Abror Pirriev: "Hojimat Erkinovning ahvoli ancha yaxshi, ammo..."
10 iyu 2021 16:07
Yangiliklar
Abror Pirriev: "Hojimat Erkinovning ahvoli ancha yaxshi, ammo..."
Hojimat Erkinov misolida ham deyarli shunday holat. Ammo uni yana bir tekshiruv kutib turibdi. CHunki jarohat yangi mahali ko'rinmagan bazi jihatlar, o'sha muammoli joyda o'tkir kechgan jarayonlar o'tib ketgachgina ko'rinish berishi mumkin.
Bugunga kelib kerakli davo muolajalaridan so'ng Hojimatning ahvoli ancha yaxshi. Ammo musobaqa u uchun yakun topgani aniq. Buyog'iga zarur davo, reabilitaciya, chempionat o'yinlariga tayyorgarlik...
Hech qaerga chiqmay, mehmonxonaning diqqinafas xonasida faqat muolaja qabul qilish futbolchida biroz ruhiy bosim hosil qiladi, davo samarasi ham kamayadi. Murabbiylar shtabi, futbolchining o'zi, klub mutasaddilari bilan bamaslahat Hojimatning so'nggi tibbiy tekshiruvi va keyingi davo muolajalarini Toshkentda davom ettirishga kelishildi. O'FA Erkinovning to'liq sog'ayguniga qadar zarur barcha ko'makka shay. U ertaga jamoadoshlarini oila davrasida qo'llab turadi", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida.
Fikrlar