Afg'oniston JCH-2014ni ko'rsatish huquqini sotib oldi!
20 may 2014 16:14
Yangiliklar
Afg'oniston JCH-2014ni ko'rsatish huquqini sotib oldi!
Ayni paytga kelib 125ta mamlakat JCHni to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatish huquqini beruvchi paketlarni sotib oldi.
Qizig'i shundaki, ularning orasida Afg'oniston mamlakati ham bor. Markaziy Osiyo hududidan hozircha Qozog'iston translyaciya huquqini harid qilgan. Qozog'istondagi tomoshabinlar "Qozog'iston" va "Birinchi kanal" orqali o'yinlarni tomosha qiladilar. Rossiyada esa "ORT" va "VGTRK" tashkiloti (Rossiya 1,2,24 va boshqalar) to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatish huquqiga ega. "Nash futbol" kanali bunday huquqga ega emas.
Braziliyadan esa bir yo'la 6ta telekanal JCHni ko'rsata oladi.
SHu jumladan, Benin, CHad, Aruba, Burundi, Fiji oroli, Laos va Surinam kabi davlatlar ham JCHni to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatish huquqini qo'lga kiritdilar.
Eslatib o'tamiz, O'zMTRK 2010 yilgi jahon chempionatini rasmiy ravishda sotib olgan edi. Ayni paytda Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialni ham sotib olish borasida muzokaralar ketayotganligi haqida xabar bor.

Fikrlar