So’nggi yangiliklar

12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  0 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  4 11:23Месси ва Роналду даври тугади — энди расман  6 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  3 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  32 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  14 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4

A Seriya. Birinchi davraning so'nggi turi qanday o'tdi? Yangiliklar

A Seriya. Birinchi davraning so'nggi turi qanday o'tdi?

Italiya chempionatida birinchi davra yakunlandi.

Xo'sh, bu turda jamoalar qanday natija qayd etishdi, etakchilar to'qnashuvida nimalar sodir bo'ldi — barchasi haqida qisqacha. 

"Yuventus"ning navbatdagi qurboni — "Bolonya"

Italiya superkubogidagi g'alabadan keyin "Yuventus" uchun chempionat uchrashuvini ham omadli o'tkazish muhim edi, ustiga-ustak "Bolonya" osonlikcha g'alabani sovg'a qiladigan raqiblardan hisoblanmaydi. O'yin starti ancha sokin ruhda o'tdi va qaysidir vaziyatlarda omad hattoki mezbonlarga ko'proq kulib boqdi. Ronaldu to'pni Arturga etkazdi, braziliyalikning zarbasini qovushmadi, o'zi yiqilib tushdi, lekin yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib to'p darvozaga aniq etib bordi. Yarim himoyachining A Seriyadagi ilk goli o'ziga xos vaziyatda kiritildi. Ko'p o'tmay, Krishtianu oradagi farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi, ammo Skorupski darvoza burchagiga yo'llangan to'pdan tashqari, Bernardeskining takroriy zarbasini ham qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Makkenida ham qulay imkoniyat bo'ldi, futbolchi jarima maydoni ichidan zarba berdi, ammo aniqlik etishmadi. "Bolonya" esa o'ziga kelishi qiyin bo'ldi va raqibning bosimiga dosh bera olmadi. 

Tanaffusdan keyin "Bolonya" bir necha bor omadini sinab ko'rdi, Kuadrado kutilmaganda o'z darvozasi tomon xavfli zarba yo'lladi, ammo SHesni darvoza to'sini ostidan to'pni qaytarishga erishdi. Polshalik posbon Orsolinining uzoq masofadan yo'llagan zarbasini ham ishonchli tarzda qaytarib yubordi. "Bolonya" qaysidir pallaga kelib, "Yuventus"ni darvozasi yaqiniga "qamab qo'ya oldi". SHu sababli ham turinliklarning goli muhim ahamiyat kasb etdi. Kuadrado burchak zarbasini amalga oshirdi, Makkeni boshi bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Darvoqe, bu tashqi ko'rinishidan juda o'xshash futbolchilarning o'zaro tashkillashtirgan uchinchi goli. "Bolonya" shundan keyin amalda to'xtadi, "Yuventus" esa yana gol urishi mumkin edi, biroq Makkeni va Ronalduning zarbalaridan keyin Skorupski jamoasini qutqardi. Natijada, "keksa sinora" davrani 4-o'rinda yakunladi, lekin hammasi hali oldinda.


"Sassuolo" "Lacio"ga mag'lub bo'ldi 

Ikki hujumkor raqilarning o'zaro to'qnashuvi katta qiziqish bilan kutilgandi. Jamoalar umidni oqlay olishdi desak mubolag'a bo'lmas. "Sassuolo" ilk daqiqalardan daxshatli pressing "rejimini yoqdi" va bu ish berdi. 6-daqiqadayoq mehmonlar "Lacio"ni xato qilishga majbur bo'ldi. Jurichich to'pni jarima maydoni markaziga etkazdi, Kaputo esa mahoratini namoyish qilib, to'pni darvozaga aniq yo'lladi. "Lacio" keyingi urinishdayoq hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Korreaning zarbasidan keyin to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi. SHunday bo'lsada, aynan argentinalikning ajoyib uzatmasidan keyin Milinkovich-Savich boshi bilan kuchli zarbda hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Birinchi bo'limda boshqa xavfli.

Tanaffusdan keyin vaziyat deyarli o'zgarmadi. Har ikki jamoa faol ravishda hujumga o'tar, ayniqsa qanotlar yaxshi ishlarid. Gol ham aynan shu zona orqali yuzaga keldi. Marushich tezligini ishga soldi va keyin to'pni Immobilega etkazdi, CHiro esa bir urinishda to'pni Konsilyaning yonginasidan o'tkaza oldi. Ko'p o'tmay shunga o'xshash vaziyat takrorlandi, ammo boshqa qanotdan. Qo'shimchasiga bu safar Immobilening zarbasi himoyachilar tomonidan bloklandi. "Sassuolo" esa charchab qolgandek tasavvur uyg'otdi, "Lacio" esa vaziyatlaridan foydalana olmasdi. Na Muriki, na Elaskante Konsilya darvozasini ishg'ol qila olmadi. "Neroverdi" amalda o'zi taklif qilgan tezlikka dosh bera olmadi, "Lacio"ni esa muhim g'alaba bilan tabriklasa bo'ladi.


"Atalanta" safarda "Milan" ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi

Har ikki jamoa o'zaro to'qnashuvga ajoyib sport formasida etib keldi. SHuning uchun ham muxlislar yorqin o'yin kutgandilar. Ko'pchilik uchun kutilmaganda "Atalanta" ilk daqiqalardan tashabbusni qo'lga oldi. Aynan Gasperini shogirdlari ketma-ket vaziyatlar yaratishar, "Milan" esa o'yin ritmiga tusha olmasdi. Natijada, burchak zarbasidan keyin Gosensning ajoyib uzatmasidan keyin Romero yiqilayotib to'pni Donnarumma qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi. "Milan" darhol javob berishi mumkin edi. Zlatan o'tkir burchak ostida o'ziga yo'llangan to'pga eta olmadi.

Ikkinchi bo'limda maydondagi umumiy holat o'zgarmadi. "Atalanta" vaziyat yaratar, "Milan" esa markazda qiynalardi. Oqibatda Kessie oddiy vaziyatda, jarima maydoni ichida tirsagi bilan Ilichichga zarba berib qoldi. Bunday munosabatni Yosip kechira olmasdi va o'zi penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi. Bundan keyin "Milan" katta kuch bilan oldinga tashlanishi kutilgandi, lekin vaziyatlar hamon aynan "rossonerilar" darvozasi oldida yuzaga kelardi. Avvaliga Sapata boshi bilan bergan zarbasidan keyin to'p biroz yuqoridan o'tib ketdi, keyin esa Ilichichning uzoq masofadan bergan zarbasidan so'ng to'p ustun yonidan o'tib ketdi. Sapata ancha faol edi, aynan u navbatdagi burchak zarbasidan keyin to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi, lekin to'p ustunga tegib qaytdi. Mehnat, mehnatning tagi rohat deganlaridek, kolumbiyalik niyatiga etdi. Romero oldinga o'tdi va to'pni Duvanga etkazdi, Sapata esa ortiqcha qiyinchiliksiz yakuniy hisobni o'rnatdi. "Milan" mag'lub bo'lsada, davra yakunlariga ko'ra, etakchilikni saqlab qoldi. "Atalanta" esa ajoyib formasiga kirib bormoqda.


"Napoli"ning "Verona"ga kuchi etmadi   



"Fiorentina" ustidan qozonilgan g'alabadan (6-0) keyin "Napoli" mamlakat superkubogini yuta olmadi, lekin "Verona"ga safar katta intriga bilan kutilmagandi. Qo'shimchasiga o'yin "Napoli" uchun ajoyib boshlandi. Demme o'yin markazdan boshlanishi hamonoq to'pni oldinga uzatdi va Lozano 6-soniyada gol urishga erishdi. A Seriya tarixidagi ikkinchi eng tezkor gol. Darvoqe, 1-o'rin ham shu mavsum, Leao tomonidan kiritilgandi. "Napoli" tezkor goldan keyin xotirjamlikka berildi va ish bajarildi deb hisobladi shekilli, qarshi hujumlarda o'ynashga o'tib oldi. Biroq "Verona" himoyada boshqa qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. Malum daqiqalarda esa o'zi xavfli hujum uyushtirishga harakat qilib ko'rdi. Faraoni qanotdan to'pni jarima maydonidagi Dimarkoga etkazdi, u esa uzoq o'ylamay zarba berdi. "Verona" tanaffusgacha yana gol urishi mumkin edi, ammo Kulibali to'pni chiziq ustidan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda ham "Verona" rostmana dadil o'yin ko'rsatdi. Cakanya ajoyib harakat bilan to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi, Barak birinchi urinishda uni to'xtatdi, ikkinchisi bilan aniq nishonga yo'lladi. Javob berish uchun "Napoli"ning deyarli kuchi qolmagandi. SHu sababli Gattuzo shogirdlari uzoq masofadan bir-ikki zarba bilan cheklanishdi. "Verona" esa to'xtash niyatida emasdi. Darko Lazovich to'pni Cakanyaga uzatdi, u esa boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. SHu tariqa, futbolchi golli uzatmaga gol qo'shib qo'ydi. "Napoli" 6-pog'onaga sho'ng'idi,  Gattuzo esa shogirdlarining tiklanish jarayoni ustida jiddiyroq bosh qotirishi talab etiladi.


"Roma" dramatik bahdsa "Speciya"ni engdi 

"Roma" atrofida hozirda turli mish-mishlar va mojaroli gap-so'zlar yuribdi. Bu safar Jeko maydonga umuman tushmadi. O'z o'rnida Borxa Mayoral asosiy tarkibda jangga tashlandi va imkoniyatidan unumli foydalandi. Pellegrini to'pni ajoyib tarzda jarima maydonchasi markaziga etkazdi va ispaniyalik darvozani "o'qqa tutdi". "Speciya" o'zini yo'qotmadi, "Roma" himoyachilari va darvozaboni qo'pol xatosidan keyin Pikkoli yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. "Speciya" himoyasi ham ishonchli harakat qilgani bilan maqtana olmasdi, Spinnacola takror va takror qanotdan reydlarni amalga oshirdi, ammo tanaffusgacha hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'lim kutilganidan ham qiziqarliroq, yorqinroq bo'ldi. Veretu markazdan oldinga o'tdi va to'pni Mayoralga uzatdi, Borxa bu safar ham adashmadi. "Roma" "qon isini oldi" va darhol keyingi golni urishga erishdi. Spinnacolaning navbatdagi urinishidan keyin boshqa lateral Karsdorp to'pga birinchi bo'lib etib keldi. 

Endi xato qilish navbati "bo'rilar" himoyasiga etib kelgandi va Farias qulay vaziyatga chiqib, to'pni darvozaga aniq yo'lladi. "Roma" yana hujumga tashlandi, lekin rimkliklar imkoniyatlardan foydalana olishmasdi. Barchasi "jalorossi"ning g'alabasiga qarab ketayotgandi, lekin asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida Smolling to'pga aniq zarba bera olmadi va Verde birga-bir vaziyatda kiperni dog'da qoldirdi. Muxlislar nahotki mangu shahar vakillari tayyor g'alabani qo'ldan chiqarsa deb turganda, tinib-tinchimas Spinnacola qanotidan navbatdagi bor oldinga o'tdi, undan to'pni qabul qilgan Peres Pellegriniga etkazdi va u darvoza "to'qqizligini" aniq poyladi. SHu tariqa, "Roma" dramatik uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritdi.

SHuningdek, "Inter" hamda "Udineze" hisobni ochishmadi, "Torino" va "Benevento" murosa ko'chasini tanladi, "Jenoa" "Kalyari"dan ustun keldi.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика