"Aberdin" Fergyusonga haykal o'rnatdi
25 fev 2022 20:33
Yangiliklar
"Aberdin" Fergyusonga haykal o'rnatdi
SHotlandiyaning "Aberdin" klubi Aleks Fergyuson haykalini o'rnatdi.
Murabbiy SHotlandiya klubi bilan 1976 yildan 1986 yilgacha ishlagan. Uning qo'l ostida "Aberdin" uch marta milliy chempionatda g'olib chiqdi, UEFA Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, to'rt marta SHotlandiya kubogi sohibiga aylandi.
80 yoshli mutaxassisni taqdirlash marosimi tashkil etildi, taqdimot uchun chiqarilgan barcha chiptalar sotildi. Muxlislar Fergyusonni olqishlar bilan kutib olishdi.
O’xshash yangiliklar
19:33
Van Persi MYU Fergyuson boshchiligida 2012/2013 yilgi mavsumda 26 bor kambek qilganini yodga oldi 12
Fikrlar