So’nggi yangiliklar

08:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Кападзе қўл остидаги илк машғулотини ўтказди  2 07:30"Машъал" бир нечта футболчилар билан хайрлашди  0 03:00Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" 90+2-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришиб, 4-ўринга кўтарилди ва бошқа натижалар  9 01:32"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси: "Квадрупл? АПЛ муҳимроқ"  1 01:10Киммих "Реал" билан боғланди  4 00:45Европа лигаси. "Тоттенхэм"да ғалаба, "Рома" мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  13 00:29БАА. Ўзбек футболчилари дербисида Ғаниев жамоаси ғолиб бўлди  3 23:50Альфонсо Дэвиснинг келажаги душанба куни ҳал бўлади  0 23:29Расман: "Барселона" Араухо билан шартномани узайтирди  2 23:12Футзал. "Бунёдкор" етакчилардан бирига қарши ўйинда камбек қайд этди, "Металлург" ўз тарихидаги сўнгги ўйинида мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 22:54Шаҳбоз Беғамов - "Нефтчи" жамоаси спорт директори!  26 22:39Ўзбекистон футзал федерациясида тайинловлар амалга оширилди  3 22:00Суперлигадаги дебютида "Насаф"ни жазолаган, ҳокимдан машина олган ҳамда Тошкентда ота-онаси кўз ўнгида гол урган Рубин Хебай ҳақида қизиқарли маълумотлар  21 21:46Мармуш "Манчестер Сити"нинг энг қиммат трансферларидан бири бўлди  16 21:15Влахович "Арсенал"га ўтмайдиган бўлди  2

"A" seriya: Markaziy o'yinlarga boy hafta Yangiliklar

"A" seriya: Markaziy o'yinlarga boy hafta

Italiya “A” seriyasining 35-turida “Skudetto” sohibi nomi aniq bo'lishi mumkin.
“Milan” esa Evropa Ligasiga chiqish uchun katta qadam tashlash imkoniyatiga ega. Benites Milanda sobiq klubiga qarshilik qiladi. Bularning barchasi Apennin yarim orollarida yaqinlashib kelayotgan turda kuzatilishi mumkin bo'lgan voqealardir.



25 aprel, 23:45
ROMA - MILAN
Taxminimiz
– 2:2
Mavsumni ajoyib o'tkazayotgan “Roma” o'ziga kelishga ulgurgan “Milan” bilan “Olimpiko”da maydonga tushadi. Garchi, Rimdagi o'yinlarning o'zida ham raqibga umumiy hisobda imkoniyatni boy berib turgan bo'lishiga qaramay, mazkur bellashuvda Rudi Garsiya shogirdlarining imkoniyati yuqoriroq baholanadi. CHunki rimliklar mazmunli futbol namoyish etishyapti. “Milan” esa oxirgi 5 bahsda g'alaba qozonib, Evropa Ligasida ishtirok etishi mumkin bo'lgan jamoalar qatoriga qo'shildi. Milanliklar aynan hozir eng yaxshi holatga kirgandek. Lekin avvalgi raqiblar orasida “Roma” kabi kuchlisi yo'q edi. Agar “Roma” ochko yo'qotgudek bo'lsa, chempionlik haqidagi savollar “Yuventus” o'z o'yinini o'tkazmasdan turib hal etiladi. “Olimpiko”da bugun bizni “qaynoq” uchrashuv kutib turgani aniq.



Taxminiy tarkiblar
“Roma”:
De Sanktis - Maykon, Toloy, Kastan, Dodo - De Rossi, Nainggolan, Pyanich - Jervino, Lyaich, Totti.
“Milan”: Abbyati - Bonera, Rami, Mekses, Konstan - Muntari, Montolivo - Xonda, Kaka, Taarabt - Balotelli.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Destro, Benatiya, Balcaretti, Strootman - Kristante, Birsa, Saponara, De Yong.

26 aprel, 21:00
BOLONYA - FIORENTINA
Taxminimiz
– 1:1
Florenciyaliklar oldida mavsumni shunchaki yakunlab qo'yish vazifasi turibdi. To'g'ri, Vinchenco Montella shogirdlari hech bo'lmaganda 4-pog'onani saqlab qolish uchun harakat qilishlari turgan gap. Mezbonlar esa “A” seriyada keyingi mavsum ham o'ynashni istasalar, kamida ochko qo'lga kiritishlari shart.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Della Rokka, Krespo - Xegazi, Gomes, Rebich, Fernandes, Matri, Paskual.



23:45. INTER - NAPOLI
Taxminimiz –
3:2
Turning yana bir markaziy bellashuvida “Inter” “Napoli”ni qabul qiladi. Milanning ushbu jamoasi ham mavsum oxiriga kelib o'z o'yinini topib oldi. Valter Maccari shogirdlari kuchli uchlikdan o'rin olgan jamoalarni hozircha dog'da qoldira olishmadi. SHanba kuni “Inter”da buning uchun oxirgi imkoniyat bo'ladi. Birinchi davrada neapolliklar 4:2 hisobida zafar quchishgandi. Rafa Benites esa “Inter”da faoliyat yuritgan va u sobiq jamoasiga qarshi bahsda “Napoli”ni maydonga boshlab chiqadi. Uchrashuvda imkoniyatni teng baholasa bo'ladi.



Taxminiy tarkiblar
“Inter”: Xandanovich - Kampanyaro, Ranokkiya, Andreolli - D'Ambrozio, Kovachich, Kambiasso, Ernanes, Nagatomo - Palasio, Ikardi.
“Napoli”: Reyna - Enrike, Britos, Albiol, G'ulom - Inler, Jorjino - Kalexon, Xamshik, Mertens - Igauin
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Rolandu, Samuel, Juan Jezus, Alvares - Rafael, Madjo, Fernandes.

27 aprel, 15:30
VERONA - KATANIYA
Taxminimiz
– 2:1
Quyi seriyaga tushib ketishi tobora aniq bo'lib borayotgan “Kataniya” Veronaga safar uyushtiradi. Oxirgi paytlarda yana to'purarlik mahoratini namoyish etayotgan Luka Tonida gollari sonini oshirib olish uchun yana yaxshi imkoniyat mavjud. “Verona” g'alaba qozongan taqdirda Evropa Ligasi uchun kurashni davom ettiradi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Donati, Martino - Bellushi, Almiron.

18:00. SAMPDORIYA - KEVO
Taxminimiz
– 3:1
Sinisha Mixaylovich jamoasi hozir xohlagancha o'yin namoyish etishi mumkin. Genuyaliklarga hech narsa bosim o'tkazmaydi. “Kevo” o'tgan turda o'z maydonida “Sassuolo”ga imkoniyatni boy bergach, o'z vazifasini mushkul qilib oldi. Endi “A” seriyada qolish uchun jamoa qolgan bahslarda kamida 6 ochko to'plashi lozim.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Guana, Obyang - Paredes, Drame, Paloski, Rubin.

LIVORNO - LACIO
Taxminimiz
– 1:2
Livornoliklar ham o'rinlarini saqlab qolish uchun harakat qilishmoqda. Biroq jamoada gol urish borasida katta muammolar mavjud. Paulino kiritayotgan to'plar ochko olishga ham etarli bo'lmayapti. “Lacio” Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun bor kuchi bilan o'ynayapti deb aytish qiyin, lekin rimliklar “Livorno”ni mag'lub etishlari mumkin.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: CHekkerini, Luchi, Mbaye - Kloze, Dias, Ederson, Konko, Novaretti, Radu.

KALYARI - PARMA
Taxminimiz
– 1:1
“Kalyari” mavsumni tugatib olsa bo'lgani. “Parma” esa ELda qatnashishga imkoniyat beruvchi o'rinlardan biriga davogarlik qilmoqda. Mezbonlar safida yo'qotishlar ko'p, lekin bu jamoa o'z maydonida har qanday raqibga keskin qarshilik ko'rsata oladi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Avramov, Ibarbo, Murru, Ekdal, Vesino, Adrian - Pocci, Vergara, Paletta.



TORINO - UDINEZE
Taxminimiz –
2:2
Hujumkor futbol ko'rsatayotgan jamoalar Turinda ham bundan voz kechmasalar kerak. “Torino” safida CHiro Immobilening to'purar bo'lishi uchun barcha birdek harakat qilishi mumkin. CHiro yaqin taqibchilarini 2 golga ortda qoldirib ketgan. “Udineze” esa shunchaki zavq olish uchun o'ynasa ham bo'laveradi. Jamoa oldida mavsumda qo'yilgan vazifa uddalab bo'lingan.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Basha, Farnerud, Rodriges, Paskuale, Mazello - Domicci, Kelava, Laccari.

23:45. ATALANTA -JENOA
Taxminimiz
– 2:1
“Atalanta” mavsum oxirida omadi kelsa, ELda o'ynash huquqiga ega bo'lishi mumkin. “Jenoa” esa bazi jamoalar singari mavsumni yakunlab qo'ysa kifoya. SHu sababli ishtiyoqi balandroq bo'lgan bergamoliklarning g'alaba qozonishi haqiqatga yaqinroq.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Yepes, Karmona, Kaccola, Brienca, Morales - Kalayo, Matuzalem, Senturion.



28 aprel, 23:45
SASSUOLO - YUVENTUS
Taxminimiz
– 0:2
Dushanba kuni o'tkaziladigan uchrashuvda chempion nomi aniq bo'lib ulgurishi mumkin. “Roma” ochko yo'qotsa va “Yuve” Sassuolodan g'alaba bilan qaytsa, ushbu holat ro'y beradi. Evropa Ligasining yarim final javob o'yinini o'ylagan holda Antonio Konte mazkur raqibga qarshi bir qator zaxira futbolchilaridan ham foydalanishi mumkin. Barchasi “Roma” – “Milan” bahsidagi natijaga bog'liq. “Roma” yuta olmasa, turinliklarga mag'lubiyat ham salbiy tasir ko'rsatmaydi. Uchrashuv arafasida mezbonlarda jiddiy yo'qotishlar bor. Jarohat va diskvalifikaciyalar tufayli 9 nafar o'yinchi “Sassuolo”ga yordam bera olmaydi.
Taxminiy tarkiblar
“Sassuolo”: Pegolo - Gaccola, Antei, Kannavaro, Longi - CHibsa, Manyanelli, Cigler - Zaza, Sansone, Floro Flores.
“Yuventus”: Buffon - Barcali, Bonuchchi, Kellini - Lixtshtayner, Pogba, Pirlo, Markizio, Asamoa - Lorente, Teves.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Alekse, Byanko, Acherbi, Brigi, Manfredini, Marrone, Missiroli, Bondini, Berardi (hammasi “Sassuolo”).


Behzod Nazarov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика