So’nggi yangiliklar

00:30"Андижон" клуби Отабек Жўрақўзиевни ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  3 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0

Abdumalik Toshpo'latov: “Omadimiz kelmagani tufayli raqibga imkoniyatni boy berdik” Yangiliklar

Abdumalik Toshpo'latov: “Omadimiz kelmagani tufayli raqibga imkoniyatni boy berdik”

Pro-liganing 19-turida “Yangier” o'z maydonida “Xorazm”ga qarshi maydonga tushdi hamda 2:1 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng yangierliklar sardori Abdumalik Toshpo'latov bilan suhbatlashdik.

- Bugun o'yin juda qiziqarli bo'ldi, - deya so'z boshladi Toshpo'latov. SHu o'rinda “Xorazm” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin davomida bizda golli vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq omadimiz kelmadi. “Xorazm” esa qarshi hujumlarda yaxshi o'ynadi va imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanib, darvozamizni ikki marotaa ishg'ol qildi. Omadimiz kelmagani tufayli bugun biz yutqazib qo'ydik.

- “Yangier” barqaror o'yin namoyish qila olmayotganiga nimalar sabab bo'lmoqda?
- Tarkibimizda o'zgarishlar yuzaga keldi. Bu esa o'yin uslubimizni o'zgarishiga sabab bo'ldi. SHu jihatlardan o'yin uslubimizda pasayishlar kuzatilmoqda.

- Mavsum boshlanishi arafasida klub oldiga qanday vazifalar qo'yilgan edi? Endilikdagi vazifalar nimalardan iborat?
- Rahbariyat mavsum boshlanishi arafasida Superligaga yo'llanma olish vazifasini yuklatgandi. Murabbiylar va futbolchilar almashinuvi tufayli ko'plab ochkolarni boy berdik. Endilikda esa imkon qadar o'z o'rnimizda qolish uchun kurashmoqdamiz.

- Klubda ishlab ketgan mutaxassislar xususida nimalarni ayta olasiz?
- Kim ishlagan bo'lsa ham jamoaga nimadir olib kirishga harakat qildi. SHu o'rinda men Ildar Sakaev borasida gapirsam. U jamoamizga ancha foydasi tegdi. Kuchli mutaxassis. Bu insonga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Kelgusidagi faoliyatiga omad tilab qolaman!

- SHartnomangiz qachon yakuniga etadi? Boshqa klublardan takliflar bo'lyabdimi?
- “Yangier” bilan shartnomam shu yilning dekabr oyida yakunlanadi. Oldimda bir nechta klublardan takliflar bor. Hozircha bu qaysi jamoalar ekanligini ayta olmayman. Mavsumni yakunlab olaveraylikchi, qolganini vaqt ko'rsatadi.

- Bugungi kunda “Yangier”ning moliyaviy holati qanday?
- O'rtacha. Rahbariyat yutgan o'yinlarimiz uchun mukofat pullarini berib kelmoqda. Maoshlarimiz bo'yicha sekin-asta berilmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика