So’nggi yangiliklar

00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  3 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0

Abdumavlon Abdujalilov: "Ayni damda faqat g'alabalarni o'ylash kerak" Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: "Ayni damda faqat g'alabalarni o'ylash kerak"

O'zbekiston Kubogida "Turon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" posboni Abdumavlon Abdujalilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun ilk marta quruq o'yin o'tkazdingiz. O'yindan taassurotlar qanday?
- Rostdan ham, quruq o'yin o'tkazish juda ajoyib. Jamoa nechta gol urishidan qati nazar o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qolishga harakat qiladi. Ayniqsa, o'zimizning stadionda buni bajarish ajoyib. Bu erda o'ynash doimo yoqimli. O'yindan faqatgina ajoyib taassurotlar va yaxshi kayfiyat qoldi.

- Ketma-ket ikki o'yinda maydonga tushdingiz. Demak, Javohir Ilyosov bilan raqobat juda kuchli bo'ladimi?
- Biz professional klubda o'ynaymiz. Demak, har bir chiziqda yuqori klassdagi futbolchilar o'ynashadi. Men ham, Javohir Ilyosov ham yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilyapmiz. Futbolchilarning sof raqobati - juda ajoyib holat.

- Jamoa yaxshi odimlamoqda. Ketma-ket 4 g'alaba. Ammo mavsumni unchalik yaxshi boshlay olmagandik. Bu g'alabalar jamoaga katta maqsadlar uchun kurashishida ko'proq kuch beradimi?
- Mavsum startida hamma shu haqida gapirdi. Ha, shunday bo'lib qoldi. Mavsumni juda yomon boshladik. Ammo hozirda pog'onalar haqida emas, balki oldimizdagi har bir bahsda yutishni o'ylashimiz kerak.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика