Abdullaev: "Neftchi" Superligada qoladi"
04 okt 2022 00:10
Yangiliklar


Abdullaev: "Neftchi" Superligada qoladi"
Coca Cola Superliganing 20-turi doirasidagi "Lokomotiv" 1:3 "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Izzatilla Abdullaevning fikrlari bilan qiziqdik.
— Har bir raqibga alohida tayyorlanyapmiz. "Loko"ni yaxshi o'rganganimiz bugun foyda berdi va 3 ochko ishlab oldik.
— To'pni ustingizdan oshirib tepayotganingizda darvozaga borishini his qildingizmi?
— Rostini aytsam, to'p o'sha nuqtaga kelishini sezib, zarbaga tashlandim. Gol haqida o'ylashga ulgurganim yo'q. Jamoadoshlarimning xursandchiligi to'p darvozaga kirganini bildirdi.
— Bugun "Neftchi" hisobidagi ochkolar soni 25taga etdi. Endi jamoa elitada qoladi, deb hisoblasak bo'ladimi?
— Ha, Superligada qolish masalasini hal qildik. Ayni paytda kuchli oltilikka kirish uchun kurashyapmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar