'zini ko'rsata boshladi. Ko'nglim to'lmagan jihati – Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kirita olmadik.
Nega Islom Qobilovni sardor qilib tanladik? CHunki u jamoa etakchisi. Maydonda va uning tashqarisida. U juda ham yaxshi o'yinchi va chindan ham jamoa lideri. SHunchaki, hammada ham kichik xatolar bo'lib turadi. Muhimi, xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib o'z ustida ishlashda davom etish.

- Nega chet ellik murabbiylar (Kuper va Drulovich) ham O'zbekiston terma jamoasi muammosini hal qila olmayapti va ikkinchi savolim – nega hal qiluvchi bahslarda yana muvaffaqiyatsizlikka uchrayapmiz? Balki bizga ko'rinmayotgan qandaydir muammolar bordir? (Xayrulla Xoliqov, "Lokomotiv" matbuot kotibi va "Championat.asia" xodimi)
- Birinchi savolga to'xtalsam, sportda raqobat bo'lsa, o'sish kuzatiladi. SHunday ekan, O'zbekiston harakatni to'xtatmasligi kerak. SHu bilan birga murabbiylar, futbolchilar va boshqalar ham bor kuchini berib ishlashi lozim. Bu futbol olamidagi hammaga taaluqli.

Nega hal qiluvchi bahslarda O'zbekiston muvaffaqiyatsizliklarga uchrayveradi? To'g'ri, O'zbekistonning har qanday jamoasi musobaqa davomida yaxshi ishtirok etadi, ammo asosiy uchrashuvlarda...Bilmadim. Bizning yigitlarga ham har bir vaziyatda qanday harakatlanish zarurligini yaxshilab tushuntirdik va ular buni tushunishdi ham. Ammo, yakuniy pallada bosim sababmi ular diqqatlarini jamlay olishmadi. Balki shu ham bir sababdir. Ammo, aniq sabab ayta olmayman.

- Musobaqada 6ta o'yin o'tkazdik. 3ta mag'lubiyat, bitta durang va ikkita g'alaba, yutuqlar oldin ham engib yurgan jamoalarimiz ustidan qo'lga kiritildi. Yarim finalga chiqqan jamoalar ichida eng kuchsizi bo'ldik, bu murabbiyning tayyorgarlik jarayonida yo'l qo'ygan xatolari bilan bog'liq deb o'ylayman. Bunga qanday qaraysiz? (SHahboz Beg'amov, "Championat.asia")
- Vazifa bajarilmadimi, demak murabbiy sifatida bu mening aybim. Umumiy musobaqa haqida esa Eron ancha yaxshi jamoa ekanligini sizga aytishni xohlardim. Musobaqa davomida juda ko'p uchrashuvlarda kichik hisoblar qayd etildi va kim birinchi bo'lib gol ursa, o'sha jamoa g'alaba qozongan vaziyatlar ko'p kuzatildi. Eron, J.Koreya va Saudiyaga qarshi uchrashuvlarni ham yomon o'tkazmadik. Bazan kichik detallar ham halal beradi. Omad ham rol o'ynab qo'yadi. Masalan, Saudiya omadi kelib rikoshet bilan gol urib ketdi. Bizga esa o'sha omad kelmadi.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasida o'ynagan barcha 23 futbolchi Superligada o'zini ko'rsatib ulgurgan edi. Kimlarni kashf etdim deya olasiz? (SHahboz Beg'amov, "Championat.asia")
- Osiyo chempionatida ishtirok etgan bazi futbolchilar yanada ochilib ketishi mumkin. Ular Xusniddin Aliqulov, Jasur Yaxshiboev, Aziz G'aniev, Abduvohid Nematov. Ushbu yigitlarning kelajagi porloq.



- Dastlabki savolim Davron Fayzievga. Turnirning guruh bosqichi yakunlanganidan so'ng Vadim Abramov va Ro'ziqul Berdievlar Tailandga yo'l olishdi va BAAga qarshi uchrashuvdan oldin futbolchilar bilan uchrashishdi. SHundan so'ng terma jaoamiz yirik g'alabaga erishdi. Abramov va Berdievlar keyingi bahslardan oldin ham futbolchilar bilan uchrashishmadimi? Ikkinchi savolim murabbiyga. Vadim Abramov va Ro'ziqul Berdievlarning chaqirilishi sizga nisbatan hurmatsizlik bo'lmadimi? (Jasur Aslanov, "Championat.asia")
Davron Fayziev: Tailandga tashrif buyurgan ikki murabbiy Drulovichning ishiga aralashmadi. SHunchaki BAAga qarshi o'yindan oldin yigitlar bilan uchrashib, ularning ruxiyatini ko'tarishga yordam berishdi.
Lyubinko Drulovich: Abramov va Berdievning Tailandga kelishi normal holat deb o'ylayman. Bazida asosiy terma jamoa ustozining so'zlari yigitlarga katta motivaciya beradi. SHu sababli buni noto'g'ri ish deb hisoblamayman.


Lyubinko Drulovich ishtirokidagi matbuot anjumanidan FOTOGALEREYA

Reyting: -92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика