So’nggi yangiliklar

01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  1 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1

A Seriya. "Roma" Veneciyada mag'lubiyatga uchradi, SHomurodovdan gol + assist! Yangiliklar

A Seriya. "Roma" Veneciyada mag'lubiyatga uchradi, SHomurodovdan gol + assist!

Italiya chempionati 12-turidan o'rin olgan bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Veneciya – Roma 3:2 

«Perluiji Penco»

Gollar: Kaldara 3', Aramu penalti 65', Okereke 74' – SHomurodov 43', Abraxam 45+2'

Veneciya – Romero, Maccokki (Ebyuexi, 77), Kaldara, CHekkaroni, Xaps, CHrnigoy (Sigurdsson, 46), Ampadu, Buzio, Kiyin (Modolo, 70), Aramu (Tessmann, 77), Okereke (Anri, 89).

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Zalevski, 83), Manchini, Kumbula (Peres, 66), Rojer, Veretu, Kristante, Pellegrini, SHomurodov (Mayoral, 83), Abraxam, El-SHaaravi (Zanolo, 77).

Ogohlantirishlar: Manchini (16), Kiyin (47), Abraxam (79), Romero (90+5).

Bahs yakunlandi! SHu tariqa, uchrashuvda veneciyaliklar rimliklar ustidan g'alaba qozonishdi. Biz uchun quvonarlisi esa Eldor SHomurodov gol va golli uzatma muallifiga aylangani bo'ldi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov edi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+5. Serxio Romero vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

90+2. Lorenco Pellegrini burchak zarbasidan to'pni aylantirgan holda ichkariga uzatdi, ammo sheriklari ikkinchi qavatda muvaffaqiyatli o'ynay olishmadi.

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Uuuux!  Dahshat!  Qanotdan uzatilgan pasdan so'ng Anrining zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydondan chiqib ketdi. "Veneciya"ning qarshi hujumi qo'rqinchli ko'rinish oldi.

89. "Veneciya"da o'zgarish: Okereke o'rniga Anri tushdi.

88. Rimliklar katta kuch bilan oldinga intilishmoqda. Bu esa samara keltirgani yo'q.

86. Nikola Zalevski to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. Jarima maydoni ichida kechgan kurashdan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga erishishdi.

83. "Roma"da 2 ta o'zgarish: SHomurodov o'rniga Mayoral, Karsdorp o'rniga Zalevski tushirildi. 

82. Janluka Manchini sheriklarini topishda qiynaldi. Uning uzatmasidan so'ng to'p maydonni tark etdi. Raqib posboni to'pni o'yinga kiritadi.

79. Abraxam Sigurdssonga nisbatan qo'pollik ishlatdi hamda ogohlantirish oldi.

77. "Veneciya"da 2 ta almashtirish: Aramu o'rniga Tessmann, Maccokki o'rniga Ebyuexi maydonga tushdi.

77. "Roma"da o'zgarish: El-SHaaravi o'rniga Zanolo o'yinni davom ettiradi.

76. VAR golni tekshirdi va u hisobga olindi.

74. GOOOOOOOL!  Okereke birga-bir holatga chiqib borib, Ruy Patrisiuni ojiz qoldirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 3:2! 

73. Uuuuux!  Abraxamning aylanma zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. Qanday vaziyat, eh...

71. Lorenco Pellegrini katta tezlik bilan oldinga bordi va burchak to'pi ishladi. Burchak zarbasidan keyin esa Romero to'pga ega chiqdi.

70. "Veneciya"da o'zgarish: Kiyin o'rniga Modolo o'yinni davom ettiradi.

66. "Roma"da almashtirish: Kumbula o'rniga Peres tushdi. 

65. GOOOOOL!  Aramu penaltini golga aylantirib, muvozanatni tikladi – 2:2! 

64. Penalti!  Hakam "Veneciya" foydasiga 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Kristante Kalbdaragi nisbatan qoidani buzdi.  

61. Kiyin olis masofadan darvozani ishg'ol etishga urindi. Ammo zarba noaniq ko'rinish oldi.

58. Temmi Abraxam himoyachidan o'zib ketish niyatida to'p tomon intildi, ammo qoidani buzib qo'ydi. Hakam hujumda qo'pollik ishlatildi deb topdi.

56. Eldor SHomurodov bugun avjida!  O'zbekiston terma jamoasi sardorining qulay pasidan keyin markazda turgan Stefan El-SHaaravi zarba yo'lladi, darvozabon gol bo'lishiga to'sqinlik qildi.

55. Rik Karsdorp qanot orqali markaz tomon ajoyib pas uzatdi. Biroq himoyachilardan biri to'pni uzoqlashtirdi.

53. "Roma" to'pni o'zida sag'qlagan holda, raqib xatosini kutmoqda.

51. Zarba!  Lorenco Pellegrinining zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

49. Uuuuux! Ibanesning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p Xapsning fantastik qutqaruvidan so'ng darvoza chizig'idan o'tmadi. Qoyil!

47. Kiyin Pellegriniga nisbatan ishlatilgan taklif foli uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

46. "Veneciya"da o'zgarish: CHrnigoy o'rniga Sigurdsson tushirildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:2. Tanaffus! 

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Eldor SHomurodovning havolatib uzatgan pasidan so'ng Temmi Abraxam to'pni ko'kragi orqali to'xtatib oldi va darvozaga yo'l topdi – 1:2!

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

44. VAR gol bilan bog'liq vaziyatni tekshirdi va gol inobatga olindi.

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Eldor SHomurodov hisobni tenglashtirdi!  U darvozaning pastki burchagini nishonga oldi. 

41. Lorenco Pellegrinining ichkariga uzatib bergan xavfli pasini himoyachilar yo'qqa chiqarishdi.

37. Zarba!  Kiyin qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Ruy Patrisiu jamoasini qutqardi.

36. Uuuux!  Okerekening aylanma zarbasi darvozaga kirib ketishiga oz qoldi. To'p darvozaning o'ng ustuni oldidan o'tib ketdi.

35. Zarba! Lorenco Pellegrini darvoza pastki burchagini nishonga oldi. Ammo Serxio Romero xushyor holatda turgandi.

32. Stefan El-SHaaravi darvoza markazi tomon zarba yo'lladi. Zarba u qadar kuchli chiqmagani tufayli Romero qiyinchilikka uchramadi.

31. Eldor SHomurodov raqibni turtib yubordi. Jabrlanuvchi – Mattia Kaldara.

27. "Roma"da dahshatli vaziyat!  SHomurodovning pasidan keyin Abraxamning erlatib yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga ega chiqqan "Roma" azolaridan ham omad yuz o'girdi.  

26. Jordan Veretuning ichkariga uzatmasi himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi. Keyingi holatda Rik Karsdorp raqib hujumini to'xtatishga erishdi.

23. Brayan Kristantening uzatmasi juda kuchli ko'rinish olgani bois El-SHaaravi to'pni qabul qilib ololmadi. To'pni "Veneciya" posboni o'yinga kiritadi.

22. Zarba! Kiyin darvozabon qanchalik sergak ekanligini sinab ko'rdi. Ruy Patrisiu qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi. 

20. Zarbaaaa!  Eldor SHomurodov pas berish maqsadida uzoq o'yladi va oxiri jarima maydoni chizig'i yaqinidan chap oyoqda zarba berdi, zarbaga ozgina aniqlik etishmadi.

18. El-SHaaravi - Abraxam kombinaciyasi angliyalik hujumchining zarbasi bilan yakun topdi. To'p rikoshet orqali maydonni tark etdi va rimliklar burchak to'piga ega bo'lishdi.

16. Karsdorpga nisbatan qoida buzildi. Lekin negadir hakam jim... Manchini esa etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

13. "Roma" futbolchilari hujumlarni yakunlash uchun qisqa paslar bilan o'yin qurishmoqda.

11. "Roma"ning o'rta masofadan amalga oshirgan xavfli jarima zarbasi himoyachilor tomonidan bartaraf qilindi.

10. Buzio SHomurodovga nisbatan qoidani buzdi, jarima to'pi. 

10. No penalty!  Hujum chog'ida Pellegrini ofsaydda qolgani malum bo'ldi. 

9. Hamma kutib turibdi. VARdagilar vaziyatni sinchikovlik bilan tekshirib chiqishyapti.

7. Ana xolos!  "Roma" foydasiga penalti!  Xaps jarima maydonchasi ichida Abraxamni yiqitdi.

6. Devid Okerek Janluka Manchiniga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

3. GOOOL! Aramuning jarima zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Kaldara yaqin masofadan darvozaga yo'l topdi – 1:0! 

1. O'yin boshlandi!

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика