Abdumalik Abdullaev Zuhurovning 665 daqiqalik "quruq seriya"siga chek qo'ydi
20 noy 2016 15:02
Yangiliklar
Abdumalik Abdullaev Zuhurovning 665 daqiqalik "quruq seriya"siga chek qo'ydi
"Bunyodkor" klubi oliy ligada so'nggi bor 17 sentyabr kuni 22-tur doirasidagi "Paxtakor" bilan o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan edi. O'sha uchrashuvning 85-daqiqasida Jamshid Iskanderov Zuhurovni xafa qilgandi.
SHundan keyin Zuhurov ketma-ket 7ta o'yinda umuman gol o'tkazmadi.
"Navbahor" bilan uchrashuvning 30-daqiqasida Abdumalik Abdullaev tomonidan urilgan gol posbonning 665 daqiiqa davom etgan "quruq seriya"siga barham berdi. Bu 2016 yilgi mavsumda eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi.
Malumot uchun, o'tgan yilgi mavsumda eng uzun "quruq seriya"ni aynan Murodjon Zuhurov qayd etgan edi - 530 daqiqa.
Zuhurovning "quruq seriyasi":
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:1
"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 3:0
"Buxoro" - "Bunyodkor" 0:0
"Bunyodkor" - "Nasaf" 1:0
"Olmaliq" - "Bunyodkor" 0:2
"Qizilqum" - "Bunyodkor" 0:0
"Bunyodkor" - "Metallurg" 1:0
"Andijon" - "Bunyodkor" 0:0
"Bunyodkor" - "Navbahor" 1:1
Fikrlar