So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

A Seriya. Jamoasini o'zgartirishi zarur bo'lgan 10 futbolchi Yangiliklar

A Seriya. Jamoasini o'zgartirishi zarur bo'lgan 10 futbolchi

Bazida, ketish - eng maqbul yo'l bo'ladi.

Bazi futbolchilar bir klubda uzoq qolib ketganlaridan, boshi berk ko'chaga kirib qolgandek bo'ladilar. Bunga misollar etarlicha, jumladan A Seriyada ham: birgina Domeniko Berardini olaylik. U "Sassuolo"da qolib ketdi va o'sha "chuqur"dan chiqib ketolmadi. Yoki "Milan"ning sobiq sardori Rikardo Montolivoni — rasmiy uchrashuvda oxirgi marta qachon maydonga tushganini uning o'zi ham eslolmasa kerak.

Mattia Perin
Klub: "Yuventus"
Yoshi: 26
Fuqaroligi: Italiya
Poziciya: darvozabon

1-1,5 yil avval bu golkiper "Jenoa" safida porlagan va Italiya termasi posboni poziciyasi uchun Donnarummaga munosib raqib bo'lishi kutilgandi. Tezkor, chaqqon, jasur – bu borada uning etarlicha ijobiy jihatlari mavjud.


Perin "Yuventus" taklifiga loyiq ekanini isbotladi, ammo jamoada o'z o'rnini topa olmadi. Raqobatda Voycex SHHensnyy g'alaba qozondi, Mattia esa — tajriba orttirishi kerak bo'lganlardan biri bo'lib qoldi. Bu ham etmaganidek, Buffon qaytdi va bor umid ham yo'qoldi. SHu sababli, endi klubdan ketishiga to'g'ri keladi. Portugaliyaning "A Bola" nashri malumotlariga qaraganda, Perin yaqin kunlarda "Benfika" bilan shartnoma imzolar ekan.

Xuan Kuadrado
Klub: "Yuventus"
Yoshi: 31
Fuqaroligi: Kolumbiya
Poziciya: yarim himoyachi

Raqobatga dosh bera olmagan yana bir o'yinchi. U tezkor va texnik jihatdan mukammal bo'lgan futbolchilardan biri bo'lsa-da, kolumbiyalik 2-3 yil avval ancha foydali edi. O'sha yillari "Yuve"da ijarada o'ynagan va juda ajoyib o'yin namoyish etgan edi. SHundan so'ng, "byankoneri" uni "CHelsi"dan sotib olishga qaror qilgan. Vaqt o'tgan sari turinliklar o'z safini kengaytirib bordi va o'ng qanotga Duglas Kosta va Bernardeskini sotib oldilar. Allegri bazida Kuadradoni majburan mudofaa chizig'ida o'ynatar edi.

Bundan tashqari, jarohatlar ham uni chetlab o'tmadi — o'tgan mavsum deyarli 5 oyni o'tkazib yubordi. Oldinda uni "Yuventus"ning hech bo'lmaganda zaxiradan muntazam ravishda maydonga tushuvchi futbolchi bo'lish kurashi kutib turibdi. Ammo hali ham ketishga kech emas.

Simone Verdi
Klub: "Napoli"
Yoshi: 27
Fuqaralogi: Italiya
Poziciya: yarim himoyachi

"Bolonya" etakchisi 2017/18 yilgi mavsumda nafaqat ajoyib statistikasi (10 gol + 10 assist), balki ikki oyoqda ham o'ynay olishi bilan ko'pchilikning yodida qoldi. "Krotone"ga qarshi bahsda jarima maydonidan 2ta gol (o'ng va chap oyoqda) urgan.


U "Napoli" taklifi tufayli karerasini o'stirishi mumkin edi, ammo Verdi Neapolda bunga ulgurmadi – jarohatlar, raqobat, o'ziga bo'lgan ishonchning yo'qolishi unga halal berdi. Simone universalligi hamda uzatmalari tufayli ko'p narsaga erishishi mumkin. Unga "Torino" va "Sampdoriya" qiziqish bildirmoqda.

Joau Mariu
Klbu: "Inter"
Yoshi: 26
Fuqaroligi: Portugaliya
Poziciya: yarim himoyachi

2016 yil yozda "Inter" unga 40 mln evro sarfladi. Tan olish kerakki, adashdi. Portugaliya termasining asosiy o'yinchisi Stefano Piolining ishonchiga qaramay, yangi joyda o'z o'rnini topolmadi.

Luchano Spalletti kelganidan keyin vaziyat yanada og'irlashdi – natijada Mariu yarim yilga "Vest Xem"ga ketishga majbur bo'ldi. Bunday formatdagi yarim himoyachi Antonio Kontega kerakli o'yinchilardan biri bo'lishi qiyin. SHu sababli, faoliyatini davom ettirish uchun eng maqbul yo'l – APL. Masalan, "Vulverxempton".

Alessandro Pliccari
Klub: "Milan"
Yoshi: 19
Fuqaroligi: Italiya
Poziciya: darvozabon

"Milan"ning yosh tarbiyalanuvchilaridan biri bu yilgi Jahon CHempionatida Italiya termasi U-20 safida o'zini namoyon eta oldi. Uning ajoyib seyvlari tufayli italyanlar yarim finalgacha chiqdilar. Pliccarrining o'zi mavsum davomida aka-uka Donnarumma va Pepe Reynadan so'ng "rossoneri"ning 4-raqamli posboni bo'lish bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi. Bundan tashqari, Janluijji Donnarumma undan bir yosh katta — Jijji klubdan ketsagina, Alessandro nimaga qodirligini isbotlashi mumkin. “Milan” UEFA bilan moliyaviy feyr-pley haqida kelishib olganidan so'ng, asosiy darvozabonini sotmaslikka qaror qildi. SHu sabab, endi Pliccari o'ziga boshqa makon izlashiga to'g'ri keladi.

Federiko Keza
Klub: "Fiorentina"
Yoshi: 21
Fuqaroligi: Italiya
Poziciya: vinger

Ro'yxatimizning qolgan yarmi – o'z ustida ishlashi lozim bo'lgan jamoa etakchilaridan iborat. Eng yorqin misol – Federiko Keza. Nostandart harakatlar bo'yicha o'z ishining ustasi, iqtidorli o'yinchi, yosh bo'lishiga qaramay, Italiya termasining asosiy futbolchisiga aylana oldi. "Fiorentina" u uchun juda quyi pog'onadagi klub sanaladi.


Jamoadoshlari ham uning darajasidan ancha past. Federiko bajonidil "Inter" yoki "Yuventus"ga o'tgan bo'lar edi. Ammo Florenciya klubining yangi xo'jayinlari muxlislarini ranjitmaslik uchun Kezani umuman sotmaslikka qaror qildilar. Biroq oldindagi yana bir yil tufayli umidi so'nib, keyingi faoliyatiga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.

Alessio Krano
Klub: "Kalyari"
Yoshi: 25
Fuqaroligi: Italiya
Poziciya: darvozabon

Krano umidli yosh darvozabon darajasidan o'tib bo'ldi. “Kalyari”ning asosiy tarkibidan muqim joy egallash, Italiya termasi uchun muntazam takliflar, ajoyib seyvlar kollekciyasi — bo'yi darvaozabon uchun unchalik baland bo'lmagan Kranoda yuqorida sanalganlarning barchasi bor. Bundan tashqari, u to'pga ajoyib tarzda otila oladi. SHu sababli, A Seriyaning o'rtamiyona vakili uchun o'ynashdan ko'prog'ini o'ylash vaqti kelgandek go'yo. SHu yozda futbolchi xizmatlariga “Roma” qiziqish bildirdi, ammo “Betis” posboni Pau Lopes variantida to'xtashga qaror qildi. Vaqt o'tishi bilan yangi xaridorlar paydo bo'lishi aniq va Krano faoliyatidagi navbatdagi muhim qadamni tashlashi zarur. Lekin o'tadigan bo'lsa-da, asosiy tarkib uchun kurashadigan jamoa bo'lishi zarur. Bo'lmasa, uni ham  Perinning taqdiri qarshi oladi.

Rodrigo De Paul
Klub: "Udineze"
Yoshi: 25
Fuqaroligi: Argentina
Poziciya: yarim himoyachi

O'tgan mavsum birinchi qismini ajoyib o'tkazgan “Udineze” etakchisi De Paul – universal, hujumkor yarim himoyachi, maydonni ko'rish qobiliyatiga ega o'yinchidir. Rodrigo Udineda endi yuksala olmasa kerak. Bundan tashqari, jamoani himoyaviy futbolni xush ko'ruvchi Davide Nikola qo'lga olgach, futbolchining o'yini yanada sustlashdi. De Paul Argentina termasiga zarur. Yodingizda bo'lsa, yaqindagina bo'lib o'tgan Kopa Amerika turnirida ham u muhim o'yinchilardan biri bo'ldi. SHunday futbolchi — turnir jadvalining yuqori pog'onasida o'ynaydigan klub uchun juda zarur. Mish-mishlarga qaraganda, yaqin kunlarda uni “Roma”ga “jo'natib yuborishar” emish.

Kristian Kuame
Klub: "Jenoa"
Yoshi: 21
Fuqaroligi: Kot d’Ivuar
Poziciya: hujumchi

Kshishtof Pentek “Milan”ga ketishidan avvval polyakning sherigi edi. CHaqqon Kuame A Seriyada zo'rg'a debyut qilgan bo'lsa-da, sherigini ajoyib tarzda to'ldirib turardi. CHezare Prandelli bosh murabbiy etib tayinlandi. Ammo shundan so'ng, hujumchining samaradorligi sezilarli darajada pasaydi. Kuame yangi murabbiy — Aurelio Andreaccoli bilan yuqori cho'qqilarni zabt etishiga biroz shubha bor. Sababi, hujumchi bu murabbiyning uslubiga moslasha olmayapti. SHu sababli, u o'zining o'yin uslubiga to'g'ri keladigan jamoani izlab ko'rishi kerak, nazarimizda.

Sandro Tonali
Klub: "Breshia"
Yoshi: 19
Fuqaroligi: Italiya
Poziciya: yarim himoyachi

Andrea Pirloning izdoshi, “redjista” uslubidagi o'yinchi — Tonali yosh bo'lishiga qaramay, B Seriyada harakatlanadigan “Breshia”ning etakchisidir. SHuningdek, u muntazam ravishda Italiya yoshlar terma jamoasiga chaqiriladi. A Seriyadagi debyuti Sandroning kelajagi uchun muhim qadamlardan biri bo'lib xizmat qiladi. Qolaversa, u iqtidori bilan top klublardan biriga o'tib ketsa, ajabmas. Ushbu mavsum oralig'ida jamoadan ketishi shart emas, lekin etarli tajribaga ega bo'lganidan so'ng (1-2 yil ichida), Tonali olg'a intilishi shart — o'zini butunlay namoyon qila oladigan klubga o'tishi lozim.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика