A Seriya klubi Depayni xarid qilishga tayyor
07 may 2020 12:40
Yangiliklar
A Seriya klubi Depayni xarid qilishga tayyor
"Lion" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
"Milan" yozda 26 yoshli forvardni xarid qilmoqchi. Klub uning transferi uchun 20 million evro taklif qilmoqchi, bundan tashqari "Lion" uning keyingi transferidan ham ulush oladi.
Depayning "Lion" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyunida yakunlanadi.
Depay "Lion"ga 2017 yilning yanvarida "Manchester Yunayted"dan 16 million evro evaziga o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
08:10
A Seriya. 3-turning markaziy uchrashuvida hisob ochilmadi, SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shildi 6
Fikrlar