So’nggi yangiliklar

09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5

Abduvohid Nematov - Katanec bilan suhbat, "Ahal" bilan o'yin va qachon maydonga qaytishi haqida Yangiliklar

Abduvohid Nematov - Katanec bilan suhbat, "Ahal" bilan o'yin va qachon maydonga qaytishi haqida

Xabaringiz bor, "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Metallurg"ga qarshi kechgan bahsda jarohat olib safdan chiqqan edi.

Iqtidorli kiper OFK kubogi Markaziy Osiyo mintaqasi finali doirasidagi "Ahal" bilan o'yinni ham o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi. Mazkur bahsni maydon tashqarisida kuzatgan darvozabon saytimiz muxbiri bilan suhbatda bir qator savollarga javob berib o'tdi. 

Jarohat va qachon maydonga qaytishi haqida

- "Metallurg" bilan kubok bahsida tizzamdan jarohat oldim. Hozircha nima bo'lgani aniq emas. Xudo xohlasa yaqin orada tashxis qo'yiladi. Yaxshi javob chiqsa, chamasi 2 oylarda mashg'ulotlarga qaytsam kerak. Jarohat futbolning bir qismi. 

“Ahal” bilan o'yin...

 - Stadiondan kuzatdim. Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda ikkita gol urib hisobda oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'limda “Ahal” o'zi yaratgan vaziyatlarni golga aylantirdi. Murabbiymiz Ro'ziqul Berdiev kerakli o'zgarishlarni amalga oshira oldilar. Yakunda g'alaba biz tomonda bo'ldi. Umuman olganda raqibning o'yini va taktikasi meni ajablantirgani yo'q. Bu – futbol. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. Keyingi bosqich yo'llanmasi bitta o'yindan iborat edi. Bunday masuliyatli o'yinlarga barcha bor kuchini sarflaydi. Natija ustuvor bo'ladi. 

Srechko Katanec bilan bo'lgan suhbat

-  Ha, to'g'ri. Srechko Katanec kelib dastlab hol ahvol so'radi. Bunday jarohatni boshidan o'tkazganini va hammasi yaxshi bo'lishini aytdi.  

O'zbekiston milliy terma jamoasida endilikda yangi davr boshlanishi kutilmoqda. Bunda qisman bo'lsada avlodlar almashinuvi ham ro'y berishini kutish mumkin. Bu borada uning fikri qanday bo'ldi?

- Avlodlar almashinuvi har bir klub yoki terma jamoada bo'ladigan tabbiy jarayon, deb bilaman. Yosh va kuchli futbolchilar etishib chiqmoqda. Menimcha bunga oddiy qarash kerak. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика