So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  820 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Abramov jamoasida hammasi joyida, bir jihatdan tashqari... Ashurmatovdan taktik xilma-xillik, ammo g'alaba uchun emas Yangiliklar

Abramov jamoasida hammasi joyida, bir jihatdan tashqari... Ashurmatovdan taktik xilma-xillik, ammo g'alaba uchun emas

Qayta boshlangan Superligada ikkita o'yinni o'tkazib ulgurdik.

Xo'sh, undan taassurotlar qanday? Quyida "Bunyodkor" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga to'xtalib o'tamiz.

Video "Tezkor studiya": "Bunyodkor" va AGMK g'alabaga munosibmidi? Abramov jamoasining muammosi nimada?


Abramov jamoasida hammasi joyida, bir jihatdan tashqari...

Vadim Abramov uchrashuvga 4-2-3-1 taktik sxemasini tanladi. Yosh yarim himoyachi Rasul Yo'ldoshev markazda Lutfulla To'raevga tandem bo'lib harakat qilgan bo'lsa, mavsum boshida OCHL saralashi doirasidagi o'yinda turkmanistonlik Selim Nurmuradov bu safar hujumchi ortida tushdi. Qanotlarda esa Jaloliddinov va To'xtasinov.


"Qaldirg'ochlar" dastlabki daqiqalardanoq uchrashuv nazoratini o'z qo'llariga olishdi. Jamoa to'p bilan raqibdan ko'ra ancha ko'p muomala qildi, pozicion hujumlar uyushtirishga intildi. Dastlabki 15 daqiqalikda To'xtasinov chap qanotda bir necha bor erkinlik va jarima maydonchasiga to'p uzatish uchun etarlicha vaqtga ega bo'ldi. O'ng qanotda esa Jaloliddinov to'p bilan va to'psiz markazga harakatlanishi evaziga qanotdagi sherigi Ahmadalievga bir necha bor bo'sh xudud ochib berishga muvaffaq bo'ldi. Garchi, Ahmadaliev o'sha vaziyatlarni birortasida ham keskin vaziyat yarata olmagan bo'lsada, mehmonlar ustozi qanotlardagi bo'shliqni yopishi kerak edi. Ashurmatov buni uddalay oldi, faqat bu haqda pastroqda to'xtalaman.

Bellashuvning 4-daqiqasida Selim Nurmuradovning ajoyib pasidan keyin Humoyun Murtazoev 11 metrlik nuqta oldida hech kim halal bermayotgan vaziyatda gol ura olmadi. Uning zarbasini "Qo'qon-1912" kiperi Muzaffar Abdullaev oyoqlari bilan qaytardi va jamoasini muqarrar goldan qutqardi. Agar kecha mezbonlar g'alabani qo'lga kirita olmaganlarida eng ko'p aybdorlikni aynan Murtazoev his qilgan bo'lardi. Uning baxtiga jamoasi bir amallab 3 ochkoni qo'lga kiritdi.



Raqib chuqur himoyaga yotib olganidan keyin "Bunyodkor"ning o'yini biroz bo'g'ildi. Jamoa raqib jarima maydonigacha bo'lgan xududda ustunlik qildi, paslar yaxshi, o'ylangan kombinaciyalarni ijro etishga urinishdi, har bir to'p uchun mehmonlardan ko'ra ko'proq xohish bilan kurashishdi. Bir qarashda Abramov jamoasida hammasi joyidadek ko'rinadi, ammo.. Eng muhim jihatlardan birida yaxshigina muammolar ko'zga tashlandi. Hujumlar va kombinaciyalarni yakunlab qo'ya olmadi futbolchilar, hujumlarda yakun yo'q. Boz ustiga, jarima maydoni tashqarisidan ham zarbalar kam berildi. 1-bo'limda To'raev va Nurmuradovdan bittadan noaniq zarba ko'rdik, bo'ldi. Murabbiylar yaqin oradagi o'yinlar oldidan aynan hujumlarni yakunlash va uzoqdan zarbalar berish ustida ko'proq ishlashsa kerak.

Yuqoridagi mavjud muammolarga qaramay, Abramov shogirdlarini restartga raqibdan ancha yaxshiroq tayyorlay olibdi. Maydonning dastlabki ikki qismidagi o'yin "kartinkasi" yaxshi, faqat uchinchi (raqib jarima maydoni tomondagi) xududdagi harakatlar ustida ishlanishi lozim. Mezbonlar to'pni nazorat qilishlari va o'z o'yinlari bilan raqib murabbiylarini taktikani almashtirishga majbur qila olishdi. Buni uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham tan oldi.

Kecha Abramov 19 yoshli (oktyabrda 20 yoshga to'ladi) Rasul Yo'ldoshevni asosiy tarkibda tushirdi. Yo'ldoshev markazda Lutfulla To'raev bilan tandem hosil qildi. Yosh futbolchi o'zini juda yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. Sovuqqon, hotirjam, to'p bilan juda yaxshi o'ynadi, paslari ham yomon emas va ajoyib chap oyoqqa ega. Bejizga kecha "Championat.asia" ekperti Leonid Koshelev uni "Man of the match" deb atamadi.

"Championat.asia" ekspertlari Superliganing bugungi 2 o'yinida eng yaxshilarni aniqlashdi


Ashurmatovdan taktik xilma-xillik. Ammo g'alaba uchun emas, durang uchun

Baxtiyor Ashurmatov o'yinni 4-4-2 taktik sxemasida boshladi. Murod Xolmuhammedov o'ng qanot himoyada, Suhrob Berdiev va Avaz Mamatxo'jaev qanot yarim himoyasida, SHohnazar Norbekov hamda Filip Rayevac hujumda harakatlandi. Oybek Rustamov - Quvondiq Ro'ziev juftligi markazga javobgar bo'ldi.

Bazida vaziyatga qarab "Qo'qon-1912" futbolchilari 4-2-3-1 sxemasi ko'rinishida joylashib harakat qilishdi. Bunda Norbekov hujumchi ortiga tushib oldi. Bu holat ayrim epizodlardagina ko'zga tashlandi.


Yuqoriroqda yozganimdek dastlabki 15 daqiqalikda "Bunyodkor" futbolchilari qanotlarda bo'sh xudud va vaziyat yaratish uchun etarlicha vaqtga ega bo'lishdi. Ashurmatov esa buning echimini alo darajada topa oldi. Yani, taxminan 20-daqiqalardan 3 nafar markaziy himoyachi taktik sxemasiga o'tildi. Bunda Xolmuhammedov o'ngroqdagi markaziy himoyachi roliga o'tgan bo'lsa, Mamatxo'jaev o'ng qanot himoyaga ko'chdi. Norbekov esa hujumdan qanotga o'tdi.

Aslida bu 3-4-2-1 sxemasi bo'lishi kerak edi. Ammo, "Qo'qon-1912" murabbiylari bor etiborni himoyaga qaratishgani bois bu sxema ular ijrosida 5-2-2-1ga aylandi desak ham bo'ladi.


SHu tariqa, mehmonlar himoyasi zichlashdi va raqiblarda oldingi daqiqalardagi kabi etarlicha bo'sh zonalar bo'lmadi. Lekin, bu qaror bilan Ashurmatov qolgan vaqtni qarshi hujumlarga tayanib o'ynashini oshkor qilgandek bo'ldi. U raqib ustunlik qilayotganini va nazoratni berib qo'yganini sezib himoyalanishga va omadini qarshi hujumlardan izlashga o'tdi. Mana shunday hujumlardan birida Berdievning chap tomondan kirib borib erlatib tepgan to'pini Abdujalilov ushlab oldi.

Birinchi bo'limni o'zida bir-biriga umuman o'xshash bo'lmagan ikkita taktikada o'ynagan "Qo'qon-1912" ikkinchi 45 daqiqalikka uchinchi sxemada tushib keldi. Ashurmatov endi 4-3-3 sxemasiga o'tib oldi. Bunda M.Xolmuhammedov tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajara boshladi. O'ng qanot himoyada A.Mamatxo'jaev harakat qildi, Q.Ro'ziev va O.Rustamov esa biroz oldinroqqa, maydon markaziga siljishdi. 65-daqiqada Rayevac o'rniga Yukuba Bamba tushganidan keyin joylashuvlar yana o'zgardi. Endi Quvondiq o'ng qanot yarim himoyaga o'tdi, Bamba esa markazga tushdi.

Aslida mehmonlar 4-3-3 o'ynay boshlashgan ersada, asosiy g'oya himoya bo'lgani sabab Quvondiq biroz orqaroqqa tushdi va raqibning pozicion hujumlari paytida loteral vazifasini bajardi. Bu paytda Mamatxo'jaev himoyada markazroqqa biroz siljib to'p tepdi. Ro'ziev orqaroqqa tushgan vaziyatlarda Norbekov uning o'rniga o'ngroqqa tushib o'ynadi. CHap qanotdagi S.Berdiev biroz markazroqqa siljigan epizodlarda Bamba uning joyiga, chaproqqa surilib o'ynadi. Bularning barchasini sxemada ko'rsatib chiqdim. Yana takrorlayman, aslida qo'qonliklar 4-3-3 o'ynashdi. Sxemada chiziqlar yordamida ko'rsatib o'tilgan holatlar esa ayrim epizodlarda ko'zga tashlandi. Umumiy olganda esa jamoa bo'limni 4 himoyachi bilan o'tkazdi.

Ochig'i, Ashurmatovning uchrashuv davomida taktika va o'yinchilarning maydondagi joylashuvini bunchalik tez-tez almashtirayotganini ko'rib uni o'zimcha olqishlab qo'ydim. Lekin, bu harakatlar va xilma-xillik o'yinni yutish uchun emas, balki durangga erishish uchun qilindi. Agar, bunaqangi turfa xillik 3 ochko yo'lida amalga oshirilganida va o'sha ochkolar qo'lga kiritilganida shaxsan o'zim oldindan Ashurmatovni tur murabbiy deb etirof etgan bo'lardim. SHunga qaramay, kecha Ashurmatovning taktik o'yinidan xursand bo'ldim.


Durangga mos o'yin

"Bunyodkor" tarkibida shu kuni qanot himoyachilari hujumlarga aktiv tarzda qo'shilishmadi, ayniqsa birinchi bo'limda. CHap qanot himoyada o'ynagan Sanjar Qodirqulov asosan tezkor Norbekovni yonida yurdi va unga qarshi hujumlarda qochib ketish imkonini bermadi. O'ng qanotdagi Dilshod Ahmadaliev esa bir necha bor L.To'raevning markazdan o'ng qanotga uzatgan yaxshi paslarini ko'kka sovurdi. Ikkinchi bo'limga kelib Dilshod aktivlashdi.

"Qo'qon-1912"da Ashurmatov Murod Xolmuhammedovni 90 daqiqa davomida uchta joyda o'ynatdi. Uchrashuvni o'ng qanot himoyada boshlagan Murod 20 daqiqadan keyin markaziy himoyaga o'tdi, ikkinchi bo'limni esa yagona tayanch yarim himoyachisi sifatida o'tkazdi. Haqiqiy universal o'yinchi, bunday futbolchilarni murabbiy juda qadrlaydi. Masalan, MYUda yaqin yillarda ham Eshli Yang shunday edi, "Barselona"da Serxi Roberto, "Liverpul"da Jeyms Milner "universal askar".

Kecha "Bunyodkor" o'yinni nazorat qildi, ammo hujumlarini yakunlay olmadi. "Qo'qon-1912" esa bahs avvalidan tashabbusni raqibga berib qo'ydi va durangga erishish uchun bir necha bor taktikani o'zgartirdi. Bu bilan mehmonlar 1 ochkoga munosib bo'lishdi, ammo birgina xato ularga qimmatga tushdi. Durangga mos o'yinda "qaldirg'ochlar"ga omad kulib boqdi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика