G'ofurov: "Revansh oldik"

Coca Cola Superliganing 20-turi doirasidagi "Lokomotiv" 1:3 "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mehmonlar yetakchisi Mirzohid G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Qiziqarli ruhda o'tgan 6 ochkoli o'yinga guvoh bo'ldik. 90 daqiqa mobaynida jangovar ruh hukmronlik qildi. Barchaga rahmat.

- Qizil kartochka bo'lmasa, natija boshqacha bo'lishi mumkinmidi?

- Futbolda aniq gap aytib bo'lmaydi. Ehtimol... Ammo biz xarakter ko'rsatib, 1-davradagi mag'lubiyat uchun revansh oldik.

- "Neftchi" oxirgi o'yinlarda yaxshi temp ko'rsatyapti. Jamoaning shunaqa kuchi bor ekan, yil avvalida nima pand bergan edi?

- Mavsum boshida yangi jamoa yig'ilgani uchun o'zaro til topishib kyetishimiz ancha vaqtni olib qo'ydi. Shuningdek, jarohat va diskvalifikaciyalar ancha xalaqit berib qo'ydi. Umid qilamanki, buyog'iga barchasi yaxshi bo'ladi.

Lutfulla To'raev: "Jasur o'zimning ukam"


Manba: championat.asia