So’nggi yangiliklar

20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  0 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  3 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  11 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  19 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  41 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2

Abramovdan xafa bo'lib yuribmiz... Yangiliklar

Abramovdan xafa bo'lib yuribmiz...

Bugun "Qizil furiya" ustozi Luis Enrike termaning Evro-2020 final bosqichi uchun qaydnomasini elon qildi.

Tarkib elon qilinishi hamonoq mutaxassis va muxlislar tomonidan qizg'in muhokamaga sabab bo'ldi. 

Qaysidir futbolchi(lar) bo'lajak musobaqaga olib ketilmasligi etirozlarga sabab bo'lgan bo'lsa, yana bazi futbolchilar ro'yxatda nima qilayotganini tushunmaganlar ham topildi. 

SHaxsan men uchun tarkibdan, ayniqsa, Yago Aspas, Nacho va Mario Ermoso nima sabab joy olmagani tushunarsiz bo'ldi. 


Taxminan yanvar oyidan buyon "Real"ning asosiy himoyachisiga aylangan Nachoga joy topilmagani qiziq... Ammo Mavsumda bor yo'g'i 6 ta uchrashuvda o'ynagan Erik Garsiya "Evro"ga borar ekan. To'g'ri, Garsiya yosh, juda iqtidorli futbolchi. Uni yorqin kelajak kutib turganini tajribali mutaxassislar ham etirof etib ulgurishgan. Lekin hozirgi vaqtda Erik Nachodan kuchliroqligiga ishonishim uchun asosli sabab ko'rmayapman. 

Termaning musobaqaga boradigan yana bir azosi Diego Lorente. APLda to'p tepayotgan ispaniyalik ham hozirgi Nachodan bir bosh ustun emasdek. SHu kabi fikr, solishtirish La Liga chempioni bo'lgan Mario Ermosoga ham tegishli. Mavsumda eng kam gol o'tkazib yuborgan "Atletiko" himoyasi azosiga terma "eshiklari yopiq". Savollar etarli, ammo bu borada ham Luis Enrikening fikri boshqacharoq.
 

 

Ispaniyaning qaydnomasidan 4 nafar markaziy himoyachi o'rin olgan. Ulardan faqat bittasi mavsumni asosiy tarkibda o'tkazgan. Vaholanki murabbiylar shtabida yana futbolchi qo'shish imkoniyati bor edi. Tushunarsiz...

Navbat hujum tashkillashtiruvchilar va uni yakunlovchilarga. Kechirasiz, Yago Aspas qani? La Ligada "Atletiko", "Real" yoki "Barsa" safida o'ynamay, "Selta" tarkibida 14 ta gol urib, 13 bor golli uzatmani amalga oshirgan yigit Evro"da kerak emas-mi? Biroq Ispaniya chempionatida to'p tepgan boshqa bir futbolchi Sarabiya (La Ligada 6+4) va yana o'sha APLdan ("Vulverxempton") Adama Traore (2+2) tarkibda.


"Real Madrid"da o'rtachadan yomonroq mavsum o'tkazgan Marko Asensio aslida termaning asosiy futbolchisi bo'lishga ayni damda loyiq emasdek, buni obektiv munosabat bildira oladigan istalgan inson aytadi, lekin... Bir lekini bor. Agarki Sarabiya chaqiruvga loyiq ko'rilgan bo'lsa, nima uchun Asensio tarkibda yo'q?

Qolgan aksariyat futbolchilarning termaga chaqirilishiga qarshi argument keltirish mumkindir, ammo Nacho va Aspasga - yo'q. 

Hozir ispaniyalik bir guruh muxlislar ham terma jamoa ustozi qarorlaridan norozi bo'layotgan bo'lsa, ajab emas. Bu biz uchun tanish holat-a? 


Enrike tarkibga tajribaliroq futbolchilarni chaqirishdan ko'ra, uni o'ziga xos tarzda yoshartirishni maqul ko'rdi. Natijasini yaqinda barchamiz bilib olamiz.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика