So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

A Seriya. "Yuventus" ishonchli hisobda g'alaba qozonib, 3-o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" ishonchli hisobda g'alaba qozonib, 3-o'ringa ko'tarildi

Italiya chempionati 20-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Sampdoriya – Yuventus 0:2  

«Luiji Ferraris»

Gollar: Keza 20', Remzi 90+1 

Sampdoriya – Audero, Aujello, Kolli, Yoshida, Bereshinski, Torsbyu, Kandreva (Yankto, 81), Ekdal, Adrien Silva (Damsgor, 63), Keyta Balde (Torregrossa, 68), Kvalyarella (Ramires, 68).

Yuventus – SHensni, Kellini, Bonuchchi, Danilo, Bentankur (Rabo, 75), Makkenni, Kuadrado, Artur (Remzi, 83), Keza (Sandro, 83), Morata (Bernardeski, 78), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Torsbyu (24), Ekdal (30), Bentankur (37), Damsgor (87), Bernardeski (89).

Bahs yakunlandi. "Yuventus" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. Zarba!  Ronaldu ikki raqibini chalg'itib, zarba yo'lladi, ammo zarba to'g'ri borib Yoshidaga tegdi.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Remzi!  Kuadrado zaxiradan maydonga tushgan Remzini qulay pas bilan taminladi, chamasi 10 metrdan yo'llangan zarba darvoza to'ridan joy oldi – 0:2! 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Bernardeski Ramiresni yiqitdi va ogohlantirildi.

87. Damsgor Bernardeskiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka ishladi. 

85. Ramires birga-bir vaziyatda Sandroni aldashga urindi, ammo oyog'idan zarba qabul qilib oldi. Hakam "Yuventus" darvozasi yaqinida standart holat qayd etdi. 

83. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Keza o'rniga Sandro, Artur o'rniga Remzi tushdi.  

81. "Sampdoriya"da o'zgarish: Kandreva o'rniga Yankto o'yinni davom ettiradi. 

79. Damsgor va Aujello chap qanotda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Aujello Raboni o'z tezligi orqali ortdq qoldirdi, ammo Kuadrado o'z jamoadoshiga yordamga kelib, to'pni raqibdan "toza" olib qo'ydi. 

78. "Yuventus"da o'zgarish: Morata o'rniga Bernardeski maydonga tushdi. 

75. "Yuventus"da almashtirish: Bentankur o'rniga Rabo o'yinga qo'shildi.

73. Kandreva o'ngda Daniloni ustamonlik bilan aldadi va ichkariga pas uzatdi, SHensni osonlik bilan to'pni qabul qilib oldi.      

70. Artur va Makkenni o'ng qanotda o'zaro pas o'ynashdi, shundan so'ng Makkenni Aujellodan qochib ketdi va markazdan ichkariga kirib bordi, ammo u erda Kolli diqqat bilan o'ynab, to'pni olib qo'ydi. 

68. "Sampdoriya"da 2 ta o'zgarish: Kvalyarella o'rniga Ramires, Keyta o'rniga Torregrossa tushirildi. 

65. Kuadrado o'ng qanotdan hujumga qo'shildi va ichkariga pas uzatdi, ammo u erda Yoshida Ronalduga imkon bermadi.  

63. "Sampdoriya"da o'zgarish: Adrien Silva o'rniga Damsgor tushdi. 

60. Keza chapda Danilodan to'pni qabul qilib oldi va ohista uzatmani namoyish qildi, Audero xotirjam holatda darvozadan chiqib keldi va to'pni ilib oldi. 

57. Morata gol urdi, biroq doimgidek ofsayddan. 

54. Xavfli vaziyat!  Aujello Kvalyarellani qoyilmaqom pas bilan taminladi, uning kuchli zarbasi yo'liga esa Kellini to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasi! 

53. Nihoyat, o'yin davom etmoqda. Ekdal o'ngda Silvadan to'pni qabul qildi va Baldega qulay pas taqdim etdi, ammo to'pni saqlab qolish qiyinchilik tug'dirdi. 

51. Kuadradoda hammasi joyidaga o'yshaydi, ammo Aujelloda holat sal jiddiyroq. O'zgarish bo'lishi mumkin.  

49. Aujello va Kuadrado maydonda o'zaro to'qnashib ketishdi. SHifokorlar ularga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. 

49. Rodrigo Bentankur oldindan o'ylangan uzatmani qayd etdi, reja bo'yicha Keza unga egalik qilishi lozim edi, ammo Audero o'z o'rnida va ajoyib o'ynadi. 

47. Leonardo Bonuchchi ichkari tomon xavfli uzatmani ijro etdi. Uzatma yaxshi chiqdi, biroq himoyachilar ishonchli o'yin ko'rsatishdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Xuan Kuadrado burchak to'pidan uzatmani amalga oshirmadi va to'pni tezda o'yinga kiritdi.

42. Ronaldu deyarli birga-bir holatdan foydalana bilmadi, Yoshida "podkat" orqali jamoasi joniga ora kirdi. 

39. Xavfli vaziyat!  Ronaldu taxminan 22 mterdan zarba berdi, Audero sakragan holda to'pni qaytardi!  

37. Bentankur Keytaga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

35. Ronaldu Danilo tomon pas uzatdi, u esa Kezaga pas berdi, ammo Yoshida vaziyatni bartaraf etishga erishdi. 

32. Kuadrado to'pni chapdan o'yinga kiritdi, ammo Kolli ikkinchi qavatda Makkennini mag'lub etdi.  

30. Yankto ham ogohlantirildi. 

30. Ekdal Bentankurga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

27. Ronaldu Kezani pas bilan taminladi, u markaz tomon Bentankurga pas berishi lozim edi, ammo ikki raqib qarshisida qoldi.   

26. Morata hujumga bordi va Aujelloga qirshi chiqdi, himoyachi ideal o'yin ko'rsatdi. 

24. Torsbyu Daniloga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Keza!  Morataning pasidan so'ng Keza raqib darvozabonini ranjitdi – 0:1! 

18. Balde chapda Arturni aldadi va markazdagi Ekdalga pas berdi, Bonuchchi "podkat" bilan vaziyatni bartaraf etdi. 

16. CHap qanotda mehmonlar burchak to'pi ishlab olishdi. To'pga Kuadrado yaqinlashdi va uzatmani amalga oshirdi, Kolli Kellini to'pga etib borishiga yo'l qo'ymadi. 

13. Makkennining uzatmasidan keyin ichkarida to'pni qabul qilib olgan Ronaldu zarba yo'llashga harakat qildi, Yoshida bunga to'sqinlik qildi.

12. Danilo chap qanotda Ronaldudan to'p qabul qildi va ichkariga oshirdi. Makkeni bu uzatmaga ulgurdi, ammo kutilganidek zarba bera olmadi.

11. O'ng qanotda Bentankur va Makkenni o'zaro pas o'ynashdi, keyin esa to'p Kuadrado tomon uzatildi, kolumbiyalik hujum bunday tus olishini kutmagandi.

9. Artur yugurib ketayotgan Ronalduni ko'rdi va uzun pasni amalga oshirdi, pas kuchli chiqqani bois Audero darvozadan chiqib keldi va to'pga ega chiqdi.

7. Kvalyarella Kuadradodan to'pni olib qo'ydi va oldinga borib, Ekdalni pas bilan taminlashga harakat qildi, vaziyatga Bentankur aralashdi va hujumning oldini oldi.

4. Kuadrado qulay vaziyatda yolg'iz qoldi, biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

2. Bonuchchi Makkennining yo'li tomon yaxshi pas berdi, ammo Kolli mohiroa o'yini orqali vaziyatga aralashib, jamoasini goldan himoya qildi. 

1. O'yin boshlandi! 

O'yinoldi suratlar

- O'yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 19-turida "Sampdoriya" va "Yuventus" klubilari o'zaro bahs olib borishadi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика