So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  1 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Abdulla Bo'riev: "O'zbekiston kubogida kuchsiz jamoa yo'q" Yangiliklar

Abdulla Bo'riev: "O'zbekiston kubogida kuchsiz jamoa yo'q"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futzalchisi, "Bunyodkor" futzal jamoasi bosh murabbiyi Abdulla Bo'riev Kubok uchrashuvlaridan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mutaxassis yangi federaciyaning dastlabki ishlariga baho berdi. 

- O'zim to'p tepgan paytlarimda ham Kubok bahslari shunday formatda o'tardi. Guruh bosqichi, keyin chorak, yarim final, final tarzida jamoalar bir-biri bilan o'ynab chiqardi. Bu yilgi Kubok bellashuvlari qiziqarli o'tishini kutyapman. Jamoalar guruhlarga bo'lingan, hammada imkoniyat bir xil. PFL o'tkazgan O'zbekiston Kubogida bitta qura bo'lardi. Bitta o'yindan iborat edi. Imkoniyatlar kam, kuchli jamoaga tushib qolsangiz darhol musobaqa bilan xayrlashardingiz. Hozirgi formatda esa har bir jamoada imkoniyat bo'ladi, boz ustiga uchrashuvlar guruhda ikki marotabadan tashkil qilinadi. Jamoalar ko'paydi. Yana bir foydasi shuki, havaskor jamoalardan futzalchilarni ko'rikka taklif qilib so'ng shartnoma tuzish mumkin ekan. Shartnomasiz ham Kubok bahslariga havaskor futzalchilarni qo'yishga ruxsat berilgani katta yangilik sifatida qabul qilindi. Bu orqali yangi futzalchilarni, yoshlarni ko'zdan kechirib olamiz.

- O'zbekiston kubogida jamoalardan BMB etakchi bo'lsa, OKMK bundan tashqari "Lokomotiv"dan yaxshi o'yin kutyapman. O'zSQB tarkibiga yaxshi o'yinchilar kelgan. O'zimning boshqaruvimdagi "Bunyodkor" ham muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. 16 ta jamoa orasida kuchsizi yo'q. Faqat "Guliston" jamoasi jumboqli bo'lib turibdi. Qolganlar ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. 

- O'zbekiston futzal federaciyasining alohida bo'lib chiqishini juda katta yutuq deyish mumkin, chunki o'z vaqtida tashkilotning o'zi bo'lganida o'ynaganman, ishlaganman. Buning katta foydalari bor. futzal rivojlanishi uchun muhim qadam tashlandi. Oddiy qilib aytganda dardingizni aytishga, maslahatlashishga prezident, vice-prezident, bosh kotib, xodimlar bor. O'zimizning federaciyamiz bor. O'zbekiston futzal federaciyasi prezidenti Bekzod Akmalovich hamma murabbiylarni yig'ib, muammolarni tinglab, klubga, futzalchilarga qo'lidan kelganicha yordam berishini aytib o'tdilar. Har bir murabbiy bilan alohida gaplashdilar. Bundan hamma murabbiylar xursand. Ochig'i, bizning fikrlarimiz o'rganilmayotganiga ancha bo'lib ketgandi. Bir yoqadan bosh chiqarib va birgalikda ishlashni taklif qildilar. Bu yuqoriga tashlangan katta qadam bo'ladi. Milliy terma jamoamiz ham yuqori natijalarga erishadi deb o'ylayman. Federaciya alohida bo'lgani darhol sezildi. Mana O'zbekiston kubogida endi 2 ta tur oldin qaysi sanada, kim bilan, qaerda o'ynashimizni bilamiz. Reja qilib, tayyorgalik uchun qulayliklari bisyor. Oldin hammasi taqalib qolar, mehmonxona muammoga aylanardi. Men futzal federaciyaning alohida tashkilotga aylanganini qo'llab-quvvatlayman. 

- "Bunyodkor" futzal jamoasi O'zbekiston Kubogiga tayyorgarlikni ertaroq boshlab yuborgan. Quradan so'ng raqiblarimizni bildik, shunga yarasha tayyorlanyapmiz. Tarkibimizda yangi 3 nafar o'yinchi ko'rikdan o'tmoqda. Kubokda ularni ko'rib olamiz. Umid qilamanki, ular jamoamizni kuchaytira olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика