Afsonaviy Sergey Bubka "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi
29 apr 2014 21:34
Yangiliklar
Afsonaviy Sergey Bubka "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi
Sportchilik faoliyati mobaynida 35 bor jahon rekordlarini o'rnatib, bu borada eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan Bubka 1988 yil Seul Olimpiadasida va 6 marta jahon chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan.
Ayni paytda Ukraina olimpiya qo'mitasi Prezidenti va jahon engil atletika federaciyasi Vice-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Sergey Bubka O'zbekistonga tashrifi chog'ida yangi qurilayotgan O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi va engil atletika federaciyasi binolari qurilish ishlari bilan tanishdi. SHuningdek, "Paxtakor" stadionida klubimiz menejeri Samvel Babayan bilan ham uchrashdi. Menejerimiz afsonaviy sportchiga klub hayoti va stadion to'g'risida malumot berib, unga jamoaning birinchi raqamli libosini sovg'a qildi.
Fikrlar