So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

... - Abramov - Abramov - Babayan - Qosimov Yangiliklar

... - Abramov - Abramov - Babayan - Qosimov

Abramovdan avvalgi o'yinlarni sharhlamoqchi emasman, u ko'pchilik uchun tarix bo'lib ulgurgan.

Keling, so'nggi 3ta cikl biz uchun qanday kechgani va qaerda xatolarga yo'l qo'yganimizni tahlil qilib chiqamiz. Sababi aynan shu uchta ciklda o'zim to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etganman. Undan avvalgi cikllarda biz hal qiluvchi bosqichlarga etib kelmaganmiz.

Pekin-2008. Bosh murabbiy: VADIM ABRAMOV.


Bu paytda Abramov "Traktor" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borardi. Poytaxtning o'sha paytdagi ikkinchi jamoasida moliyaviy holat juda achinarli bo'lgan. SHuning uchun Karlenovich boshqa klublardan qolgan futbolchilar bilan jamoa tuzar, har yil boshida Respublika bo'yicha tanlov elon qilib, 100ga yaqin yosh futbolchilar ichidan 2-3 nafarini tanlab olardi. Yoshlarga imkoniyat berishi bilan tanila boshlagan mutaxassisning kamchiqim "Traktori" yurib turardi. Abramov O'zbekistonga ilk marotaba mayda "pas"ni olib kirgan mutaxassis. Keyinchalik "Barselona"da takomillashgan bu uslub o'sha paytlar "Arsenal" tomonidan ajoyib tarzda amalga oshirilardi.


1985-87 yilda tavallud topgan "oltin avlodimiz" 1-bosqichda Tojikistonni ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. 2-bosqichda biz Janubiy Koreya, BAA va Yaman o'rin olgan guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib hal qiluvchi raundga yo'l olganmiz. O'sha paytlar yaxshi futbolchilarning ko'pligidan muqim sardor bo'lmagan. Bir qarasang Ahmedov, bir qarasang Risqullaev. Orada Haydarov va Salomov ham sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushar edilar.

Hal qiluvchi bosqichda juda xunuk natija qayd etganmiz. 4ta jamoa ichida 4-o'rin! Janubiy Koreyani Olimpiadaga kuzatganmiz. Suriya terma jamoasini bugungi kunda mag'lubiyatga uchrata olmayotganimizdan xafa bo'lmasak ham bo'ladi. O'sha yillari ham Suriyani mag'lub eta olmaganmiz. Abramovning cikldagi eng katta xatosi "traktorchilar" darvozaboni Aziz Ashurovga dam bermay barcha o'yinlarga qo'ygani edi. O'sha davrda Eldor Tojiboev "Paxtakor"da ham asosiy tarkibda faoliyat olib borardi.


Hal qiluvchi bosqich natijalari:
J.Koreya - O'zbekiston 2:1
O'zbekiston - Suriya 0:0
O'zbekiston - Bahrayn 1:2
Bahrayn - O'zbekiston 2:0
O'zbekiston - J.Koreya 0:0
Suriya - O'zbekiston 3:3



Terma jamoaning asosiy futbolchilari: Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Sadriddin Abdullaev, SHavkat Salomov, Vagiz Galiulin, Vadim Afonin, Marat Bikmaev, Ahrol Risqullaev, Vitaliy Denisov, Farhod Tojiev, Nodir Qo'ziboev.  


London-2012. Bosh murabbiy: VADIM ABRAMOV.

Aslida bu jamoa Ahmad Ubaydullaev tomonidan shakllantirgandi. Jahon chempionatidagi omadsizlikdan so'ng unga chiqish eshiklari ko'rsatildi va o'rniga Vadim Abramov nomzodi ikkinchi marta ilgari surildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan parallel ravishda olimpiya terma jamoasini qabul qilib olgan Vadim Karlenovich uchun omadsiz yil 2012 yilga to'g'ri keldi. Bu safar reytingimiz baland bo'lgani uchun ikkinchi bosqichdan saralash o'yinlariga kirishdik. Bu erda O'zbekiston ikki o'yin natijasiga ko'ra Gonkong terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgan. Guruh esa kuchli terma jamoalarni o'z ichiga oldi, BAA, Iroq va Avstraliya. Omar Abdulrahmon boshchiligidagi BAAning "oltin avlodi" Osiyo Kubogi-2019ning asosiy favoriti bo'lib turganini bilasiz. Garchand bu safar Abramov qol ostida yulduzlar ko'p bo'lmagan bo'lmasa-da, lekin ular JCH havosini olgan edilar. Yagona xato Vadim Karlenovich murabbiylar shtabini tuza olmaganida bo'ldi. Murabbiylar shtabi quydagicha ko'rinish oldi, Vadim Abramov, Marat Miftaxutdinov va Tohir Kapadze.

