So’nggi yangiliklar

18:17"Пахтакор" академияси Ўзбекистон рекордини ўрнатди  0 18:07Душан Мийич: "Ўзбекистон Суперлигасида сифатли майдонлар кўпайди"  0 17:39Манба: "Олимпик" "яшайди"  2 17:17"Нефтчи" Левченко билан хайрлашди  16 16:53Манба: "Нефтчи" етакчиси жамоада қолади  2 16:23Неймар Винисиусга "Реал"даги келажаги бўйича маслаҳат берди  4 15:56Тони: "Аллегри — сеҳргар"  0 15:28Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!  52 14:59Слот: "Салоҳ "Ливерпуль" учун ниҳоятда муҳим ўйинчи ва келажакда ҳам шундай бўлиб қолади"  1 14:25Исак "Ливерпуль" сафидаги биринчи голи ҳақида: "Бу лаҳзани узоқ вақт кутишга тўғри келганини тушунаман"  0 13:58Артета: "Руҳий ва жисмоний жиҳатдан мураккаб ҳафтани ўтказдик"  1 13:32Мареска: "Биз тўғри йўналишда ҳаракат қилаётганимизни кўрсатдик"  2 13:03Винисиус "Реал"дан кетадими? АПЛ клубининг қизиқиши ортиб бормоқда  7 12:32Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради  47 12:16"Локомотив" собиқ футболчисини ортга қайтарадими?  1

Abdumavlon Abdujalilov: "Muvaffaqiyatsizlikda aybdor bitta bo'lmaydi. "Bunyodkor" oldiga yuqori maqsad qo'yilgan. Gapda emas, amalda ko'rsatishga harakat qilaman" Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: "Muvaffaqiyatsizlikda aybdor bitta bo'lmaydi. "Bunyodkor" oldiga yuqori maqsad qo'yilgan. Gapda emas, amalda ko'rsatishga harakat qilaman"

"Bunyodkor" qishki transferlar oynasidagi limitdan tashqari imkoniyatdan foydalanish maqsadadida sobiq darvozabonini ortga qaytardi.

Abdumavlon Abdujalilov 2019-2020 yillarda "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan. Keyingi 4 mavsumni "Lokomotiv"da o'tkazgan kiper endi "qaldirg'ochlar" darvozasini qo'riqlaydi.  

- "Bunyodkor" siz uchun begona jamoa emas. Sobiq klubingizga qaytish qanday yuz berganini ayta olasizmi?

- "Bunyodkor" rahbariyatidan Murod aka Aliev taklif bilan chiqdilar. O'zaro kelishgan holda bir to'xtamga keldik. Birga ishlash taklifini bildirishdi. "Bunyodkor" Superligada jon saqlash uchun kurashgan bo'lsada buni takrorlamaslik uchun yaxshi jamoa qurishayotganini aytishdi. Murabbiy bilan ham gaplashib oldik. Jamoa oldiga yaxshi maqsadlar qo'yilgan. 

- Siz o'ynagan davr bilan oxirgi 3 yillik katta farq qildi. Natijalar qanday taassurot qoldirdi?

- O'zim uchun begona jamoaga o'tmadim. Bu erga 2019 yil birinchi marotaba kelishimga Murod Aliev sababchi bo'lgandilar. O'shanda bosh direktor sifatida faoliyat olib borardilar. Milliy terma jamoaga ham 2019 yil taklif qilinganman. Maqsadim terma jamoaga qaytish. Oldiga oliy maqsad qo'ygan jamoada o'ynash xohishi bor edi. Bu yil "Lokomotiv", "Bunyodkor" o'ziga mos bo'lmagan o'rinlarda yurdi. Bunga sabablar bor edi. "Bunyodkor" bir necha bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. Jamoani o'z mavqeiga qaytarish niyatidamiz. 

- "Temiryo'lchilar"ning bir yildan so'ng yana Pro ligaga ravona bo'lishida qanday kamchiliklar sabab bo'ldi?

- "Lokomotiv" bilan muvaffaqiyatsiz mavsum bo'ldi. Jamoa 2022 yil Pro ligaga tushib ketganida birga Superligaga qaytarishni maqsad qilgandim. Niyatimizga erishdik. Mavsumni yaxshi natijalar bilan boshladik. Muvaffaqiyatsizlikka sabab bitta bo'lmaydi. Ko'p narsalarni yig'indisi shunga olib keladi. Buni 2022 yilda ham aytganman. Bitta odamning aybi hisoblanmaydi. "Lokomotiv" oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo'ygan. Qo'ldan kelgancha jamoaga yordam berishga harakat qildik. Ularga omad tilaymiz. Mazkur klubda 4 yil o'ynadim. Jamoadagilar mendan xafa bo'lmadi degan umiddaman. 

- Jamoaviy ko'rsatkichlardan tashqari o'zingizga qanday vazifa qo'ydingiz?

- Superliga jamoasida o'ynash maqsadini qo'yganman. Yuqorida aytganimdek milliy jamoaga taklif qilinishim faqat gapda emas, amalda ko'rsatish uchun bor kuchim bilan ishlayman. "Bunyodkor"ga bejizga kelmaganimni, yuqori o'rinlarni egallashga hissamni qo'shishimni ko'rsatishga astoydil bel bog'laganman. SHu o'rinda  "Lokomotiv"dan ham minnatdorman.    

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика