So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  0 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  8 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  9 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  121 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Abdulla Bo'riev: Sahob Jo'raevning jamoamizga foydasi tegishiga ishonaman Yangiliklar

Abdulla Bo'riev: Sahob Jo'raevning jamoamizga foydasi tegishiga ishonaman

SHu oyning oxirida yangi futzal mavsumi start oladi. Bu yilgi mavsumni odatdagidek associaciya kubogi musobaqasi boshlab beradi.

Ushbu kubok bahslarida professional klublar bilan bir qatorda havaskor jamoalar ham ishtirok etishadi. Yaqinda milliy terma jamoamiz o'zbek futzali tarixida ilk marotaba jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etdi. Bu esa yurtimizda futzal sport turining yangi bosqichga chiqishiga zamin yaratadi, desak xato bo'lmaydi. Ayni kunlarda jamoalar mavsumga tayyorgarlik ko'rishyapti. Etakchi klublar allaqachon o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlab yuborishgan. Biz o'tgan mavsum kashfiyotlaridan biri hisoblangan Bunyodkor klubi mashg'ulotlarida bo'lib, qaldirg'ochlar bosh murabbiyi Abdulla Bo'rievdan intervyu oldik. Aynan Bo'riev o'tgan futzal mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.

- Abdulla aka, yangi futzal mavsumiga tayyorgarlik qanday davom etmoqda? Futzalchilarning holati qoniqarli darajadami?


- Bu yilgi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Boisi, o'tgan yili kuchli uchlikka kirishimizga bir qadam etmay qolgandi. O'z xato va kamchiliklarimiz evaziga chempionatda 4-o'rin bilan cheklangan edik. SHularni inobatga olgan holda, yangi mavsumga tayyorgarlikni har qachongidan erta boshladik. Guvohi bo'lganingizdek, asosiy etiborni yoshlarga qaratganmiz. Ko'rik uchun asosan yoshlar taklif qilingan. Xabaringiz bor, Bunyodkor futbol jamoasida ham asosiy urg'u yoshlarga beriladi. Klubimizda ham ana shu siyosatni davom ettiryapmiz. Natijasi esa yomon emas. Umuman olganda, biz yangi futzal mavsumiga tayyormiz.

- O'tgan yilgi tarkib saqlab qolindimi?


- Deyarli saqlanib qoldi, desam ham bo'ladi. Faqat asosiy tarkib darvozabonlarimizdan biri oilaviy sharoiti sabab Rossiyaga ko'chib ketdi. Keyin Ardus klubidan ijaraga olingan ikki o'yinchimiz ham o'z jamoalariga qaytishdi. Qolgan barcha futzalchilar esa bugungi kunda mavsumga tayyorgarlik ko'rishyapti. Katta o'zgarishlar yo'q. O'tgan yilgi tarkibni saqlab qolishga muvaffaq bo'ldik. Bu yilgi mavsumdan umidim katta. Oldinga mavsumda ham qoniqarsiz o'yin ko'rsatmadik. Faqat bazi o'yinlarda yosh futzalchilarimizga tajriba etishmadi. Qaysidir uchrashuvlarda yigitlar charchab qolishdi. O'ylaymanki, biz bundan tegishli xulosalarni chiqarib oldik.  

- O'z vaqtida katta futbolda porlagan himoyachi Sahob Jo'raevni ham jamoangiz mashg'ulotlarida ko'rdik. Jo'raevning katta futboldan futzalga kirishib ketish jarayoni qiyin kechmayaptimi?

- Sahobning oyog'ida jiddiy jarohati borligi uchun malum muddat futboldan yiroqda bo'ldi. Yarim yilga yaqin vaqt mobaynida umuman yugurmagan, mashg'ulotda qatnashmagan ekan. O'z vaqtida Bunyodkor futbol jamoasida o'ynagani uchun klubimiz rahbariyati ham uning futzalda o'zini sinab ko'rishiga qarshilik bildirmadi. Hozircha harakatlari yomon emas. Futzalchilar bilan o'yinga kirishib ketdi. Xuddi bir yildan beri bir jamoada o'ynagandek taassurot qoldiryapti. Eng muhimi, o'zida ham qiziqish bor. Mashg'ulotlarda astoydil harakat qilyapti. Boshqalar bilan taqqoslaganda, to'p bilan muomalasi juda ham yaxshi. Pozicion o'yinlarda ham chakki emas.

- To'g'riku-ya, lekin futzal futboldan farqli ravishda tezlikka asoslangan. Sahob ana shu tezlikka moslasha olyaptimi? Uning hozirgi jismoniy holati talabga javob beradimi?


- Bilasizmi, uning ustun jihati  individual tarzda kuchli. Hatto, milliy terma jamoamizda ham bunday jihatlarga ega futzalchi yo'q. Men buni hech ikkilanishsiz ayta olaman. Jahon chempionatida ko'rdik, portugaliyalik Rikardino bir o'zi butun jamoani aldab, raqib darvozasini ishg'ol qilyapti. Mana shunday bir o'zi o'yin taqdirini hal qilib qo'ya oladigan futzalchiga muhtojmiz. Sahobda ana shu jihatlar bor. Uning texnikasi anchadan beri futzal o'ynab yurganlarnikidan ham yaxshiroq.

- Yaqinda terma jamoamiz jahon chempionatidan qaytib keldi. Taassurotlaringiz va xulosalaringiz qanday?

- Hozirgi avlod vakillariga havas bilan qarayman. Ular futzalimiz tarixida ilk bor mundialning final bosqichida ishtirok etib qaytishdi. Ularning o'yinini ko'rib, xuddi o'zim maydonga tushib o'ynagandek bo'ldim. Taassurotlar juda yaxshi. Terma jamoamiz bejiz jahon chempionatiga chiqmaganligini amalda isbotladi. Biz o'ynab yurgan paytlarda bunday sharoitlarni orzu qilardik. SHu yilning o'zida, yani Osiyo chempionati o'tkazilgan fevral oyidan to sentyabrgacha bir nechta xorij yig'inlari tashkil etildi. Uning doirasida Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Eron kabi davlatlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. Men aytgan terma jamoalarning barchasi jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etishdi. Ana shu o'yinlarda to'plangan tajriba o'z so'zini aytdi. Uchchala o'yinda ham futzalchilarimiz dunyoning kuchli terma jamoalariga hech bir jabhada yutqazishmadi. Xose Mariya Mendezning mehnati shundoqqina ko'rinib turibdi. Faqatgina Panamaga qarshi o'yinda biroz ko'ngil xijil bo'lib qoldi. Sababi, biz bu raqibdan kuchli edik. Faqat buni amalda ko'rsata olmadik. Jahon chempionatidagi ilk o'yin, baribir, hayajonli bo'ladi. SHu narsa ko'zga tashlanib qoldi. Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi kechgan bahslarda esa futzalchilarimiz xuddi avval 2-3 marta jahon chempionatining final bosqichida qatnashgandek taassurot qoldirishdi. Men mundialda ishtirok etishdek katta tajribaga ega boshqa terma jamoalarning o'yinlarini ko'rdim. Ular bilan taqqoslaganda, bizning o'yinimiz yaxshiroq chiqdi. Ayrim tajribali jamoalar o'z darvozalaridan 10-15ta gol o'tkazib yuborishdi. Bizda bunday holat kuzatilmadi. Keyin xursand bo'lganim, Bunyodkor futzalchisi ham ilk bor terma jamoa tarkibida jahon chempionatida ishtirok etib qaytdi. Portugaliya bilan o'yinda maydonga tushdi. Rikardinoga qarshi juda yaxshi o'ynadi. Mendez keyingi jahon chempionatini ham o'ylab, ko'proq yoshlarga etibor qarata boshladi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика