So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  0 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

A Seriya. Tunning markaziy o'yinida "Milan" Bergamoda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

A Seriya. Tunning markaziy o'yinida "Milan" Bergamoda mag'lub bo'ldi

A Seriyaning 15-turi doirasidagi markaziy bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Atalanta – Milan 2:1

6 dekabr, 00:45 | "Adzurri d′Italiya"

Gollar: de Ketelare (12), Morata (22), Lukman (87).

Atalanta – Karnezekki, Kolashinac, Xin, Jimsiti (Kossunu, 76), Pashalich (Samarjich, 76), Rudjeri, Ederson, de Ron, Bellanova, Lukman (Breshianini, 90), de Ketelare (Retegi, 76).

Milan – Menyan, Teo, Tiav, Gabbiya, Emerson, Reynders, Fofana, Rafael Leau, Pulishich (Loftus-CHik, 38), Musa, Morata (Abraxam, 78).

Ogohlantirish: de Ketelare (56), Bellanova (71).

Atalanta

Charles De Ketelaere - 12', Ademola Lookman - 87'

Serie A . 15-tur

07/12/2024, 00:45

1
:
2
Tugadi

AC Milan

Alvaro Morata - 22'

Stadion: Gewiss Stadium, 22606 tomoshabin

Bosh hakam: Federico La Penna

45'
90'
12'  Charles De Ketelaere
12'  Marten de Roon
55'  Charles De Ketelaere
71'  Raoul Bellanova
76'  Mario Pasalic (Lazar Samardzic)
76'  Berat Djimsiti (Odilon Kossounou)
76'  Charles De Ketelaere (Mateo Retegui)
87'  Ademola Lookman
87'  Sead Kolasinac
90'  Ademola Lookman (Marco Brescianini)
90'  Matteo Ruggeri (Giorgio Scalvini)
22'  Alvaro Morata
22'  Rafael Leao
38'  Christian Pulisic (Ruben Loftus-Cheek)
75'  Paulo Fonseca
78'  Alvaro Morata (Tammy Abraham)
90'  Yunus Musah (Samuel Chukwueze)


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Milan" safarda mag'lub bo'ldi. "Atalanta", balki, vaqtinchalikka bo'lsa-da, A Seriya peshqadami bo'lib turadi. Bu jamoaning ketma-ket 9-g'alabasi bo'ldi.

90+3. MENYAYAYAYANNNNNN!!! Retegi Mayk Menyan bilan birga-bir holatga chiqib bordi va darvozabonning yaqin burchagini nishonga oldi. Menyan jamoasini qutqardi.

90. "Atalanta" asosiy vaqtini hujumda o'tkazayotgan bo'lsa-da, hujumchi o'rniga himoyachi maydonga tushdi.

87. GOOOOOOOOOOLLL!! LUKMAAANNNN!! Burchakdan uzatilgan to'pni Lukman darvozaga kiritdi. Bu gol "Arsenal"ning MYUga urgan ikkinchi goliga juda ham o'xshadi.

86. UXXXXXXX!! "Milan" himoyasidagi bo'shliqdan keyin Lukman qulay nuqtadan Menyanni yana bir marta sinab ko'rdi. Mayk o'z o'rnida.

84. Murabbiylar tezda o'zgarishlar qilib tashlashdi. Lekin hozircha o'yin tezlashganicha yo'q.

79. ZARBAAAAAAAA!! Juda xavfli vaziyat yuzaga keldi. "Atalanta" tezkor qarshi hujumga chiqib ketdi. 3x3 holatda qolgandi tomonlar. Lukmanning zarbasini Menyan qiyinchilik bilan qaytardi.

75. UXXXXXX!! Morataning to'p uzatishidan keyin qulay nuqtadagi Loftus-CHik darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

71. Bellanova sariq kartochka ishlab oldi. O'zi ham biz ham hayron.

69. Rudjeri chap qanotdan darvoza yoniga to'pni havolatib uzatdi. Menyan to'pga chiqib bordi va ushlab oldi.

66. O'yin tempi yuqori. Lekin vaziyatlar kamayib ketdi.

61. Leau "Atalanta" jarima maydonchasiga kirishiga oz qolganida raqibi to'pni qaytarib yubordi.

59. ZARBAAAAAAA!! De Ketelare yana "Milan" himoyasini ko'rmadi va qanotdan markazga to'pni oshirdi. Bellanova to'pni erga tushirmasdan darvoza tomon yo'lladi. Darvozaga ketayotgan to'p sherigidan kimgadir tegib maydonni tark etdi.

56. Uchrashuvdagi ilk kartochka ham de Ketelare hisobiga yozildi. U hujumga katta tezlikda ketayotgan Leauni ochiqchasiga to'xtatdi. SHarl bugun katta "zaryad" bilan maydonga tushgandek.

54. UXXXXXX!! Reynders qanotdan markazga zarba aralash pas berdi. Morata pasni zarba deb o'yladi va to'pga bormadi.

51. UXXXXXX!! Lukmanning chap qanotdan uzatgan to'pini darvoza yonidagi Tiav maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Bu to'pga teginishning o'zi bir risk bo'lgandi.

50. Ikkinchi bo'lim ham tezkor hujumlar bilan boshlandi. "Milan"ning bir qancha zarbalari manziliga etib bormadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

43. UXXXXXXXXXX!!! Lukmanning o'ng oyoqda yo'llagan aylantirma zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi. Inglizchasiga aytganda "So close".

41. UXXXXXX!! Pashalich "Milan" darvozasiga zarba berdi. To'p rikoshet hosil qildi va de Ketelarening yo'liga emas, ortiga tushib qoldi. Agarda to'p de Ketelarening yo'liga tushganida u Menyan bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan bo'lardi.

37. Pulishich jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga Loftus-CHik maydonga tushadi.

35. ZARBAAAAA!! "Atalanta" chiroyli hujum uyushtirdi. Bellanovaning pasi Pashalichga bordi. Marioning zarbasini Menyan ushlab oldi.

26. Lukmanning zarbasiga "Milan" himoyachilari blok qo'yishdi.

24. "Atalanta" tezlikda javob berishi mumkin bo'lgandi. De Ketelarening bu safargi zarbasi golga aylanmadi.

22. GOOOOOOOOOOLLLL!! Morata bugungi o'yindagi ikkinchi golini urdi! Bunisi hisoblandi! Leaudan superpaaassss

16. O'yin tempi tushdi, "Atalanta" vaziyatni nazorat qilishni istamoqda. "Milan" esa to'psiz holatda.

12. GOOOOOOOOOOLLLL!!! De Ketelare hisobni ochdi va sobiq jamoasiga urilgan golni nishonladi! Bo'yi unchalik baland bo'lmagan futbolchi juda balandga sakradi o'ziyam!

10. "Milan" sevimli chap qanotidan hujumga o'tdi. Teoning uzatmasini himoyachi burchakka chiqarib yubordi.

7. GOOOOOOOOOLLL!!! YO'O'O'O'O'O'O'QQQQ!! Morata juda chiroyli gol urdi. To'pni to'xtatish, himoyachini chalg'itish va zarba berishda klassni ko'rdik. Biroq offsayd bor ekan.

3. ZARBAAAAAAAAAAA!!! De Ketelare "Milan" himoyasini osonlik bilan yorib o'tdi va darvoza yoniga to'pni uzatdi. Lukmanning zarbasi anchagina balanddan ketdi. Juda xavfli vaziyat bo'lgandi.

1. UXXXXXXXXX!!! 15-soniyadayoq hisob ochilishi mumkin bo'lgandi Pulishichning zarbasini mezbonlar posboni qaytardi!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! 

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Tunning markaziy o'yini start olish arafasida.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика