A seriya bahslari 2 maydan davom ettiriladi va 30 iyun kuni yakuniga etkaziladi
15 mar 2020 08:18
Yangiliklar
A seriya bahslari 2 maydan davom ettiriladi va 30 iyun kuni yakuniga etkaziladi
Koronavirus tufayli to'xtatilgan Italiya A seriyasi bahslarining davom ettirilishi mumkin bo'lgan sanasi elon qilindi.
La Repubblica nashrining xabariga ko'ra, chempionat bahslari 2 may, shanba kunidan boshlab davom ettiriladi va barcha bellashuvlar muxlislarsiz o'tkaziladi. Mavsumning so'nggi tur uchrashuvi 30 iyun kuni bo'lib o'tadi va ushbu tur bellashuvlarida muxlislar o'z jamoalarini stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turishlariga ruxsat beriladi.
Musobaqaning qoldirilgan tur o'yinlarini iyun oyida har uch kunda o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Italiyada koronavirus infekciyasiga chalinganlar 17 ming kishidan oshib ketgan.
Fikrlar