Abbosbek Fayzullaev O'zbekiston OTJ safidagi birinchi mashg'ulotida nimalar dedi?
23 apr 08:03
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev O'zbekiston OTJ safidagi birinchi mashg'ulotida nimalar dedi?
Kecha Abbosbek Fayzullaev terma jamoamiz ixtiyoriga kelib qo'shildi va Vetnamga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Assalomu alaykum, Osiyo kubogi davom etmoqda. Bugun 3-turga tayyorgarlikni boshladik, o'zim ertalab Qatarga etib keldim. Xudo xohlasa, uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba uchun maydonga tushamiz.
Muzokaralar yaxshi tugab, Osiyo kubogiga etib kelganimdan xursandman. Vetnam kuchli raqib, ular ham ikkita turda 6 ta ochkoga ega bo'lishdi.
Biz g'alaba uchun maydonga tushamiz, guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olmoqchimiz. Menimcha, ularga qarshi bahs yaxshi bo'ladi», — dedi Abbos.
Fikrlar