So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  118 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  1 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

A Seriya. "Yuventus" 3 ta to'p farqi bilan g'alaba qozondi va 5-o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" 3 ta to'p farqi bilan g'alaba qozondi va 5-o'ringa ko'tarildi

Italiya chempionati 15-turidan o'rin olgan "Yuventus" hamda "Udineze" o'rtasidagi bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Yuventus – Udineze 4:1 

«Alyanc Stedium»

Gollar: Ronaldu 31', 70', Keza 50' – Zegelar 90'

Yuventus – SHensni, Danilo, Bonuchchi (Kellini, 83), de Ligt, Aleks Sandro (Frabotta, 83), Makkenni (Artur, 65), Remzi (Kulusevski, 74), Bentankur, Keza (Bernardeski, 74), Dibala, Ronaldu.

Udineze – Musso, Larsen, Bonifaci, De Mayo (Lusero, 64), Zegelar, Pereyra (Mandragora, 74), de Paul, Pussetto (Foresteri, 46), Uolas (Makengo, 81), Samir, Lazanya (Nestorovski, 74).

Ogohlantirish: Keza (8)., Makkenni (33), de Ligt (64)


Bahs yakunlandi. "Yuventus" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dibala hisobni o'zgartirdi – 4:1! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Zegelar hisobni qisqartirdi – 3:1!

88. Danilo o'ng qanotda ikki raqibini ortda qoldirib, Dibala tomon pas uzatdi, argentinalik zarba berdi, ammo noaniq.

86. "Udineze" hisobni qisqartirishga harakit qilmoqda, ammo faqat de Paul va Nestorovskining intilishi bunga kamlik qiladi.

84. De Paul darhol Frabottani yopdi va Nestorovski tomon pas uzatdi.

83. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Bonuchchi o'rniga Kellini, Sandro o'rniga Frabotta tushirildi. 

81. "Udineze"da almashtirish: Uolas o'rniga Makengo o'yinga qo'shildi. 

79. Andrea Pirlo shogirdlari to'pni "Udineze"ga hadya qilmoqda, biroq mehmonlar charchab qolishgan. 

77. Bernardeski chapdan Kulusevski tomon pas berdi. SHveciyalik yarim himoyachi uzoq vaqt o'ylanib qoldi va Samirga to'pni oldirdi.

76. Zegelar chapda Sandroni chalg'itib, uzatmani amalga oshirdi. Markaziy hujumchi poziciyasida Samir paydo bo'ldi, biroq SHensni o'z o'rnida. 

74. "Udineze"da 2 ta o'zgarish: Pereyra o'rniga Mandragora, Lazanya o'rniga Nestorovski tushdi. 

74. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Keza o'rniga Bernardeski, Remzi o'rniga Kulusevski tushirildi.

73. Uuuuxx!  "Udineze" vakillarining ketma-ket zarbalarini darvoza to'sini va himoyachilar bartaraf etishdi, Zegelar, Lazanya gol urishlari mumkin edi. 

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Ronuldu hisobni yiriklashtirdi – 3:0! 

67. Rodrigo de Paul o'ng qanotdan markazga ko'chdi. U Sandroni aldadi va zarba yo'lladi, noaniq.

65. "Yuventus"da o'zgarish: Makkenni o'rniga Artur maydonga tushdi.

64. "Udineze"da almashtirish: De Mayo o'rniga Lusero tushdi. 

64. De Ligt de Paulga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatdi va sariq oldi. 

62. Dibala burchakdan to'pni Bonuchchi tomon oshirib berdi. "Yuventus" sardorining zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi. 

59. Turinliklar burchak to'pini o'yinga kiritishdi. To'p Kezaga qadar etib keldi, uning 30 metrdan yo'llagan zarbasi kuchli chiqdi, ammo yo'l-yo'lakay Samirga tegdi, yana bir burchak to'pi.

57. Zarbaaa!  Pereyraning uzatmasidan keyin Larsen bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegdi.  

56. Ronaldu Dibalaga chiroyli pas berdi, Dibala tushunarsiz harakatni amalga oshirib, to'pni de Mayoga sovg'a qildi. Ha, Paulo yomoni formada.

54. Uchinchi gol VARda tekshirildi va bekor qilindi. To'p Remzining qo'liga tekkan. 

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Remzi qulay vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0! 

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Keza hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi! 

48. Zarba!  Kezaning zarbasi to'g'ri Mussoning qo'liga kelib tushdi.

46. "Udineze"da o'zgarish: Pussetto o'rniga Foresteri o'yinni davom ettiradi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+1. "Udineze" birinchi taym oxirida vaziyat tashkil jtishga harakat qilyapti, ammo de Paulga kimga pas berishni bilmayapti, ochiq o'yinchi yo'q. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

45. Pusetto jarohat olgan holda maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

43. Argentinaliklar de Paul va Pussetto o'ng qanotda nimadir tashkil etishga urindi, ammo "Yuventus" himoyachilari ularning o'yinlarini oldindan o'qiy olishdi.

40. Pereyra Lazanyaning teziligiga ishonib, erlatib pas berdi, ammo sherigi uni tushunmay qoldi. 

39. Mezbonlar bosim uyushtirishmoqda va bundan tashqari, yuqori pressing ko'rsatilyapti, Dibala de Paulga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi.

37. Zarbaaa!  Remzining zarbasidan keyin Musso seyv namoyish etdi. 

35. Zegelar Kezani yiqitdi, jarima to'pi belgilandi. 

33. Samirga nisbatan qo'pol o'ynagan Makkenni sariq kartochka oldi. 

32. Qanday vaziyat!  Lazanya qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. Yaqin masofadan yo'llangan zarba SHensni tomonidan egallab olindi. 

31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Ronaldu!  Remzi de Pauldan to'pni olib qo'yib, Ronalduni oldinga boshladi, Krishtianu esa ishonch bilan oldinga bordi va hisobni ochdi – 1:0!  

29. Burchak zarbasidan so'ng Bonuchchi va de Paul o'zaro kurash olib borishdi. "Yuventus" sardori fint namoyish etmoqchi bo'ldi, biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.

27. Danilo xatoga yo'l qo'ydi va Pussettoni to'p bilan taminladi. Argentinalik shoshib qoldi va noto'g'ri uzatmani ko'rsatdi.

26. Luka Gotti bugun "shinam avtobus"ni qo'yibdi. Turinliklar hozircha unga kalit topa bilishmadi. "Udineze" to'psiz izini qulay his etyapti. Pirlo maydon chetida jahl otiga mina boshladi. 

24. Sandro chap qanotda Kezadan to'pni qabul qilib oldi. Braziliyalikning ichkariga oshirgan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. 

23. Zarba!  Dibalaning jarimadan yo'llagan zarbasi rikoshet orqali kuchsiz zarbaga aylanib ketdi va Mussoga hach qanday qiyinchilik tug'dirmadi. 

21. Aleks Sndroning havolatib amalga oshirgan uzatmasi hech kimga tegmasdan o'tib ketdi.

19. Remzi raqib posboni Mussoga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. 

18. Keza pas berishga urindi, uning pasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

16. Kevin Lazanya tomon yana bir uzatma. "Udineze" forvarda ancha kechikdi, uni tajriali Bonuchchi ortda qoldirdi.

14. Mehmonlar "Yuventus" himoyachilarini xato qilishga majbur qilishda davom etishmoqda. Uolas Lazanyaning yo'liga pas berdi, biroq u ofsaydda edi.

12. Gol VARda tekshirildi va inobatga olinmadi. De Paul sal oldingi vaziyatda to'pni qo'li bilan o'ynagani tufayli gol bekor qilindi. 

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Lazanyaning qulay pasini De Paul golga aylantirdi! 

9.  De Paulning uzatmasidan so'ng Pussetto bosh bilan zarba berdi, SHensni qiynalib bo'lsa-da, uni qaytara oldi. 

8. Keza qarshi hujuiga o'tib ketayotgan Lazanyani qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va ogohlantirildi.

7. Zarbaa!  Keazning uzatmasidan so'ng Remzi yaqin masofadan zarba berdi, darvozabon qaytardi. 

5. De Mayo Dibalaga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan jiddiy ravishda ogohlantirildi. 

4. Zarbaaa!  Ronaldu bir nechta raqibni aldab o'tib, o'ng oyog'ida zarba yo'lladi, sal noaniq. 

2. Morata jarohati bois bugungi o'yinni o'tkazib yubormoqda, bu "Yuve" uchun sezilarli yo'qotish, chunki Dibala so'nggi paytlarda yaxshi sport formada emas. 

1. O'yinga start berildi! 

- Diqqat qilamiz, futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar 

"Yuve" "Alyanc Stedium"da

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 15-turida "Yuventus" va "Udineze" o'rtasidagi to'qnashuv guvohiga aylanamiz.  Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика