Abdusalom Azizov: "Futbolni ayrimlar biznes qilib oldi"
19 iyu 2021 16:05
Yangiliklar
Abdusalom Azizov: "Futbolni ayrimlar biznes qilib oldi"
O'FA prezidenti Abdusalom Azizov so'zga chiqdi va fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz futbolda ko'p narsani yo'qotdik. Ayrimlar buni biznes qilib yubordi. Bolalar futbolidan boshlandi. Talantlar emas, kimnidir iltimosi bilan bolalar olinmoqda. Ijodiy yondoshuv yo'q. Futbolimizning eng katta kamchiligi boshqa davlat murabbiylari bizning jamoani bir deganda o'rganib olmoqda. Qanday taktikada tushamiz, qaysi daqiqada kim tushadi, qaysi paytda jismoniy holatimiz etmay qoladi. Haydarov bekorga taktika haqida gapirmadi. Abramov davrida ham, undan oldin ham bunday muammo bor edi. Murabbiylarimizni xorij jamoalariga yuborishimiz kerak. Kamida bir oy o'sha erda tajriba olishsin.
Qaysi murabbiy terma jamoaga ko'proq futbolchi etishtirib beradi? SHu narsalarni unutib qo'ydik. Futbolda holislik va hallolikni talab qilamiz. Mana kecha "Paxtakor" klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz",- deydi Abdusalom Azizov.
Fikrlar