So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Abdulazizxon Abdurashidov: "Turon" mendek yosh futbolchilarga taqdirning tuhfasi bo'ldi" Yangiliklar

Abdulazizxon Abdurashidov: "Turon" mendek yosh futbolchilarga taqdirning tuhfasi bo'ldi"

Ko'pchilik futbol muxlislari va mutaxassislarni hayratga solib Pro ligadagi ilk mavsumidayoq Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan Farg'ona viloyatining "Turon" jamoasida bir nechta istedodli yosh futbolchilar to'p tepishadi.


Bugungi suhbatdoshimiz-Abdulazizxon Abdurashidov ham  "Turon"ning zafarli yurishlariga  o'zining  munosib hissasini qo'shayotgan yosh futbolchilarning yorqin vakilidir.

Suhbatdoshimiz haqida qisqacha malumot: Abdulazizxon Abdurashidov 2000 yilning 10 iyulida Qo'qon shahrida tug'ilgan. Dastlabki saboqni shahardagi 21-maktabda olgan.So'ngra  Qo'qon shahridagi 1-akademik litceyini tamomlagan. Qo'qondagi “Spartak” bolalar futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi Narimon Asanov.  2017 yildan beri "Turon"da faoliyat ko'rsatadi.

- Abdulazizxon  suhbatimiz avvalida futbolga mehr qo'yishingizga sabab  bo'lgan omillar haqida aytib bersangiz?

-Millionlar o'yini meni o'ziga maktab davridayoq rom qilgan. To'p tepishga bo'lgan katta ishtiyoqimni o'z vaqtida sezgan dadam 3-sinfda o'qiyotganimda  "Spartak" bolalar futbol klubiga olib borganlar. Futbolning "Alifbosi"ni shu maskanda ilk murabbiyim Nariman Asanovdan o'rganganman.

"Turon"ga o'tishingiz qanday ro'y bergan?

-17 yoshimgacha “Spartak” futbol klubida  shug'ullanganman. Klubimiz rahbariyati bizni katta futbolga moslashishimiz uchun "Qo'qon-1912"-2" jamoasini 2-liga musobaqasiga qo'yib kelardi.  2017 yil Yaypanda yangi tashkil etilgan "Turon" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganmiz. SHu uchrashuv yakunlanganidan keyin "Turon"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Bahrom aka Hakimov meni o'z jamoasiga taklif etgan.

- Hujumkor futbolchilar toifasiga kirasiz.Lekin nega himoyachilarga mos bo'lgan 2 raqamda o'ynaysiz?

- "Spartak" bolalar jamoasida  o'ng qanot himoyasida o'ynardim. SHu bois 2 raqam menga nasib qilgan. "Turon"da  maydondagi joyim o'zgargan. Bahrom Hakimovning tavsiyasi bilan yarim himoyachiga aylandim. Maydondagi vazifam o'zgargach murabbiylar menga raqamimni o'zgartirishni maslahat berishdi. Lekin bolalikdan qadrli bo'lib qolgan raqamni almashtirishga ko'zim qiymadi.

- Ushbu mavsum dribling ustasi sifatida tanildingiz. SHu xislatni qanday o'zlashtirgansiz?

-Ko'pchilik etirof etadigan ushbu xislatni qanday o'zlashtirganimga izoh bera olmayman.Biroq himoyada o'ynab yurgan paytimda ham o'z darvozamiz yaqinida raqiblarni aldashga urinishim sabab Narimon akadan ko'p bor dakki eshitganim yodimda. Qolaversa, bosh murabbiyimiz Islom  aka   Ismoilov hujumkor futbol tarafdorligi sabab maydonda o'zimni ancha erkin his qilaman.

- Mamlakatimizdagi  mashhur sport saytlaridan birining bosh muharriri Narzulla Saydullaev sizni "Yil kashfiyotlaridan biri" deb etirof etib o'tdi...

- Menimcha butun jamoamiz azolari  "Yil kashfiyoti" bo'lishga loyiq.Etirof uchun jurnalist akamga minnatdorchilik bildiraman. Bundan keyingi faoliyatimizda  ham “Turon” jamoasi muxlislarini xursand  qilish uchun maydonda bor kuchimizni berib harakat qilamiz.

- Ushbu mavsumda raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritib jamoa to'purari bo'ldingiz. Mavsum avvalida jamoa to'purari bo'laman, deb o'ylaganmidingiz?

-Menimcha har bir futbolchida  ko'proq  gol urish istagi bo'ladi. Menda  ham bu istak bor.Lekin futbolda  bir futbolchining nechta gol urgani emas, balki jamoaning yutuqlari birinchi o'rinda turadi. Aytmoqchimanki, ushbu mavsum  to'purar bo'lganim  uchun emas, balki  jamoamizning Superligaga chiqqani sabab qadrlidir.

- Futbolchilik faoliyatingizda yana qanday yutuqlarni orzu qilasiz?

-Professional futbolchi sifatida o'sishimizda "Turon"ning ahamiyati beqiyos. Menimcha  yosh futbolchilar  uchun "Turon" jamoasining tashkil etilgani taqdirning tuhfasi bo'ldi. Birinchi navbatda jamoadoshlarim bilan birga  Superligada ham "Turon"ning shanini munosib himoya qilish niyatidamiz.Kelajakda esa Evropa chempionatlaridan birida to'p tepishni orzu qilaman.

- Jahon va o'zbek futbolida qaysi futbolchilarning harakatiga havas qilasiz?

- "Tottenxem"ning janubiy koreyalik hujumchisi Son Xyon Min va "Paxtakor"ning  yulduzi Jaloliddin Masharipovlarning  maydondagi harakatlaridan zavqlanaman. SHu bilan birga ushbu mavsum mobaynida. "Turon"da birga  to'p surgan  Otabek Haydarov, SHoxruh Xolmatov, SHukurali Po'latovlarning maydonda o'zlarini hotirjam tutishlariga qoyil qolaman.

Mo'ydinjon Sobitov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика