Abdulla Nabiev "Mashal" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
30 jan 2015 12:53
Yangiliklar


Abdulla Nabiev "Mashal" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Samarqandning "Dinamo" klubi sobiq yarim himoyachisi Abdulla Nabiev endi "Mashal" sharafini himoya qiladi.
Nabiev "Mashal" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ushbu futbolchi yangi mavsum oldidan jamoamiz safiga kelib qo'shilgan uchinchi futbolchiga aylandi. SHu vaqtga qadar safimizga Iqbol Boboxonov ("Neftchi") , Firdavs Asadov ("Buxoro")lar qo'shilgan va shartnoma imzolagan edi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum samarqandliklar jamoasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol kiritishga erishgan edi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum samarqandliklar jamoasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol kiritishga erishgan edi.

Fikrlar