Aeroportga Ronaldu nomi beriladi
23 iyu 2016 11:01
Yangiliklar
Aeroportga Ronaldu nomi beriladi
Madeyra Aeroporti Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu nomiga o'zgartiriladi.
U "Madeyraning Krishtianu Ronaldu aeroporti" deb nomlanadi. Bu qaror orolning viloyat maslahat kengashi tomonidan qabul qilindi.
31 yoshli "Real" futbolchisi Madeyraning asosiy shahri Funshaleda tug'ilgan. Portugaliya terma jamoasi shu yozda Evropa chempionatida g'olib bo'ldi, Ronaldu esa o'z hisobiga 3 ta gol yozib qo'ydi.
Fikrlar