So’nggi yangiliklar

13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  0 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 13:10U-20 Осиё кубоги. Эрон — Япония ўйини учун таркиблар билан танишинг  1 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  2 12:01"Барселона" "Манчестер Сити" вингерини харид қилиши мумкин  0 11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  5 11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  3 10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  20 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  19 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   20 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  12 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  38

A Seriya. "Jenoa" mehmonda yirik g'alabaga erishdi va 14-o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

A Seriya. "Jenoa" mehmonda yirik g'alabaga erishdi va 14-o'ringa chiqib oldi

A Seriya 20-tur doirasidagi "Krotone" - "Jenoa" o'yini yakuniga etdi.

Crotone

Serie A . 20-tur

31/01/2021, 19:00

3
:
0
Tugadi

Genoa

Mattia Destro - 24', Lennart Czyborra - 29', Mattia Destro - 50'

Stadion: Stadio Ezio Scida, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Piero Giacomelli

45'
90'
33'  Junior Messias
46'  Pedro Pereira (Andrea Rispoli)
56'  Samuel Di Carmine (Emmanuel Riviere)
69'  Niccolo Zanellato (Eduardo)
69'  Lisandro Magallan (Koffi Djidji)
85'  Eduardo
90'  Arkadiusz Reca
24'  Mattia Destro
28'  Kevin Strootman
29'  Lennart Czyborra
29'  Davide Zappacosta
50'  Mattia Destro
50'  Miha Zajc
61'  Eldor Shomurodov (Marko Pjaca)
61'  Miha Zajc (Filippo Melegoni)
71'  Mattia Destro (Goran Pandev)
71'  Davide Zappacosta (Paolo Ghiglione)
74'  Kevin Strootman (Valon Behrami)

"Krotone" – "Jenoa" 0:3

"Ecio SHida"

Gollar: 0:1 – 24 Destro, 0:2 – 29 CHiborra, 0:3 – 50 Destro.

"Krotone" – Kordac, Pedru Pereyra (Rispoli, 46), Marrone, Golemich, Reca, Benali, Dzanellato (Eduardo Enrike, 69), Junior Messias, Magalyan (Djidji, 69), Di Karmine (River, 56), Nvankvo.

"Jenoa" – Perin, Dzappakosta (Gilone, 71), Krishito, Masello, CHiborra, Badel, Radovanovich, Strotman (Bexrami, 74), Zayc (Melegoni, 61), SHomurodov (Pyaca, 61), Destro (Pandev, 71).

Ogohlantirishlar: Strotman (28), Junior Messias (33), Eduardo Enrike (85), Reca (90).


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. PERINDAN AJOYIB SEYV! "Krotone" futbolchisi yaqin masofadan "Jenoa" darvozasiga zarba berdi, ammo Perin to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

85. Pendev ofsaydda qolib ketdi. Takroriy lavhada bu qaror bo'yicha biroz shubha paydo bo'ldi.

71. O'zgarish: Destro o'rniga Pandev, Zappakosta o'rniga Gilone maydonga tushdi.

68. ZARBA... SHomurodov o'rniga maydonga tushgan Pyaca raqib darvozasi tomon zarba berdi, ammo to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

61. O'zgarish: Eldor SHomurodov o'rniga Pyaca maydonga tushdi.

58. Maselloning bu safargi uzatmasi Eldorga etib keldi, biroq SHomurodov to'pni o'ziga to'g'irlab zarba berganidan so'ng to'p raqib oyog'iga tegib, maydonni tark etdi.

57. Masello raqib futbolchilarining xatosidan foydalanib to'pga ega chiqdi va tezkorlik bilan qarshi hujum boshladi. Ammo u to'pni SHomurodovga etkazib bera olmadi.

53. To'p markazdan SHomurodovga uzatildi, ammo uzatma biroz kuchliroq bo'lgani tufayli Eldor to'pga eta olmadi.

50. GOOOL! DESTRO! Mattia uchrashuvda o'zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini urdi. Zaycning qanotdan uzatgan ajoyib to'pini Destro bir teginish bilan darvozaga burib qo'ydi.

47. "Krotone" hisobda orqada qolayotgani tufayli ikkinchi taymni faol boshladi va darvoza tomon zarba berishga ulgurdi. Perin ushbu to'pni osonlik bilan egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Perin standartdan uzatilgan to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

44. Zappakosta burchak bayroqchasi oldida qoida buzdi. Endi mezbonlarda gol urish uchun qulay vaziyat sodir bo'lishi mumkin.

40. "Krotone"ning xavfli hujumi Radovanovichning harakati tufayli bartaraf etildi. Reka to'pni "Jenoa" jarima maydonchasiga tashlagandi, ammo Radovanovich to'pga hammadan oldin chiqib, uni darvoza oldidan uzoqlashtirdi.

37. Eldor hujumda agressiv harakat qilgani uchun hakam o'yinni to'xtatdi.

35. SHomurodov jarohat olgan ko'rinadi. Ikkinchi qavatdagi kurashda raqibi sakramay, Eldorni pastdan biroz turtib yubordi. Hamyurtimiz muvozanatni yo'qotib, erga noqulay yiqildi. SHomurodov o'zi o'rnidan turib, shifokorlar bilan maydon chetiga chiqdi. Hammasi yaxshi deb umid qilamid

29. GOOOL! CHIBORRADAN SUPERGOL! 0:2! CHiborra Zappakostaning o'ng qanotdan uzatgan to'pini ajoyib zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi.

24. GOOOL! "JENOA" hisobni ochdi! Eldor SHomurodov to'pni o'ziga to'g'irlab, tezda to'pni Destroga uzatdi. Mattia esa Zaycga pas berdi. "Quyon" to'pni qarama-qarshi qanotdagi Eldorga uzatdi, ammo to'p himoyachilarga tegdi. Qaytgan to'pga Destro zarba berdi va hisobni ochdi. GOLNI TELEGRAM KANALIMIZ ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN.

22. Hamyurtimiz markazda to'pni qabul qilib, ikki raqibini aldashga urindi, ammo u o'ylaganini bajara olmadi va to'pni yo'qotdi.

20. SHomurodov jamoadoshining uzatmasi paytida ofsaydda qolib ketdi va yon hakam buni tezda payqab, bayroqchasini ko'tardi.

18. Eldor raqib darvozabonining xatosidan foydalanib to'pni egallab oldi va tezda uni jamoadoshiga uzatdi. Biroq "Jenoa" futbolchisi darvozani nishonga ola bilmadi..

15. SHomurodov o'z jamoasining hujumini boshlab, to'pni Destroga uzatdi, ammo hujum zarbasiz yakun topdi va to'p yo'qotildi.

10. Eldor ikkinchi qavat uchun kurashda g'olib chiqib, to'pni jamoadoshiga olib berdi. Uning hamkasbi esa darvoza tomon zarba berdi, ammo posbon ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.

8. SHomurodov markazda bir futbolchini aldab, hujumga o'tayotganda, uni yiqitib, to'xtatib qolishdi. 

7. Zayc o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi va endi "Jenoa" darvozasi oldida standart vaziyat yuzaga keldi. Jarimadan to'g'ri darvoza tomon zarba berildi, paslab kelgan to'pni Perin muammosiz ushlab oldi.

4. SHomurodov jamoasi dastlabki daqiqalardan faolroq ko'rinyapti.

2. Bugun "Jenoa" oq libosda harakat qilyapti, mezbonlar esa qizil va to'q ko'k rangli formalarda.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Genuyaliklarning o'zbekistonlik forvardi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Bahs saytimizda matnli translyaciya qilinadi.


"Krotone": Kordaz, Golemik, Marrone, Magallan, Reka, Benali, Zanellato, Mesyas, Perreyra, Di Karmin, Simi

"Jenoa": Perin, Masselo, Radovanovich, Krishito, Zappakosta, Strotman, Badel, Zayc, CHiborra, SHomurodov, Destro.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика