So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  6 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  40 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

A Seriya. Ronaldu penaltidan gol ura olmagan bo'lsada, "Yuventus" chempionlikni qo'lga kiritdi Yangiliklar

A Seriya. Ronaldu penaltidan gol ura olmagan bo'lsada, "Yuventus" chempionlikni qo'lga kiritdi

Italiya chempionati 36-tur eng muhim uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


SHu tariqa, "Yuventus" qatorasiga 9-marta chempionlikni qo'lga kiritdi!

Bo'ldi, xakam burchak to'pi tepib nima qilasiz, bari-bir chempion bo'lib bo'ldingizku dedi. "Yuventus" rasman Italiya chempioni!

QOYIL! Ketma-ket to'rtta imkoniyat bo'lishiga qaramay, to'p "Sampdoriya" darvozasiga kirishni istamadi. 

90+1-daqiqa. "Yuventus" burchak to'pini amalga oshiradi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. RONALDU!!! Nuqtadan bergan kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Haaa, penalti hali gol degani emasligining yana bir isboti. 

88-daqiqa. PENALTI! Sandroga nisbatan qo'pollik uchun hakam penalti belgilamoqda. Ronaldu uchun imkoniyat! 

87-daqiqa. Gaston Ramiresning boshidagi jarohat ochilib ketdi. SHifokorlar unga yordam berishyapti. 

86-daqiqa. Rabo keyingi o'yinda dam olgisi kelganga o'xshaydi. Maydon markazidagi qo'pollikdan keyin u keraksiz joyda to'pni jaxl bilan tepib yubordi va hakamga sariq ko'rsatishdan boshqa chora qoldirmadi. 

83-daqiqa. "Sampdoriya" burchak to'pidan naf chiqara olmadi, Gaston Ramiresning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

80-daqiqa. "Sampdoriya" futbolchilari Ronalduning golidagi vaziyatni takrorlashga urinib ko'rishdi, lekin Fabio Kvalyarellaning zarbasidan keyin to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

77-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA. "Sampdoriya" bir kishi kam bo'lib qolmoqda. Morten Torsbiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi!

75-daqiqa. "Sampdoriya"ning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlanmasligini Mateys de Ligt taminladi.  

73-daqiqa. O'zgarish. Yankto o'rnini Gabbiadini egalladi.

71-daqiqa. Gol qo'yib yuborgach, "Sampdoriya" uyg'onib ketdi shekilli. Katta kuch bilan hujumga o'tdi. Ketma-ket vaziyatlar, zarbalar, lekin hozircha Voycex SHHensni na Fabio Kvalyarellaga, na Gaston Ramiresga gol urish imkonini bermadi.   

Yana "Yuve" tezlikni biroz oshirdi, Ronaldu markazga qarab yurib, zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi, lekin unga birinchi bo'lib Federiko Bernardeski etib keldi va ko'p ehtimol o'yin taqdirini hal qildi. "Yuve"ni chempionlik bilan tabriklasa bo'laverarmikin?

67-daqiqa. GOOOOOL! Bernardeski!

65-daqiqa. Yankto maydon markazida Kuadradoga qarshi qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan "mukofotlandi".

62-daqiqa. Ikkinchi bo'limni ancha faol boshlagan "Sampdoriya" yana orqaroqqa qaytib oldi. 

61-daqiqa. Tezkor qarshi hujum. Rabo to'pni Ronalduga oshirdi, Krishtianu kuchli zarba berdi, lekin darvozabon o'z o'rnida. Burchak to'pi. 

59-daqiqa. Bernardeskidan to'pni qabul qilib olgan Ronaldu chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoniga kirib, uni sheriklariga etkazib bermoqchi bo'ldi, lekin himoyachi bunga yo'l qo'ymadi.  

58-daqiqa. Iguain ham Ronaldudan nima kam joyim bor, dedi chog'i, oddiy vaziyatda to'pni raqibga sovg'a qildi. 

57-daqiqa. Bu safar Ramires o'zi boshi bilan zarba berdi, lekin kuchsiz chiqqan zarbadan keyin darvozabon to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.  

56-daqiqa. Rabo faollik ko'rsatib, to'pni olib qo'ydi va uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi.

55-daqiqa. "Sampdoriya" yana burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. 

53-daqiqa. Gaston Ramires jarimadan to'pni darvoza tomon etkazib berdi, Voycex SHHensni qiyinchilik bilan to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak to'pi. Etkazib berilgan to'p uchun kurashda yana mehmonlar futbolchisi ustunlik qildi, ammo to'p uning zarbasidan keyin darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.   

52-daqiqa. Ronaldu yana to'p oshirishda noaniq o'ynadi. Bugun Krishtianu negadir juda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda.  

50-daqiqa. To'pga egalik qilish ko'rsatkichi 60% - 40% mezbonlar foydasiga.  

49-daqiqa. Yakub Yankto maydon markaziga yaqin joyda Ronalduga nisbatan qo'pol o'ynadi. Jarimadan uzatilgan to'pga Iguain qanchalik harakat qilmasin, eta olmadi.

48-daqiqa. Yaxshi vaziyat bo'lishi mumkin edi, lekin Ronaldu to'pni o'ng qanotdan kelayotgan Bernardeskiga etkazishda xatoga yo'l qo'ydi.  

47-daqiqa. To'pni olib qo'yib, oldinga oshiqqan Kuadradoga nisbatan qo'pollik qayd etildi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Iguain maydon markazidan to'pni sherigiga oshirib berdi. Oldinga etkazib berilgan to'pni mehmonlar himoyachilari egallab olishdi.  

Avvalroq, saytimizda o'qidingizmi yoki yo'q "Sarri bugun A Seriya rekordini o'rnatishi mumkin".

Hakamning hushtagi chalindi. "Yuventus" futbolchilari golni nishonlagancha tanaffusga chiqib ketishdi.

Jarima zarbasini bu safar Pyanich amalga oshirdi va ko'pchilik uchun kutilmaganda uzoqroq burchakda turgan Ronalduga to'pni etkazib berdi va Krishtianu mo'ljalda adashmadi!

45+6-daqiqa. GOOOOOOOOOL! RONALDU!  

45+5-daqiqa. Rabo to'p bilan oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga kirib ketayotganini ko'rgan raqib uni futbolkasidan tortib to'xtatdi. 

45+3-daqiqa. Bernardeski zarbani amalga oshirdi, lekin noaniq. 

45+2-daqiqa. "Yuventus" futbolchilarining kombinaciyasi yaxshi ketayotgandi, ammo himoyachi Bernardeskiga nisbatan qoidani buzdi. Jarima zarbasi, to'p oldida Ronaldu va Bernardeski. 

45+1-daqiqa. "Sampdoriya"ning kam sonli hujumlaridan biri, jarima zarbasidan keyin zarba berildi, lekin to'p ancha noaniq yo'nalishda ketdi. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Pyanich to'pni olib qo'ydi va oldinroqda turgan Ronalduga etkazdi, u Bernardeskini ko'rdi, Fedening zarbasi kuchli chiqdi, lekin darvozabon barchasini nazorat qilayotgandi.  

Bo' o'yin natijasi o'zi uchun muhim bo'lmagan "Sampdoriya" futbolchilari o'zlarini hech ham ayab o'ynashmayapti. 

41-daqiqa. Ronaldu adashmasam birinchi bo'limda maydondagi barcha futbolchilardan ko'proq zarba berdi, har holda shunga harakat qildi. Hozir yana bir bor portugaliyalik futbolchi qanotdan markazga o'tib bordi va kuchli zarba berishga muvaffaq bo'ldi, lekin to'p darvozadan balandroq o'tib ketdi.  

40-daqiqa. Ana xolooooos. Yana bir o'zgarish. Paulo Dibala o'yinni davom ettira olmaydi, Iguain uning o'rnini egalladi.  

38-daqiqa. Yankto qanotda Kuadradoni ortda qoldirdi, jarima maydoniga kirib borib to'pni Kualyarellaga aniq etkazdi, hujumchi ham zarba berdi, ammo kuchsiz...   

35-daqiqa. Hech ham qarimaydigan Kualyarella uzoq masofadan zarba berdi, ammo SHensni o'z o'rnida. 

33-daqiqa. Ronaldu yana bir raqibini "bosib o'tib ketdi", hujum davom etdi, ammo keyingi to'p oshirishida xatoga yo'l qo'yildi. 

32-daqiqa. "Sampdoriya" hozircha o'zi ham oldinda bir nima yaratolmayapti, raqibiga ham imkon bermayapti.

30-daqiqa. O'yinning uchdan bir qismi ortda qoldi, "Yuventus" hozircha gol ura olmadi. Rostini aytadigan bo'lsak, chinakamiga xavfli vaziyat ham yarata olmadi.   

29-daqiqa. "Yuventus" safida o'zgarish. Danilo o'yinni davom ettira olmadi. Federiko Bernardeski o'yinga qo'shildi. 

26-daqiqa. Vaziyatdan foydalangan holda bosh hakam qolgan futbolchilar ham nafaslarini rostlab, suv ichib olishlari mumkinligini malum qildi.  

25-daqiqa. "Yuve" jarima maydonchasi ichida to'qnashuv. Endi Gaston Ramires raqibi Daniloni "nokdaun" holatiga tushirib qo'ydi. 

24-daqiqa. Ronaldu gol urishni doim ham istaydi, u to'xtamaydi, natija qanday bo'lsa ham u ko'prog'iga intiladi, ammo bugun bu ishtiyoq ikki hissa bo'lsa ajab emas. 

22-daqiqa. O'zgarish! Mehmonlar himoyachisi Ronaldu bilan to'qnashuvdan keyin o'ziga kela olmadi chog'i. Yulian SHabo o'rnini Mexdi Leris egalladi.  

22-daqiqa. Yana Ronalduga uzatma, ammo u to'xtab qolgandi va to'pga eta olmadi. 

20-daqiqa. Himoyachining ajoyib uzatmasidan keyin hujum chap qanotdan davom etdi, Ronaldu yana "uchishni" amalga oshirib, to'pga eta oldi, ammo zarbasi u qadar kuchli chiqmadi va qo'shimchasiga, hakam qoida buzilganini qayd etdi.  

17-daqiqa. "Yuventus" tezkor gol ura olmagach, endi shoshilmay to'pni u qanotdan, bu qanotga etkazib berib, raqib himoyada sustkashlikka yo'l qo'yishini kutmoqda.

Bu yigitni tanidingizmi?

15-daqiqa. Mehmonlar o'yindagi birinchi burchak to'pini o'yinga kiritdi, xavfni bartaraf etishda Ronaldu va Dibala faollik ko'rsatdi. 

14-daqiqa. "Sampdoriya" chap qanotdan hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin son jihatdan ko'proq bo'lgan himoyachilar to'pni olib qo'yishdi.  

11-daqiqa. "Sampdoriya" himoyachisi jarohat olib maydonda yotibdi va shifokorlarsiz ish bitmasligini malum qildi. 

10-daqiqa. To'pni olib qo'ygan "Yuve" tezda hujumga o'tdi va Rabo to'pni Ronalduga etkazib berdi, lekin Krishtianu bu safar ham to'pni darvozaga yo'llay olmadi. 

Ko'pchilik muxlislarni o'yin natijasidan tashqari, Ronaldu gol ura oladimi, nechta gol uradi degan savol qiziqtirayotgani haqiqat. Ko'ramiz, bugun asrimizning eng kuchli futbolchilaridan biri niyatiga eta olarmikin?

8-daqiqa. "Sampdoriya" o'yinni o'z darvozasidan biroz uzoqlashtira oldi va tobora ko'proq to'p bilan muomala qilmoqda.

"Yuventus" futbolchilari o'yindan avval golni nishonlashni takrorlab olishdi chog'i.

5-daqiqa. Yana Ronaldu. Bu safar CR7 zarba berdi, ammo noaniq. SHu bilan birga yordamchi hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

4-daqiqa. Kutilganidek, tashabbus "Yuve" tomonida, mehmonlar kam sonli imkoniyatlarini kutib, ulardan unumli foydalanishga harakat qiladigandek tasavvur uyg'otmoqda. Ular asosan qarshi hudum orqali omadlarini izlashsa ajab emas.

2-daqiqa. Tezkor hujum, Dibala to'pni qabul qilgani hamonoq qulayroq vaziyatda turgan Ronalduga etkazdi, ammo portugaliyalik darvozaga zarba berib ulgurmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi, ammo "Yuventus" futbolchilari to'pni tezda olib qo'yishga erishdi.

Ikki sardor va bosh hakam o'yinni kim boshlashi, qaysi jamoa birinchi bo'limda qaysi darvozani qo'riqlashini hal qilib  olishdi. 

Ronaldu singari chuqur nafas olib, qulay joylashib olamiz va o'yinni miriqib tomosha qilamiz. 

Har ikki jamoa maydonga tushib keldi. 

Hakam o'zini oldinda muhim 90 daqiqa kutib turganini tushungan holda, jiddiy nigohlari bilan futbolchilarni qarshi oldi. 

Zaxira futbolchilari o'z joylarini egallashmoqda. Ularning aksariyatining kayfiyati yaxshi.  

TOP-5 chempionatlari ichida faqatgina Italiya chempioni nomi hali malum emas. "Yuventus" variantini chempionat hali boshlanmasidan oldin ham aytish mumkin edi, ammo bugun biz birgalikda nafaqat chiroyli o'yin, balki chempionlik o'yinini ko'rishimiz ham haqiqatga juda yaqin. Har holda avvalgi turda turinliklar omadsizlikka uchraganini muxlis va mutaxassislar chempionlikni uy uchrashuviga qoldirish bilan izohlashdi. Amalda qanday bo'larkin, ko'ramiz. 

Asosiy savol: "Yuventus" bugun chempion bo'la oladimi? Buning uchun Sarri shogirdlari g'alaba qozonsa etarli. CHempionlik sovrinidan jamoani bittagina g'alaba ajratib turibdi. 


YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

Yuventus – Sampdoriya

27 iyul, 00.45, «Alyanc Stedium»

Yuventus: SHesniy, Danilo, Bonuchchi, De Ligt, Aleks Sandro, Pyanich, Rabo, Matyuidi, Kuadrado, Ronaldu, Dibala.

Sampdoriya – Audero, Tonelli, SHabo, Audjello, Depaoli, Yankto, Torsbyu, Ramires, Linetti, Yosida, Kualyarella.

Juventus

Cristiano Ronaldo - 45', Federico Bernardeschi - 67'

Serie A . 36-tur

27/07/2020, 00:45

0
:
2
Tugadi

Sampdoria

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Francesco Fourneau

45'
90'
29'  Danilo (Federico Bernardeschi)
40'  Paulo Dybala (Gonzalo Higuain)
45'  Miralem Pjanic
45'  Cristiano Ronaldo
45'  Miralem Pjanic
67'  Federico Bernardeschi
69'  Federico Bernardeschi
78'  Matthijs de Ligt (Daniele Rugani)
78'  Miralem Pjanic (Rodrigo Bentancur)
80'  Juan Cuadrado
86'  Adrien Rabiot
89'  Cristiano Ronaldo
22'  Jeff Chabot (Mehdi Leris)
45'  Morten Thorsby
45'  Lorenzo Tonelli
66'  Jakub Jankto
74'  Jakub Jankto (Manolo Gabbiadini)
77'  Morten Thorsby
88'  Fabio Depaoli
90'  Gaston Ramirez (Gonzalo Maroni)

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика