So’nggi yangiliklar

11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1

Abdulloh Al Rashud: "Saudiya Arabistoni O'zbekiston uchun haqiqiy syurpriz bo'ldi" Yangiliklar

Abdulloh Al Rashud: "Saudiya Arabistoni O'zbekiston uchun haqiqiy syurpriz bo'ldi"

Teglar :  Futzal
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Abdulloh Al Rashud qatnashdi.
"Musobaqadagi ilk uchrashuvni o'tkazdik. Biz bugun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi harakat qildik. Hisob 2:5 bo'lsa ham 4ta golni himoyadagi golni xatolar tufayli o'tkazib yubordik. Ayniqsa to'rtinchi golda himoyachilarimiz qo'pol xato qilishdi. Hisob ochilmagan paytda bizning jamoa taxminan 5ta gol urish uchun imkoniyatga ega bo'lgandi. Futzalni tushunadiganlar doim birinchi planga tajriba chiqishini bilishadi. Gol urishda ham, o'tkazganda ham tajriba juda muhim. Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'yindan o'yinga o'z tajribasini oshirib boradi. Bugun Osiyoga o'z o'yinimizni namoyish etdik. SHunday ko'p muxlislar qarshisida kuchli jamoaga qarshi o'ynadik, mag'lub bo'lgan bo'lsak ham o'z o'yinimizdan uyalmaymiz",  - deydi Abdulloh Al Rashud.

- Livan va Qirg'iziston o'rtasidagi o'yinni ko'rib guruhda ikkinchi o'rinni Saudiya Arabistoni olishi mumkin deb o'yladim. Sizning fikringiz qanday?
- Bugungi uchrashuvda asosiy futzalchimizdan biri o'ynamadi. U ikkinchi turda maydonga tusha oladi. G'alaba qozona olsak siz aytgandek ikkinchi o'rinni olishimiz mumkin.

- Ikkinchi turda Livan bilan bahsda nimalarga etibor qaratish kerak?
- Asosiy qiladigan ishimiz gol urishni ko'proq mashq qilish. Imkoniyatlardan foydalanish ustida ko'proq ishlashimiz kerak.

- Jamoaning jismoniy holatini yanada kuchaytira olasizmi? O'zbekiston uchun sizlar Livan va Qirg'izistondan ochko olishingiz foydali.
- O'tkazib yuborilgan gollar jismoniy tayyorgarlik tufayli emas. Xatolar tufayli kelib chiqdi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yaxshi holatdamiz. Umid qilamanki keyingi o'yinlarda ochko olamiz.

- Birinchi bo'limda ko'p hujum qilib 6-7 ta golli vaziyat yaratdinglar. O'zbekistonning qaysi kamchiligidan foydalanishga harakat qildingiz?
- Menimcha Saudiya Arabistoni O'zbekiston uchun haqiqiy syurpriz bo'ldi. Kecha matbuot anjumanida bizni ko'pchilik kuchli jamoa deb hisoblamagandi. Keyingi bahslarda ham syurpriz qilishga harakat qilamiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика