So’nggi yangiliklar

10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  3 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  12 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  4 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  5 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181

A Seriya. "Napoli" "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

A Seriya. "Napoli" "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratdi

Italiya chempionati 22-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga etdi.

SSC Napoli

Lorenzo Insigne - 31'

Serie A . 22-tur

13/02/2021, 22:00

0
:
1
Tugadi

Juventus

Stadion: Diego Armando Maradona, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
23'  Giovanni Di Lorenzo
31'  Lorenzo Insigne
56'  Tiemoue Bakayoko
64'  Matteo Politano (Fabian Ruiz)
64'  Piotr Zielinski (Eljif Elmas)
75'  Victor Osimhen (Andrea Petagna)
88'  Lorenzo Insigne (Stanislav Lobotka)
30'  Giorgio Chiellini
45'  Juan Cuadrado
46'  Juan Cuadrado (Alex Sandro)
63'  Federico Bernardeschi (Weston McKennie)
72'  Rodrigo Bentancur (Dejan Kulusevski)
90'  Adrien Rabiot

"Napoli" – "Yuventus" 1:0

"San-Paolo"

Gol: 1:0 – 31, penalti Insine.

"Napoli" – Meret, Di Lorenco, Mariu Ruy, Maksimovich, Rraxmani, Politano (Fabian Ruis, 65), Zelinski (Elmaz, 64), Losano, Bakayoko, Insine (Lobotka, 88), Osimxen (Petanya, 75).

"Yuventus" – SHchensny, Kellini, de Ligt, Danilo, Bentankur (Kulusevski, 72), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Keza, Rabo, Bernardeski (Makkenni, 63), Morata, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Di Lorenco (23), Kellini (30), Kuadrado (45), Bakayoko (56), Rabo (90).


90+5. O'yinning so'nggi daqiqalari "Napoli" darvozasi oldida kechmoqda, ammo "Yuventus"ning hujumlari muvaffaqiyatsiz yakun topmoqda.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga +6 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAA! Krishtianu Ronalduning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng Meret to'pni egallab oldi.

86. SEYV! Morata juda yaqin nuqtadan "Napoli" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo Meret oyog'i bilan zarbani to'xtatib qoldi. QOYIL! Natijada posbonning oyog'i qayrilib ketdi.

85. ZARBAAA! Kezaning o'ng oyoqdan bergan kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

78. ZARBAAA! Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Kellini to'pga bosh bilan zarba berdi, ammo to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

74. "Yuventus"ning qarshi hujumi Ronalduning chap oyoqdagi zarbasi va Meretning seyvi bilan yakun topdi.

70. Losano hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishi mumkin edi, ammo Aleks Sandro ikkinchi qavatdagi kurashda raqibiga imkon qoldirmadi.

68. ZARBAAAA! Aleks Sandro "Napoli" himoyachilari qaytargan to'pga kuchl zarba berdi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi, Krishtianu esa to'pga tegishga urindi, ammo ulgurmadi.

63. GOOOL! YO'Q! OFSAYD! To'p burchakdan o'yinga kiritildi, De Ligt kuchli zarbadan so'ng to'pni jarima maydonchasi markaziga qaytardi, to'p uchun kurashga kirishgan Kellinida ofsayd bo'lgan ekan.

56. To'p o'yinga kiritildi va Keza to'pga zarba berdi, ammo Meret darvozasini goldan saqlab qoldi.

55. Sariq kartochka. Bakayoko qanot bayroqchasi oldida Daniloni yiqitdi. "Napoli" darvozasi oldida xavfli standart vaziyat yuzaga keldi.

51. ZARBA! Ronaldu jarimadan zarba berdi va to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

49. ZARBAAA! Ronaldu juda yaqin masofadan darvoza tomon zarba berdi, ammo Krishtianu noqulay holatda chap oyog'ini ishga solgani tufayli zarba kuchsiz chiqdi. Posbon bir amallab to'pni egallab oldi.

47. ZARBAAA! Ronalduning chap oyoqda bergan zarbasi kuchsiz chiqdi, ammo to'p uning o'ziga qaytdi, o'ng oyoqda berilgan zarba esa darvoza yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45+3. ZARBAAA! Ronalduning kuchli zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegdi va hakam birinchi bo'lim yakunlanganini malum qildi.

45+2. Endi Kuadrado raqib jarima maydonchasi oldida fol ishladi.

45+1. Insinening yaqin burchakka bergan zarbasidan so'ng SHesni to'pni egallab oldi.

45. Sariq kartochka. Kuadrado to'pga ulgurmadi va Losanoning oyog'iga zarba berib yubordi. "Yuventus" darvozasi oldida navbatdagi xavfli standart.

43. Keza jarima maydonchasi burchagidan "Napoli" darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, zarba noaniq.

39. "Napoli" raqibga bosim uyushtirib, "Yuventus"ni shoshirib qo'ymoqda va natijada mehmonlarning paslarida xatolar ro'y beryapti.

34. "Napoli"ning navbatdagi hujumi zarba bilan yakun topdi, ammo noaniq zarba bilan.

31. GOOOL! Insine chap burchakning yuqori qismiga zarba berdi! 1:0!

28. Insinening jarimadan uzatgan to'pini SHesni egallab oldi, ammo Raxmani erga yiqilib, baqirib yubordi. Uzatma paytida Kellini Raxmanining yuziga zarba berib yuborgan ekan, biroq hakam fol yo'qligini ko'rsatdi. YO'Q, xulosa chiqarishga shoshilmaymiz, bosh hakam VAR orqali vaziyatni ko'rgani ketdi. PENALTI! Hakam nuqtani ko'rsatdi

24. Qanotdan uzatma va Ronalduuuu... "Napoli" posboni Meret to'pga birinchi chiqdi va uni urib yubordi. Buning ustiga ofsayd bor ekan.

15. "Napoli" Bernardeskining zarbasiga huddi shunday javob qaytardi. Insine tepgan to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

14. ZARBAAA! Keza boshlab bergan hujumni Bernardeski kuchli, ammo noaniq zarba bilan yakunladi.

9. Bernardeskining kesuvchi pasida hisob-kitob chala bo'lgani bilinib qoldi, chunki Ronaldu to'pga eta olmadi, biroq mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi.

6. Ronaldu uzoq masofadan chap oyog'i bilan "Napoli" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, to'p to'g'ri borganiga qaramay zarba kuchsiz bo'ldi.

3. Jamoalar o'zlarining ananaviy liboslarida harakat qilishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Napoli" – "Yuventus"

22.00, "San-Paolo"

"Napoli" – Ospina, Di Lorenco, Mariu Ruy, Maksimovich, Rraxmani, Politano, Zelinski, Losano, Bakayoko, Insine, Osimxen.

"Yuventus" – SHesniy, Kellini, de Ligt, Danilo, Bentankur, Kuadrado, Keza, Rabo, Bernardeski, Morata, Ronaldu.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика