Abbos Fayzullaev: "Uyimizda o'tadigan musobaqada yuqori natijaga erishib, U-20 Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz"
25 okt 2022 11:47
Yangiliklar


Abbos Fayzullaev: "Uyimizda o'tadigan musobaqada yuqori natijaga erishib, U-20 Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz"
JCHga yo'llanma beradigan U-20 Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimi oldidan O'zbekiston U-20 etakchisi Abbos Fayzullaev fikrlari bilan bo'lishdi.
"Quradan oldin barcha jamoalarning imkoniyatini teng deb hisoblayman. Lekin biz ham o'z oldimizga katta maqsad qo'yganmiz. O'z uyimizda o'tadigan musobaqada yuqori natijaga erishib, U-20 Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz", – dedi Fayzullaev.
O'zbekiston mezbon bo'lgani bois 1-savatchadan joy olgan. Quyida savatchalarni keltirib o'tamiz.
1-savatcha: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar
2-savatcha: Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya
3-savatcha: Iordaniya, Xitoy, Iroq, Vetnam
4-savatcha: Eron, Ummon, Suriya, Qirg'iz Respublikasi
Eslatib o'tamiz, qura tashlash marosimi ertaga 12:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar