

Assalomu alaykum, Osiyo kubogi davom etmoqda. Bugun 3-turga tayyorgarlikni boshladik, o'zim ertalab Qatarga yetib keldim. Xudo xohlasa, uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba uchun maydonga tushamiz.
Muzokaralar yaxshi tugab, Osiyo kubogiga yetib kelganimdan xursandman. Vetnam kuchli raqib, ular ham ikkita turda 6 ta ochkoga ega bo'lishdi.
Biz g'alaba uchun maydonga tushamiz, guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olmoqchimiz. Menimcha, ularga qarshi bahs yaxshi bo'ladi, - dedi Abbos.