Bu bosqichda ikkita esdan chiqarib bo'lmas ish bo'lgan. 3-turga kelib BAA to'plagan ochkolar soni 2 edi. Bir qarashda ular bizning raqibimiz emas. BAAda durang o'ynab kelgan O'zbekistonda 5 ochko. BAAdan farqli ravishda ikkinchi davrada taqvim bizning foydamizga tuzilgan. Asosiy raqiblar BAA va Avstraliyani Toshkentda qabul qilamiz. Lekin... BAA - Iroq (0:2) uchrashuvi natijasi bekor qilindi. Natijada BAA bizga 3 ochkoga etib oldi. Hammasi shundan boshlandi. Avstraliyani mag'lubiyatga uchratganimizdan keyin Iroqqa mag'lub bo'ldik. So'nggi tur JAR stadionida bo'lib o'tishi kerak. Stadion liq to'la. O'zbekistonda 8 ochko, BAAda 11. Agar g'alaba qozonsak o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra Londonga biz boramiz. BAAning osmondan kelgan uch ochkosi bo'lmaganida edi durang ham bizning foydaga bo'lardi.

Finalda tuppa-tuzuk g'alaba qozonib turibmiz. O'sha o'yin kechagidek yodimda. Zoteev va Musaev birinchi bo'limning o'zidayoq xuddiki o'yin natijasini hal qilib bo'lishgan. Ikkinchi taym boshida Abramov arab himoyachilarini chalg'itib turgan Ivan Nagaev o'rniga SHerzod Karimovni tushiradi. Bu esa raqiblarimizga endi bemalol hujumga o'tish uchun imkon berar edi. Xuddi shunday bo'ldi ham. Ahmad Xalil 51 va 55-daqiqalarda ikkita gol urib hisobni tenglashtirdi. Durang BAA uchun ayni muddao bo'lib turgan bir paytda, 90+3-daqiqada uchinchi to'pni darvozamizdan o'tkazib yubordik. SHu kuni Bobur Omonov degan himoyachimiz faoliyatidagi eng yomon o'yinini o'tkazdi. Sanjar Quvvatov ham Halilning zarbalarini qaytara olmadi.




Hal qiluvchi bosqich natijalari:
O'zbekiston - Iroq 2:0
BAA - O'zbekiston 0:0
Avstraliya - O'zbekiston 0:0
O'zbekiston - Avstraliya 2:0
Iroq - O'zbekiston 2:1
O'zbekiston - BAA 2:3


Terma jamoaning asosiy futbolchilari: SHerzod Karimov, Ivan Nagaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Murod Xolmuhamedov, Akmal Xolmurodov, Sanjar Quvvatov, Oleg Zoteev, Kenja To'raev, Fozil Musaev.

Rio-2016. Bosh murabbiy: SAMVEL BABAYAN.

Bir cikl avvalgi xatolardan to'g'ri xulosa qilinmadi. Yana Olimpiya terma jamoaning ruli, MTJ bosh murabbiyiga tutqazildi. Ikkita "front"da xizmat qilgan Samvel Babayan ham avvalgi murabbiyning natijasidan o'ta olmadi. Ilk marta Olimpiada yo'llanmasiga Osiyo chempionati orqali ega chiqiladigan bo'ldi. Dastlabki saralash bosqichida SHuhrat Maqsudov terma jamoaga boshchilik qildi. Bangladeshda bo'lib o'tgan musobaqada Suriya sindromi tufayli guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Bugunda qitamizning eng kuchli futbolchilaridan biri Omar Xrbin dubl qayd etib Bangladeshda o'tgan saralashda mag'lubiyatga uchrashimizga sabab bo'lgandi. Mo'jiza bizning Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga sabab bo'ldi. Eng yaxshi ikkinchi o'rin uchun ajratilgan 5ta o'rin so'nggisi bizga nasib etdi. Agar so'nggi turda Janubiy Koreya Indoneziyani minimal hisobda mag'lubiyatga uchratganida Qatardagi Osiyo chempionatiga O'zbekiston o'rniga Indoneziya borardi. SHundan so'ng terma jamoa shtabida o'zgarish bo'lgandi.

2016 yil yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tgan musobaqada Samvel Babayan mag'lubiyaga uchradi. Uning eng katta xatosi tarkibida mahoratli darvozabon Akmal Tursunboev turib musobaqaga tayyor bo'lmagan Abdumavlon Abdujalilovni qo'ygani bo'lgan. Kamiga Iskanderov ham musobaqaga tayyor bo'lmasa-da asosiy tarkibda tushavergan. Musobaqaga chiqish-chiqmaslik taqdirimiz bor-yo'g'i 6 kunda hal bo'lgandi. O'sha musobaqani bevosita Doxadan saytda yoritgandim. Undan oldingi saralashda tanqidiy maqolalar gazetada bosilgan bo'lsa, bu safar aynan shu saytda chiqqandi. Aynan shu musobaqada biz olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz mumkin edi. Afsuski, Samvel Babayan bilan bu ishni bajara olmaganmiz.

Hal qiluvchi bosqich natijalari:
O'zbekiston - Janubiy Koreya 1:2
O'zbekiston - Iroq 2:3
O'zbekiston - Yaman 3:1


Terma jamoaning asosiy futbolchilari: Doston Hamdamov, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipov, Akmal Tursunboev, Jamshid Iskanderov, Otabek SHukurov, Eldor SHomurodov, Igor Sergeev, Maksimilian Fomin.

Tokio-2020. Bosh murabbiy: MIRJALOL QOSIMOV.

O'FA matbuot xizmati bugun o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimovni terma jamoa bosh murabbiyi deb elon qildi. Saralash bosqichi 2019 yil Toshkentda bo'lib o'tadi. Tailandda esa 2020 yilning yanvar oyida Osiyo chempionati. Bu bosqichda bizga oson bo'lmasligi aniq. Etibor bergan bo'lsangiz, yildan yilga futbolchilarning saviyasi tushib boryapti va bizning olimpiya terma jamoamizning natijalari ham yildan yilga orqaga qarab ketyapti. Ravshan Haydarov boshqargan jamoani Olimpiya terma jamoasi bilan adashtirmasligingizni so'ragan bo'lardim, bu boshqa-boshqa jamoa.


Xo'sh, biz Tokio yo'llanmasini qo'lga kirita olamizmi? Buning uchun qilinish kerak bo'lgan eng muhim ishlardan biri 1-liga saviyasini oshirish, bugungi PRO-liganing ikkiga bo'linib ketgani, yoshlar ligasi betartib o'tayotgani hamda u erda yosh futbolchilar uchun chegara 23 qilib qo'yilgani katta muammomiz aslida. Avvallari yoshlar ligasida albatta malum chegara bo'lardi. Hozir esa chegara o'zgacha. 23 yoshdan oshmasa bo'lgani va 4 nafar istagan yoshdagi futbolchini tushirsa bo'ladi. Demak, bu kattalar ligasidan boshqasi emas. Agar biz 18 yoshli ikki futbolchini yoshlar ligasida to'p tepishini majburiy qilib qo'yganimizda edi, albatta 28 nafar futbolchidan biri asosiy tarkib nazariga tushgan bo'lardi. Ertangi kun binosiga poydevor bugun qo'yiladi. 1997 yillar bilan bugun shug'ullanishni boshlagan bir paytimizda, Respublika bo'ylab 2001 yilda tarbiya topayotgan futbolchilarimizni unutmasligimiz kerak. Buning uchun hududiy 2-ligalar talab darajasida bo'lishi kerak.

Qisqasi, Qosimov juda qiyin vazifa oldida turibdi. Uning oldida turgan mashaqqatli 1,5 yil oson o'tmasligi aniq. O'ylaymizki, Qosimovga yaratiladigan sharoit Kupernikidan kam bo'lmaydi.

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика