A Seriyaning markaziy o'yini muxlislarsiz o'tishi mumkin
24 fev 2020 20:28
Yangiliklar
A Seriyaning markaziy o'yini muxlislarsiz o'tishi mumkin
1 mart kuni "Yuventus" - "Inter" uchrashuvi bilan birgalikda boshqa shaharlardagi "Udineze" – "Fiorentina", "Milan" – "Jenoa", "Sassuolo" – "Breshiya" va "Parma" – SPAL bahslariga ham muxlislar kiritilmasligi kutilmoqda. SHuningdek, 4 va 5 mart kunlari Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi "Yuventus" - "Milan" hamda "Napoli" - "Inter" o'yinlarida ham tribunalar bo'm-bo'sh bo'lishi kutilmoqda.
A Seriya prezidenti Paolo Pino barcha klublarga bu borada rasman murojaat yuborib bo'lgan.
O'yinlarning muxlislarsiz o'tishi borasidagi g'oya Italiya sog'liqni saqlash vaziri Valter Rikkyardi tomonidan berilgan.
"Birinchi navbatda odamlar gavjum bo'lib qolmasligini taminlashimiz kerak. Stadionlarda odamlar bir-birlariga yaqin bo'lishadi. O'yinlar bo'sh tribunalar ostida kechishi esa anchagina yaxshi holat", - dedi Valter Rikkyardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar