So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  1 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Abramov: "O'ylashimcha, Singapur TJ bugungi raqibimiz bilan bir darajada" Yangiliklar

Abramov: "O'ylashimcha, Singapur TJ bugungi raqibimiz bilan bir darajada"

Tailandga qarshi o'rtoqlik o'yinidagi yirik g'alaba (4:1)dan keyin O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov va hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlarini bildirishdi.

“Xulosalarni o'zaro davrada chiqaramiz. Maqul kelayotgan va kelmayotgan jihatlar bor. SHu ustida ishlayapmiz, o'yin o'tkazdik. Raqib munosib harakat qildi. Umumiy olganda hozircha yaxshi, issiq havoga ko'nikmoqdamiz. Yana bir bor qaytaraman, ishlash kerak bo'lgan holatlar mavjud. Qatorasiga ikkinchi o'yinda hisobda ortda borib, vaziyatni o'nglay olayotganimiz xursand qiladi. Ammo yana gol o'tkazib yuborayotganimiz xafa qiladi, bu mavjud muammo. Umuman olganda, yomon o'ynamadik, tayyorgarlik ko'rib oldik. O'ylashimcha, Singapur TJ bugungi raqibimiz bilan bir darajada. Bungacha Tailandning shu erdagi o'yinlarini kuzatdik. Malum xulosalar chiqardik. Biroq, bunga jiddiy etibor qaratish kerak emas. CHunki, rasmiy o'yinlarda barchasi boshqacha bo'ladi”, deydi Abramov.

Abduxoliqov:

- Asosiy bahslardan oldin oxirgi o'yinimiz edi. SHu ruxda davom etishga harakat qilamiz. To'g'ri, xatolarimiz ko'p, baribir xatosiz bo'lmaydi. Ular ustida ishlaymiz va xatolarni qaytarmaslikka harakat qilamiz. Maqsadimiz – har bir o'yinda g'alaba qozonish. Xalqimizning duosi, qo'llab-quvvatlashi bilan InshAlloh yorug' yuz bilan qaytib boramiz deb o'ylayman. Endi bir xil yuqori tempda o'ynash qiyinroq menimcha, to'pni yo'qotmagan holda aqlliroq o'ynashimiz kerak. Qancha kuchimizni saqlab, behudaga sarflamasak, o'shandagina ijobiy natijaga erishamiz.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика