So’nggi yangiliklar

19:55Азмун БАА клубига ўтади  1 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  0 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  1 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   1 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  4 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  26 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  2 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2

Adnan Oraxovac: "Ko'plab taklfilar orasidan "Dinamo"ni tanladim" Yangiliklar

Adnan Oraxovac: "Ko'plab taklfilar orasidan "Dinamo"ni tanladim"

Davralar oralig'idagi muhim transferlardan birini Dinamo klubi amalga oshirdi.

Samarqand jamoasi uch mavsumdan buyon Paxtakor jamoasining asosiy himoyachisi bo'lib kelayotgan Adnan Oraxovacni o'z safiga qo'shib oldi. Yaqinda futbolchi bilan suhbatlashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

PAXTAKORDAN MINNATDORMAN

- Adnan, uch yillik faoliyatdan so'ng Paxtakorni tark etish oson bo'lmagandir…


- Bu futbol va professional futbolchining hayoti mana shunday sinovlardan iborat. O'zbekistonga aynan Paxtakor sababli keldim, uch yil ichida Toshkentga juda o'rganib qoldim, Paxtakorda ajoyib damlarni o'tkazdim. Paxtakor futbolchilari, rahbariyat, xodimlari va muxlislariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qariyb uch yil davomida bir oila bo'ldik. Bu vaqt davomida yirik g'alabalar, alamli mag'lubiyatlarni boshdan kechirdik. Paxtakor safida CHempionlar Ligasida o'ynaganimdan, mamlakat chempioniga aylanganimdan xursandman. Bu klub doimo yuragimda qoladi.

- O'zbekistonga kelishingiz qanday ro'y bergan?

- Mendan oldin, 2012 yilda Paxtakorda amakimning o'g'li Sanibal Oraxovac to'p surgandi. Ammo jarohati bois Toshkentda ko'p qolmagan. SHunga qaramay, u Paxtakor va O'zbekiston haqida iliq fikrlar aytagandi. 2015 yil boshida aynan Sanibalning taklifi bilan Toshkentga kelib, Paxtakorning ikki haftalik yig'inida ishtirok etdim. Yig'indan keyin Paxtakor rahbari Samvel Babayan jamoada olib qolgandi. Jamoaning maqsadi chempionlik edi va biz bunga erishdik. CHempionlar Ligasida to'p surib katta tajribaga ega bo'lgandim. Bu jamoadan faqat yorqin xotiralar qoldi.

- Aynan nima sabab Paxtakorni tark etdingiz?

- Jamoada yangi rahbariyat, yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Murabbiylar o'z o'yin uslublariga mos futbolchilar bilan yangi marralarni ko'zlashmoqda. Balki yangi murabbiyning o'yin uslubiga mos emasdirman. Hech kimdan xafa emasman, buni to'g'ri tushunaman. Bu normal holat. Paxtakor yanada yangi marralarni egallashiga ishonaman.



MENGA BIRINCHI BO'LIB ILHOM SHARIPOV QO'NG'IROQ QILDI

- Dinamoga o'tishingiz qanday kechdi?

- 2015 yilda Paxtakorga kelganimda Ilhom SHaripov shu jamoada ishlar va menga ko'p yordam bergandi. Aynan u kishi uchun Dinamoga o'tdim. U kishi bilan juda yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Yaqinda Paxtakorni tark etganimdan keyin, menga birinchi bo'lib telefon qilgan inson Ilhom aka SHaripov bo'ldi. Dinamoga o'tishni taklif qilganida, men uyim CHernogoriyaga borib kelib, bu taklifni o'ylab ko'rishimni aytgandim. Oldimda Oliy Liga klublaridan 2-3 ta taklif bo'lsada, ko'p o'tmay Ilhom akaga Dinamoga o'tishga rozi ekanligimni aytdim.

- Dinamo tanloviga aynan nimalar sabab bo'ldi?


- Sababi, Samarqandda ilk bor Paxtakor bilan kelganimda bu shahar menga juda yoqqandi. Qolaversa, minglab muxlislar bilan to'lgan stadion menda juda yaxshi taassurotlar qoldirgandi. Mavsum boshida Dinamo Toshkentda bizni mag'lub etganda, bu jamoa o'yini ham iliq taassurot qoldirgan. Jamoaga meni o'zim juda yaxshi bilgan Ilhom aka SHaripov taklif qilayotgani uchun qarorimga tasir qildi. Barchasini o'ylab, o'zimga savol berdim, nega taklifni qabul qilmasligim kerak? Yakunda Dinamo bilan shartnoma imzoladim.

DINAMO - BIR OILAGA AYLANGAN

- Dinamo taklifini qabul qilishdan avval kimlar bilan maslahatlashdingiz?


- Biz futbolchilar odatda tanish futbolchi do'stlarimiz bilan ham maslahatlashamiz. Bu borada o'tgan mavsum Paxtakorda birga to'p surgan, hozirda esa Dinamo darvozaboni bo'lgan Temur Jo'raev bilan maslahatlashdim. U klub haqida faqat iliq fikrlar bildirdi. SHuningdek, Saidjamol Davlatjonov bilan ham gaplashganimda u ham Dinamoga kelishimni, bu erda futbolchilar bir oila, aka-ukadek munosabatda ekanligini aytdi. Jamoaga qo'shilganim bilan bunga o'zim ham amin bo'ldim. Hech kim bir-biridan yordamini ayamaydi. Butun jamoa bir oilaga aylanib qolgan. Tarkibda ajoyib futbolchilar bor. Jamoa bejizga kubokda yarim finalga yo'llanma olmagan. Faoliyatimni Samarqanddek tarixiy shahar jamoasi safida boshlayotganimdan juda xursandman. Barchaning ishonchini oqlab, munosib to'p surishga intilaman.

- O'zbekistonga kelmasingizdan avval Samarqand haqida nimalarni bilardingiz?


- Samarqandning juda qadimiy shahar ekanligi haqida eshitganman. Musulmon bo'lganligim bois, ayniqsa, Islom dunyosida mashhur bo'lgan Imom Al Buxoriyning ziyoratgohlari, Amir Temurdek buyuk insonning qabri Samarqandda ekanligini bilardim. Darvoqe, akam Sanibal Oraxovac 2012 yilgi Paxtakordagi faoliyati davomida vaqt topib, oilasi bilan poezdda bir kunga Toshkentdan Samarqandga sayohatga kelganligini, Registon va qadimiy joylar unda katta taassurot qoldirganligini aytib o'tgandi.

- Futboldagi ilk qadamlaringiz ko'pchilik uchun qiziq…


- CHernogoriya poytaxti Podgorica shahrida tug'ilib o'sganman. 6 yoshimdan futbol bilan oshno tutinganman. Futbolchi bo'lishimga oilam sababchi. CHunki otam ham futbolchi bo'lganligi uchun barchamiz futbol muxlisi edik. Aynan otamning yo'l yo'riqlari tufayli yoshligimdan futbol bilan oshno tutunganman. Dastlab yarimhimoyada o'ynardim, keyinchalik murabbiylar menda himoyachi bo'lish uchun barcha jihatlar borligini aytishdi. Qatiy tartiblarga amalga qilganim uchun futbolchi bo'lib etishdim deb o'ylayman.


FINALGA CHIQSAK, SAMARQAND UCHUN KATTA BAYRAM BO'LARDI

- CHernogoriyada Buduchnostda to'p surgan ekansiz, shundaymi?


- Bu jamoa mamlakatning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Ular bilan mamlakat chempionligini va kubogini qo'lga kiritganman. O'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Miodrag Radulovich qo'l ostida CHernogoriya chempioniga aylanganman. Aynan ushbu mutaxassis Paxtakor haqida yaxshi fikrlar aytgandi.

- CHernogoriya va O'zbekistonning o'xshash tomonlari bormi?


- O'zim tug'ilib o'sgan shaharim Podgorica bilan Toshkent o'rtasida farq katta. Toshkent, Samarqand katta shaharlar. Podgorica esa tog'lar bag'rida joylashgan mo'jazgina shaharcha. Har ikki mamlakat odamlari ham samimiyligi, mehmondo'stligi bilan bir-biriga juda o'xshash. Qolaversa, iqlim sharoitimiz ham juda o'xshash, katta farq yo'q. O'zbekistonda bo'lgani kabi CHernogoriyada ham qadimiy maskanlar anchani tashkil etadi. Turli millat va din vakillari yashashadi.

- Ikkinchi davradan nimalarni kutayapsiz? Maqsad va rejalar qanday?


- Bizni juda qiziqarli o'yin kutib turganligi aniq. Paxtakor, Bunyodkor va boshqa grand klublar kuchayishga intilishdi. Qolaversa, o'rtamiyona jamoalar ham istalgan etakchiga jiddiy qarshilik ko'rsata olishlariga ishonaman. Ikkinchi davrada Dinamo bilan Oliy Ligada imkon qadar yuqori o'rinlarni egallashga intilamiz. O'zbekiston Kubogida esa finalga chiqishga bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Dinamo finalga chiqsa bu butun Samarqand uchun ajoyib bayram bo'lardi.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.
Dinamo klubi matbuot xizmati.

Fakt…

Adnan Oraxovac Samarqand jamoasi tarixidagi birinchi chernogoriyalik futbolchiga aylandi.

Bilasizmi…

Adnan Oraxovac joriy mavsumda Paxtakor safida 13 o'yinda maydonga tushib, 1080 daqiqa davomida maydonda to'p surgan va 2 ta golga mualliflik qilgan.

Malumotnoma:


Adnan Oraxovac
Tug'ilgan joyi:
Podgorica, CHernogoriya.
Tug'ilgan sanasi: 1991 yil 5 fevral (26 yosh).
Ampluasi: himoyachi
To'p surgan klublari:
Buduchnost (2009-2014)
Edinstvo (2014-2015)
Paxtakor (2015-2017)
Dinamo (2017-...)
Yutuqlari: CHernogoriya vice-chempioni, kubogi sohibi, O'zbekiston chempioni.

O'yini va gollari: Paxtakorda 2,5 yil ichida Oliy Ligada 66 o'yinda, 6 ta gol urgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика