Afrika Millatlar Kubogi-2019. Senegal Keniyani, Jazoir esa Tanzaniyani yirik hisobda mag'lub etdi
02 iyu 2019 01:55
Yangiliklar


Afrika Millatlar Kubogi-2019. Senegal Keniyani, Jazoir esa Tanzaniyani yirik hisobda mag'lub etdi
Senegal termasi Keniya ustidan yirik g'alabaga erishgan bo'lsa. Jazoir ham xuddi Senegal singari Tanzaniyani yirik hisobda taslim qildi. Demak, ushbu guruhdan nimchorak finalga Jazoir peshqadam sifatida, Senegal esa ikkinchi o'rin bilan yo'l oldi. Uchinchi pog'onadagi Keniyada nazariy jihatdan oz bo'lsa ham imkoniyat bor. Biroq, Tanzaniya xuddi, Burundi, Zimbabve hamda Namibiya termalari kabi musobaqa bilan muddatidan oldin xayrlashdi.
Keniya – Senegal 0:3
«30 June Air Defence Stadium»
Gollar: 0:1 – 63 Sarr, 0:2 – 71 Mane, 0:3 – 78, penalti Mane.
Amalga oshirilmagan penalti: Mane, 29
Keniya – Matasi, Uma, Muhammad, Okumu, Odiambo (Avire, 75), Omolo, Oteno, Masika (Ochieng, 81), Vanyama, Xamis, Olunga.
Senegal – Gomis, Gassama, Siss, Kulibali, Kuyate, Ndiaye, Seve, Sarr, Guye (Diatta, 80), Mane, Nyang (Konate, 75).
Ogohlantirishlar: Oteno (10), Masika (57), Mane (60), Okumu (68).
CHetlatish: Oteno (76).
Tanzaniya – Jazoir 0:3
«Cairo Military Production Stadium»
Gollar: 0:1 – 34 Slimani, 0:2 – 39 Una, 0:3 – 45 Una.
Tanzaniya – Mnata, Mvantika (Mao, 52), Husayn, Ramadan, Noni, Yaxyo, Mtoni, Salum (Bokko, 85), Muso (Yusuf, 46), Samatta, Msuva.
Jazoir – Mboli, Allish, Zeffan, Taxrat, Bennosir (Gediura, 57), Fares, Una (Mahrez, 74), Abed (Buneja, 79), Budaui, Slimani, Delor.
Ogohlantirishlar: Yusuf (47), Budaui (74), Allish (77).
P.S. Avvalroq, “A”, “B” hamda “D” guruhlarida ham so'nggi tur bahslari o'tkazilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar