So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Abdulla Abdullaev: “Bo'sh tribunalar qarshisida to'p tepish oson bo'lmadi” Yangiliklar

Abdulla Abdullaev: “Bo'sh tribunalar qarshisida to'p tepish oson bo'lmadi”

Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor” jamoasi Coca Cola Superliga 4-turida o'z maydonida “Qo'qon-1912”ni qabul qildi.

Bellashuvni to'liq o'z nazoratida o'tkazgan “qaldirg'ochlar” kichik 1:0 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi va muhim uch ochkoga ega chiqdi. Uchrashuvdan so'ng esa zaxiradan maydonga tushgan yarim himoyachi Abdulla Abdullaevning fikr va mulohazalari bilan qiziqdik.

“Qalban bizni qo'llab- quvvatlab turgan muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Ancha vaqtdan keyin o'tkazilgan birinchi rasmiy o'yin uchun harakatlarimiz chakki chiqmadi deb o'ylayman. Bu hali hammasi emas. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz va o'zimizning eng yaxshi uchrashuvlarimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

Albatta, bo'sh tribunalar qarshisida to'p tepish oson bo'lmadi. Ammo, ko'nikib borishga majburmiz. Muhimi ustunlik va to'p nazorati biz tomonda bo'ldi. Haqli ravishda g'alabaga erishdik. “Qo'qon-1912” ham jiddiy qarshilik ko'rsatdi. So'ngi daqiqalar yaqinlashgani sari bosimni oshirdik. Restartdagi g'alaba jamoamizning kayfiyatiga ijobiy tasir qilishi aniq. To'g'ri, golga tortadigan vaziyatlar yaratdik. Tezkor gol urib hisobni ochishimiz ham mumkin edi. Jarima zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegdi. Ko'proq to'p kiritib hisobni yirik ko'rinishga keltirishga urindik. Asosiysi uch ochkoni o'zimizniki qildik”,- deydi Abdulla Abdullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика