Abdulla Abdullaev: "Terma jamoada barcha yagona maqsad ostida birlashadi"
10 avg 2020 09:01
Yangiliklar


Abdulla Abdullaev: "Terma jamoada barcha yagona maqsad ostida birlashadi"
O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan mahoratli yarim himoyachi Abdulla Abdullaev yig'in taassurotlari, o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ushbu yig'in yaxshi o'tdi. Ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. O'ylashimcha bir-birimizni tushunib olishimiz uchun biroz vaqt kerak edi. SHuning hisobiga birinchi o'yinda qiynaldik. Lekin, yomon harakat qilmadik deb o'ylayman. Vadim Abramovning terma jamoa va klubdagi talablari va ko'rsatmalarida deyarli farq sezilmadi. Lekin, baribir terma jamoa boshqa, klub boshqa. Futbolchilar har xil klublardan kelsada terma jamoada barcha yagona maqsadda birlashadi. U ham bo'lsa vatan uchun bor kuchimiz bilan to'p tepish va bizga berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish. O'z harakatlarimiz bilan bosh murabbiyda iliq taassurot qoldirishga harakat qildik",- deydi Abdullaev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
07:26
JCH-2026 saralash. Mundial yo'llanmasini hal qilgan terma jamoamiz bugun Qatarni mehmon qiladi 4
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 1
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar