So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  1 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

A Seriya rasmiy saytida “Roma”ning mavsum uchun qaydnomasi hozircha yo'q Yangiliklar

A Seriya rasmiy saytida “Roma”ning mavsum uchun qaydnomasi hozircha yo'q

Ko'pchilikda Eldor SHomurodov yangi mavsumni qaerda boshlashi haqidagi savol o'ylantirmoqda.

Ammo hozircha u “Roma” futbolchisi va hali hech qaerga ketgani yo'q. Rimliklarning oxirgi mashg'ulotlarida ham 27 yoshli o'zbekistonlikni ko'rish mumkin edi.

“Roma” Italiya chempionati 2022/23 yilgi mavsumidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvini ertaga safarda “Salernitana”ga qarshi o'tkazadi.

Salernitana

Serie A . 1-tur

15/08/2022, 00:45

1
:
0
Tugadi

Roma

Bryan Cristante - 33'

Stadion: Stadio Arechi, 24983 tomoshabin

Bosh hakam: Simone Sozza

45'
90'
28'  Lassana Coulibaly
39'  Norbert Gyomber
40'  Grigoris Kastanos
54'  Grigoris Kastanos (Franck Ribery)
62'  Erik Botheim (Diego Valencia)
62'  Pasquale Mazzocchi (Junior Sambia)
73'  Lassana Coulibaly (Julian Kristoffersen)
33'  Bryan Cristante
48'  Chris Smalling
68'  Tammy Abraham (Nemanja Matic)
72'  Nemanja Matic
78'  Nicolo Zaniolo (Georginio Wijnaldum)
88'  Paulo Dybala (Stephan El Shaarawy)

A Seriya rasmiy saytida jamoalar yangi mavsum uchun qaydnomasi berib borilmoqda. Ammo “Roma” bilan birga “Fiorentina”, “Yuventus”, “Lacio” va “Napoli”ning yakuniy ro'yxati joylanmagan. Har bir klub 25 o'yinchini ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega.

“Roma” rasmiy saytida esa mavsum uchun ro'yxatdan o'tgan futbolchilar qatorida Eldor SHomurodov borligini ko'rish mumkin. Ammo PSJdan kelgan Jorjino Veynaldumning nomi haligacha yo'q.

Oxirgi malumotlarga ko'ra, "Trabzonspor" va Bolonya SHomurodovning ijarasi bo'yicha muzokaralar olib borayotgani aytildi. SHuningdek, unga "Vulverxempton", “Galatasaroy”, “Torino” hamda “Sampdoriya” ham qiziqqandi. Italiyada yozgi transfer oynasi 1 sentyabrda yopiladi.

Malumot o'rnida, rimliklar mavsum oldidan o'tkazgan 6 ta o'yinning uchtasida (“SHaxtyor” 5:0, “Nicca” 1:1, “Sanderlend” 2:0) Eldor SHomurodov qatnashdi va o'z hisobiga samarali natija yozib qo'yolmadi. Joze Mourinyu shogirdlari o'tgan mavsum Konferenciyalar Ligasi g'olibi sifatida 2022/23 yilgi mavsum Evropa Ligasi guruh bosqichida qatnashadi.

Qayd etish joizki, “SHaxtyor”ga qarshi oxirgi o'rtoqlik o'yini oldidan “Roma”ning 2022/23 yilgi mavsumida qatnashadigan futbolchilari “Olimpiko” stadionida tantanali ravishda kutib olingandi va ular qatorida o'zbekistonlik forvard ham bor edi. 


Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика