So’nggi yangiliklar

00:30Ла Лига. "Барселона" "Валенсия" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  9 00:10Роналду клуб миёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  1 23:45Туркия Суперлигаси. Алиқулов ва "Ризеспор" "Адана Демирспор" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  4 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  40 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  11 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0 18:45Қозоғистон. Иброҳим Ҳалил Йўлдошев жамоаси ғалабага эришди ва жадвалда етакчига айланиб олди  2 18:30АПЛ. "Ливерпуль" янги мавсумни ишончли ғалаба билан бошлади  8

Abbos Fayzullaev: "CSKAda xodimlarning professionalizmi hayron qoldirdi". Moskva klubining yangi etakchisi bilan katta suhbat Yangiliklar

Abbos Fayzullaev: "CSKAda xodimlarning professionalizmi hayron qoldirdi". Moskva klubining yangi etakchisi bilan katta suhbat

Rossiyaning CSKA klubi yaqinda jamoaning yangi o'yinchisi Abbosbek Fayzullaevdan katta intervyu oldi.


— Bolaliging qanday o'tgan?

— Men Sirdaryodagi kichik shaharchada tug'ilganman. Qig'izi, shahar nomini o'zbek tilidan tarjima qilsangiz, u "sohillar shahri" deb nomlanadi, ammo u erda sohillar yo'q! Nega bunday nomlanganini hech qachon tushunmaganman. O'n yoshimgacha o'sha erda yashaganman. So'ngra tog'am meni Toshkentga olib kelgan va "Paxtakor"da kelib qolganman.

— Toshkentga ota-onangsiz ketganmisan?

— Ha, tog'amning oilasida yashaganman va shaharga kelgan paytim haligacha o'sha erda yashayman. Uning bolalari mening ukalarimdir.

— Ota-onadan ajralish qiyin bo'lganmi?

— To'g'risini aytsam — juda qiyin. Hammomga kirib yig'lardim, sababi ularni juda ham sog'inardim. Ammo, tog'amning oilasi meni juda iliq kutib olgan, men ular bilan haqiqatdan ham baxtli edim. Biz aka-ukalar bitta uyda o'sganmiz va ularni ikkinchi oilam deb hisoblayman.

— Bitta xonadonda ko'p inson yashaganmisiz?

— Jami besh nafar — mendan tashqari yana uch bola va bitta qiz. Bizda doim qiziqarli bo'lgan. To'rtinchi qavatda yashardik. Tog'am xotini bilan Sirdaryoga ketganda o'zimiz qolardik va birdan futbol o'ynashni boshlardik. Bir qavat pastda bir buvi yashardik, u doim bizning ustimizdan arz qilardi (kuladi).

— Derazalar yoki qandillarni sindirganmisiz?

— Bo'lgan (kuladi).

— Futbolga qanday kirib kelding?

— Bolalikda futboldan boshqa hech narsaga qiziqmaganman. O'zimni tanirkanman, doim to'p bilan yurganman. Bolalar bog'chasidayoq o'ynashni boshlaganman. Uyimiz atrofida esa chuqur bor edi, unda futbol maydoni joylashgandi va biz bolalar bilan ertalabdan kechgacha to'p ortidan quvlardik. Yonimizda maktab joylashgandi, o'quvchilar ham darslarini tugatib bizga qo'shilishardi. Hatto otam ham ishdan keyin biz bilan o'ynardi va darvozaga turardi. Uning atayin gol urish qiyin bo'lishi uchun kichik darvoza qo'yganini hali ham eslayman.

— Sening shahringda futbol bo'yicha maxsus ixtisoslashgan sekciyalar bormidi yoki faqatgina Toshkentda professional shug'ullanding?

— Etti yoshimdan to'qqiz yoshgacha Sirdaryoda shug'ullanganman, Ibrohim Ummatov ilk murabbiyim. Ammo, barchamizning yoshimiz har xil bo'lgan, barcha ketma-ket o'ynardi — tengqurlarim ham, o'zimdan besh yosh kattalar ham. Hatto turnirlarda ham ishtirok etganmiz.

Bir marta Sirdaryoga yaqin bo'lgan viloyatdagi shahar Yangierga o'yin uchun borganmiz. U erda kuchli futbol akademiyasi bor edi, ko'plab yaxshi o'yinchilar o'sha erdan chiqishgan. O'sha o'yindagi barcha mendan katta edi, men esa ikki taymda yaxshi o'ynadim va yakunda keyingi yili meni o'sha erga chaqirishdi. Taklif qilishganidan juda ham mamnun bo'ldim. Ammo, rejalar birdan o'zgarib ketdi va men "Paxtakor"ga o'tdim. Bu yaxshilikka bo'lgan deb o'ylayman.

— Yakunda u erga qanday borib qolganing haqida gapirib ber.

— To'g'risini aytsam, barcha jarayonlarni bilmayman. O'shanda qish bo'lgani va qattiq qor yog'ganini eslayman. Kunlardan birida otam kutilmaganda shunday dedi: "Uch kundan so'ng Toshkentga boramiz. Seni "Paxtakor"ga chaqirishdi. O'shanda shokka tushganman. Birdan internetda topgan fintimni o'zlashtirishga tushdim.

Ikki haftalik ko'rikdan so'ng men qaytarib yuborishmoqchi ekanligini to'satdan eshitib qoldim. Ammo, murabbiy fikridan qaytdi va meni o'rtoqlik o'yinida sinab ko'rishga qaror qildi. Men esa ishga tushdim va biz 6:0 hisobida g'alaba qozondik, men esa beshta to'p kiritdim. SHundan so'ng meni qoldirishdi.

U erda mening murabbiyim taniqli futbolchi Mixail Anning o'g'li Dmitriy An bo'lgan. Fursatdan foydalanib meni o'stirishgani va hozirgi darajamga kelishda yordam bergani uchun unga va Ibrohim Ummatovga katta rahmat aytmoqchiman.

— Ota-onang futboldagi yo'lingda yordam berishganmi?

— Onam professional o'yinchi bo'lishimni xohlamagan. U bu yo'l juda qiyin bo'lishini tushungan va sog'ligim uchun juda xavotirlangan. Har qaysi futbolchi har bir o'yinda oyog'iga zarbalar oladi va men ham istisno emasman. SHu sabab onam doim har bir o'yindan so'ng qo'ng'iroq qilib o'zimni qanday his qilayotganim, jarohat olgan yoki olmaganimni so'raydi.

Aynan shu sababli u futbolga borishimni xohlamagan. Ammo, men qaysarman va doim o'ynashni xohlaganman. Otamga rahmat, u barchasida menga yordam bergan. Biz bolaligimdan birgalikda turli musobaqalarni ko'rganmiz va o'ynaganiz. 2010 yilgi Jahon chempionati ochilish o'yini yaxshi esimda qolgan, o'shanda uchrashuvni hamyurtimiz Ravshan Irmatov boshqarib borgan.



— Ota-onang kim bo'lib ishlashadi?

— Otam uyimizda joylashgan dorixonada ishlaydi, onam esa uy bekasi.

— Ularni Moskvaga olib kelishni rejalashtirmayapsanmi?

— Yo'q, ular xohlashmaydi. Ular o'z shahrimizda o'zlarini juda qulay his qilishadi, shu sabab yashash uchun hatto Toshkentni ham ko'rib chiqishmaydi. Sirdaryoda ko'plab tanishlar va yaqinlarimiz bor, bu ular uchun muhim.

Ammo, ular yaqinda bu erga kelishdi, onam "Krilya" bilan o'yinda, otam esa "Zenit"da bo'lishdi. Ketma-ket kelishga qaror qilishdi.

— Bolalikdagi kumiring kim bo'lgan?

— Leo Messi. Uni nafaqat o'yinchi sifatida, balki inson sifatida ham juda hurmat qilaman. U chetdan kamtar va juda xotirjam ko'rinadi. U kabi bo'lishga harakat qilaman. Agar klub haqida gapirsak, "Barselona"ni qo'llab-quvvatlayman, deyarli har bir o'yinni ko'raman. Mening poziciyamda o'ynaydigan o'yinchilardan o'zim uchun nimadir olishga harakat qilaman.

— O'zbekistonda mashhur bo'lganingni his qilasanmi?

— Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan so'ng ko'plar taniydigan va uyga keladigan bo'lishdi. Ammo, to'g'risini aytsam, u erda kam bo'laman (kuladi). Ammo, sababi bu emas, shunchaki taqvim tig'iz.

— Kelganingdan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni o'zbekistonliklar portlatishyapti. Sen ishtirokingdagi har qanday postga minglab vatandoshlaring izoh qoldirishyapti. Nega bunday ekanligini tushuntira olasanmi?

— Bizda doim shunday! Ular xorijda o'ynayotgan barchani kuzatishadi, ijtimoiy tarmoqlarda va shaxsiyda doim faol bo'lishadi. Bu bizning qonimizda borga o'xshaydi.

— Sen eslab o'tgan murabbiying Dmitriy An seni shunday tariflagandi: "Agar unga qattiq baqirsa xafa qilib qo'yish mumkin, shu sabab unga ko'proq qo'llab-quvvatlash bilan murojaat qilish kerak. U baqirish mumkin bo'lmagan o'yinchilardan, keyin u maydonga chiqadi va barchani yo'q qiladi". Vaqt o'tishi bilan bu o'zgardimi?

— Bolaligimda shunday bo'lganman, ammo vaqt o'tishi bilan o'zgardi. Dmitriy Mixaylovich menga ko'p bor baqirgan deylik. Bir marta undan xafa bo'lganman va bu o'yinimda aks etgan. O'sha vaziyatni tezda his qilganim va o'z shijoatimni o'zgartira olganim yaxshi bo'lgan. Agar xafa bo'lsam yomon o'ynayman. Hozirda har qanday bo'lmasin, tanqidni to'g'ri tushunaman va xafa bo'lmayman.

— O'zbekiston va Rossiya chempionatlari o'rtasida qanday muhim farqlarni ko'rding?

— Futbol vatanimda ko'proq texnikaga asoslangan deb o'ylayman, ko'plab jamoalardagi o'yin qisqa paslar orqali quriladi. Rossiya chempionati ko'proq kuchga asoslangan, bu erda maydonning har bir qarich erida ko'p kurashni ko'rish mumkin. Agar kuch haqida gapirsak, albatta, RPL kuchli, jumladan intensivlik bo'yicha ham.

— Bizda ko'plab kuchga asoslangan kurashlarni qayd etib to'g'ri aytding. Gavdangni hisobga olganda senga bu erda qanchalik qiyin?

— Ilk o'yinlar men uchun juda noodatiy bo'ldi, ammo hozirda barchasi yaxshi. Men kurashga borishdan va to'qnashuvlardan qo'rqmayman.

— CSKA PFKga o'tishda seni nima hayron qoldirdi?

— Odamlarning ishga bo'lgan juda professional munosabati. Xodimlar ham "Paxtakor"dan ko'ra ko'proq.

— Xodimlarimizning professionalizmi nimalarda namoyon bo'ladi?

— Turli mayda narsalarga ko'proq etibor berishadi. Menga ko'p qayg'urayotganlarini his qilyapman.

— Jamoada kimlar bilan do'stlashding?

— Ko'p vaqtimni Davila, Sasha Zdelar va yosh o'yinchilar bilan o'tkazaman. Jamoaga tezroq ko'nikish uchun barcha bilan gaplashishga harakat qilyapman. Bu erdagi yigitlar juda yaxshi va meni ajoyib kutib olishdi. Baxaga alohida rahmat aytmoqchiman, u ilk kunlarda menga juda katta yordam berdi va barcha bilan tanishtirdi. Biz hozir ham u bilan gaplashamiz, u Turkiyaga ko'nikmoqda, unga yana biroz vaqt kerak.



— Davila bilan qaysi tilda gaplashasan?

— Ingliz tilida gaplashishga harakat qilamiz, u hozirda aynan ushbu tilni o'rganish bilan shug'ullanmoqda. Ammo, ko'proq tarjimon orqali.

— Sening to'rtta tilni bilishing haqida yozishgandi. Bu rostmi?

— Yo'q, hozir faqat uchta — rus, o'zbek va ingliz. Ammo, asta-sekin ispan tilini o'rganishni boshlayapman, Vitadan (Davila) tez-tez ayrim so'zlarni so'rayapman. Hozircha repetitorsiz shug'ullanyapman, ammo tez orada til bilan chuqurroq shug'ullanaman deb o'ylayman.

— Ingliz tilini qachon o'rganishga ulgurding?

— Taxminan uch-to'rt oy oldin repetitor bilan shug'ullandim. Tog'am tilni juda yaxshi biladi, u tadbirkor va Amerikada o'qigan. SHu sabab uning bolalari ham ajoyib gaplashishadi, biz hatto uyda ham bir-birimiz bilan ingliz tilida gaplashganmiz.

— O'zingdagi qaysi sifatlarni kuchli deb hisoblaysan.

— Qatiyat va til topishib ketish.

— O'zingdagi nimani o'zgartirishni yoki kuchaytirishni xohlarding?

— Jismoniy jihatdan kuchliroq bo'lishni va yana ko'proq tillarni o'rganishni xohlayman.

— Maydondan tashqarida qanaqa xobbilaring bor?

— SHahar bo'ylab sayr qilish, do'stlarim bilan bog'ga borish, pleysteyshn o'ynash, shuningdek seriallar ko'rish. Oxirgisidan Bekxem haqida hujjatli film ko'rdim, juda ham yoqdi! Uni jahon chempionatidan so'ng qattiq tanqid qilishgani va uning bunday bosimga dosh bera olgani hayron qoldirdi. Uning yanada ham muxlisi bo'ldim.

— CSKA PFKdagi ilk oylaring qanday o'tganidan qoniqdingmi?

— Ha, ammo o'z golli uzatmalarim va gollarim bilan jamoaga yanada ko'proq foyda keltirishni xohlayman. SHeriklarim bilan o'zaro tushunish yaxshilanayotganini his qilyapman va maydonda bir-birimizni ko'proq tushunyapmiz.


Pavel Gurevich suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика