Afrika Millatlar Kubogi-2019. 1/8 finalning ilk to'qnashuvi o'tkazildi va g'olib futbol lotereyasida aniqlandi
06 iyu 2019 00:05
Yangiliklar


Afrika Millatlar Kubogi-2019. 1/8 finalning ilk to'qnashuvi o'tkazildi va g'olib futbol lotereyasida aniqlandi
Bahsning asosiy bo'limlari 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Qo'shimcha taymlarning birinchisida esa beninliklar himoyachisi Holid Adenon raqibga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. SHu tariqa, ekstra taymlarda ham hisob o'zgarmadi.
O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa Benin vakillari omadliroq chiqdi. Ularning keyingi bosqichdagi raqib ayni daqiqalarda boshlangan Uganda – Senegal o'yindan so'ng malum bo'ladi.
Marokash – Benin 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0)
«Cairo Military Production Stadium»
Gollar: 0:1 – 53 Adilyu, 1:1 – 75 En-Nosiri.
Penaltilar seriyasi: 1:4.
Marokash – Bunu, Saiss, da Koshta, Hakimi, Belhanda (Bufal, 59), Bussufa, El-Ahmadi (Fajr, 107), Ziesh, Amrabat (Idrissi, 88), Dirar (Mazraui, 74), En-Nosiri.
Benin – Allagbe, Adilyu, Verdon, Adenon, Imoru, Sessenon, Adeoti, Dossu (Anaan, 87), Seybu, Suku (Jigla, 69), Pote (DʼAlmeda, 108).
Ogohlnatirishlar: Adenon (41), Suku (51), Idrissi (90), El-Axmadi (100), Seybu (105), Anaan (106).
CHetlatish: Adenon (97).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar