So’nggi yangiliklar

11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  5 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  3 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  10 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  8 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  25 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  1 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  1 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   2 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  26 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  15 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   3

A Seriya. "Milan" o'z maydonida "Yuventus"ni "yanchib tashladi" Yangiliklar

A Seriya. "Milan" o'z maydonida "Yuventus"ni "yanchib tashladi"

Teglar :  Yuventus Milan
A Seriyaning 31-turi doirasidagi "Milan" - "Yuventus" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Milan – Yuventus 4:2

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gol: 0:1 – 47 Rabo, 0:2 – 53 Ronaldu, 1:2 - 62 Ibragimovich, 2:2 - 66 Kesse, 3:2 - 67 Leao, 4:2 - 81 Rebich. 

Milan – Donnarumma, Ker, Teo, Konti, Romanoli, Bennaser, Salemakers (Rafael Leau, 60), Lukas Paketa (CHalxanoglu, 46), Kessie, Ibragimovich (Bonaventura, 67), Rebich.

Yuventus – SHchensny, Rugani, Bonuchchi, Danilo, Rabo (Matyuidi, 69), Kuadrado, Pyanich (Remzi, 69), Bentankur, Bernardeski, Iguain (Duglas Kosta, 69), Ronaldu.

Ogohlantirish: Lukas Paketa (31), Bennaser (36), Rebich (59), Bonuchchi (62), Konti (73).

AC Milan

Zlatan Ibrahimovic - 62', Franck Kessie - 66', Rafael Leao - 67', Ante Rebic - 80'

Serie A . 31-tur

08/07/2020, 00:50

2
:
4
Tugadi

Juventus

Adrien Rabiot - 47', Cristiano Ronaldo - 53'

Stadion: San Siro, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Guida

45'
90'
31'  Lucas Paqueta
36'  Ismael Bennacer
46'  Lucas Paqueta (Hakan Calhanoglu)
59'  Ante Rebic
60'  Alexis Saelemaekers (Rafael Leao)
62'  Zlatan Ibrahimovic
66'  Franck Kessie
66'  Zlatan Ibrahimovic
67'  Zlatan Ibrahimovic (Giacomo Bonaventura)
67'  Rafael Leao
67'  Ante Rebic
73'  Andrea Conti
80'  Ante Rebic
80'  Giacomo Bonaventura
82'  Andrea Conti (Davide Calabria)
82'  Ante Rebic (Rade Krunic)
47'  Adrien Rabiot
53'  Cristiano Ronaldo
53'  Juan Cuadrado
62'  Leonardo Bonucci
69'  Adrien Rabiot (Blaise Matuidi)
69'  Gonzalo Higuain (Douglas Costa)
69'  Miralem Pjanic (Aaron Ramsey)
77'  Juan Cuadrado (Alex Sandro)
90'  Rodrigo Bentancur (Simone Muratore)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!! "Milan" 5 daqiqada 3ta gol urib, "Yuve"ni yanchib tashlagan uchrashuvni siz bilan Mirjalol Normatov kuzatib bordi. Uxlab qolganlar ham bor ekan, achining uxlagangingiz uchun. Daxshatli uchrashuv bo'ldi. "Milan" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz.

90+5. Ronaldu gol urgandi. Ammo u offsaydda qolib ketgandi. Yaqqol offsayd bor edi.

90+4. Bentankurning o'yinga qo'shilganidan qanday mano bor ekan-a?! Sarri nimani o'yladi ekan?!

6 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAAAAA!! CHalxanogluning jarimadan yo'llagan zarbasini posbon qiyinchilik bilan qaytardi!

89. Eslatib o'tamiz, "Milan" restartdan keyin 5ta o'yin o'tkazdi: 3 g'alaba va 2 durang qayd etildi. Mag'lubiyat yo'q. Jamoa g'alabali odimni davom ettirishga yaqin turibdi. SHonli "Milan"ni yodga solyapti bugungi yigitlar.

87. Pioli uchun ichim achidi. Jamoani ajoyib holatga keltirdi u. Yomon masalliq bilan yaxshi ovqat tayyorlaydigan oshpazni topgandi "Milan". Lekin shunday o'ynab turgan jamoadan uni ketkazib yuborish juda ham alamli bo'ladi.

86. Aleks Sandro noaniq zarba yo'lladi.

85. Turinliklar harakat qilishyapti. Pastroqda yozganimdek bugun "Yuve"ning hujumlarida mantiq yo'q.

83. "Milan" "yorvordi" desak ham bo'ladi)

81. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Rebiiiiichchchchchch!! Raqiblari xatosidan keyin futbolchi kuchli zarbasi bilan gol urdi!!! Super "Milan!! To'xtashni istamayapti! 

80. Bugun himoyada yaxshi o'ynagan Ker ikki marta zarba qabul qilib olganidan keyin o'yinga qaytmadi. "Milan" uchun 10 daqiqa og'ir o'tishi mumkin.

78. DAXSHATTTTT!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Rugani boshi bilan xavfli zarba yo'lladi. Donnarumma qahramonlarcha zarbani qaytardi!

77. UXXXX!! Romanoli Ker tomon to'pni kuchli tepib yubordi. Ker ikkinchi marta peshanasidan zarba qabul qilib oldi. 

76. "Milan"ning o'yini ochilib ketdi, "Yuve" himoyasida muammolar sezilmoqda. "Milan" hujumlar yomg'irini tashkil qilmoqda.

75. ZARBAAAAAAAAAA!!! Bennaserning super pasidan keyin Rebich raqib darvozasiga zarba yo'lladi. SHchensni to'pni qaytardi!

73. Zlatan kiyimlarini ham o'zgartirmagan, kiyim almashtirish xonasiga ham kirib ketmagan. U murabbiy kabi futbolchilarga ko'rsatmalar berib turibdi.

71. Cooling break.

67. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Leao raqib darvozasiga osonlik bilan to'p kiritdi. SHchensni goldagi aybni o'z bo'yniga olsa bo'ladi! Nimalar bo'lyapti! Super o'yin!

66. GOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Kesse "Yuventus"ning "proval" himoyasidan osonlik bilan o'tib ketib, gol urdi!!! Zlatandan assist!

62. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ibragimovich penaltidan unumli foydalandi!

62. PENALTI!!! Bonuchchiga sariq!!!

61. VAR ishga tushdi. Penalti ko'rib chiqilmoqda.

59. ZARBA! Teoning qanotdan uzatgan to'piga Rebich boshi bilan zarba berdi. To'p raqibga tegib maydonni tark etdi.

57. Iguainning zarbasini Ker qaytardi. "Milan" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi, natijada CHalxanoglu qulay vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay Bonuchchiga tegib, SHchensni qo'liga borib tushdi.

56. "Milan"ning uzoq vaqt davom etgan hujumi offsayd sababli to'xtadi.

52. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Ker va Romanoli to'pni qaytarishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va natijada to'p Ronalduga borib tushdi. Qo'pol xatoni Krishti kechirmadi!

50. "Yuve" yana bir hujum uyushtirishga tayyorlanayotgandi. Ammo Rabo qoida buzdi.

47. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Raboning bir o'zi "Milan"ning butun bir himoyasidan o'zib ketib, chiroyli gol urdi!

46. Ikkinchi bo'lish boshlandi!

- "San Siro"ga qaytamiz. CHalxanoglu o'yinga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Birinchi taym yakunlandi.

45+3. GOL! YO'Q! Ibraning goli offsayd sababli inobatga olinmadi.

45+2. ZARBAAAAAAAA!! Iguainning zarbasini Donnarumma ushlab oldi!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Qoyil! Ronaldu Kerni aldab o'tmoqchi edi. Simon to'pni sovuqqonlik bilan olib qo'ydi.

44. "Yuventus"ning tezkor hujumi samara bermadi. Umuman olganda turinliklar hujumlarida mantiq ko'rinmayapti.

42. Pyanich yana bir bor burchakdan Ronaldu tomon to'pni uzatdi. Krish zarba bera olmadi.

39. Pyanich burchakdan to'p uzatgandi, Bonuchchi boshi bilan zarba berdi. Bungacha Ronaldu qoidani buzgani uchun fol belgilandi.

38. ZARBAAAAAAAA!!! Daniloning kuchli zarbasini Ker boshi bilan qaytardi.

36. Pyanichga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun Bennaser ogohlantirildi.

35. Zlatan to'pni faqatgina oldinga tashlamoqda. Biroq bazi paytlarda bu o'zini oqlamayapti.

32. UXXXXX!! Bu erda penalti bo'lishi mumkin edi. Jarimadan uzatilgan to'pga Ronaldu boshini, Zlatan oyog'ini tashladi. Yaxshiki, jarohatlar ham bo'lmadi.

32. "Yuventus"da yana bir standart.

O'tgan 30 daqiqa mobaynida chekkada tamaki chekib turgan murabbiyning jamoasi biror marta aniq zarba yo'llamabdi. "Milan"da esa 3ta aniq zarba bor.

27. Cooling Break

25. ZARBAAAAAAAA!!! Zlatan-Teo-Zlatan kombinaciyasidan keyin Ibraning zarbasini SHchensni ushlab oldi. Bugun "Milan" ishtiyoq yuqori.

23. ZARBAAAAAA!!! Pyanich yiqilib tushdi va pasni o'tkazib yubordi. Ibragimovichning zarbasi raqibga tegib, kuchini yo'qotdi va SHchensni uchun to'pni ushlab olish osonlashdi.

22. O'tgan daqiqalar davomida ikki jamoaning markaziy yarim himoyachilari - Pyanich hamda Salemakers yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

20. Pyanichning jarimadan uzatgan to'pini Ibragimovich boshi bilan qaytarib yubordi.

17. "Milan" tezkor hujumga o'tib ketdi. Kessening Ibragimovich tomon uzatgan to'pini Rugani qaytarib yubordi.

14. Bu safar Raboning zarbasi noaniq ketdi.

13. ZARBAAAAAAAAAA!!! Ronaldu Kontini aldab o'tib, darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

12. Pyanichning uzun pasi Bernardeskidan o'tib ketib, Donnarumma tomon ketib qoldi.

10. UXXXXXXXXX!! Uchrashuvda hisob ochilishi mumkin edi. Bernardeskining jarimadan uzatgan to'piga Bonuchchi boshi bilan zarba berishga biroz kechikdi.

8. Uchrashuvdagi ilk zarba Salemakers tomonidan berildi. Uning kuchsiz zarbasini SHchensni ushlab oldi.

5. "Yuventus" hujumga o'tayotgandi, biroq Bernardeski hujumda fol ishlatdi.

3. "Milan" chiroyli kombinaciya bilan, ajoyib paslar bilan raqib jarima maydonchasi yonigacha keldi. Biroq Bennaserning Teo tomon uzatgan pasi maydondan tashqariga chiqib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar sokin kuy ostida maydonga tushib kelishdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика