So’nggi yangiliklar

07:22"Локомотив" таркибида украиналик легионер кўрикдан ўтмоқда  0 03:26Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги дебюти: хато, ҳаёжон ва трибунадан қарсаклар  12 03:00Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Реймс"ни юта олмади, Кварацхелия дебют ўйинини ўтказди  1 02:59Ла Лига. Мбаппенинг хет-триги "Реал"га меҳмонда "Вальядолид"га қарши ўйиндаги ғалабани тақдим этди  13 01:30Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "У ҳали жуда ёш, ҳали ўрганиб олади. Ҳар қандай футболчи хато қилиши мумкин"  26 01:04Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти ҳақида фикр билдирди  43 00:50АПЛ. "Манчестер Сити" - "Челси" 3:1, Ҳусанов дебют ўйинини ўтказди  6 00:26АПЛ. "Манчестер Сити"дан камбэк, Ҳусанов дебют ўйинида 53 дақиқа ўйнади  511 00:03А Серия. Етакчи "Наполи" "Ювентус"га қарши ўйинда ирода қайд этиб, ғалабага эришди  3 23:54Расман: Антони Ла Лига клубига ўтди  3 22:50Раҳмоналиев "Рубин"дан ижара асосида кетади. У бугун янги клуби билан шартнома имзолаш учун учиб кетади  2 22:21Бундеслига. "Бавария" меҳмонда қийин ғалабага эришди, "Боруссия" ўз уйида 10 киши бўлиб дуранг ўйнади, "Лейпциг" ва "Байер" ўртасидаги ўйинда эса 4та гол урилди  1 22:14АПЛ. "Ливерпуль" ва "Борнмут"дан йирик ғалаба, "Арсенал", "Эвертон" ва "Ньюкасл" ҳам 3 очкога эга бўлди  5 21:42Педри "Барселона" билан янги шартнома бўйича келишувга эришди  0 21:06Муҳаммад Салоҳ АПЛ тўпурарлари рўйхатида Анридан ўзиб кетди  4

A. Qodirov: "Juda ham ajablandim" Yangiliklar

A. Qodirov: "Juda ham ajablandim"

"Bunyodkor" U-21 jamoasiga Ivan Boshkovich bosh murabbiy etib tayinlandi.

Biz endi faoliyatini katta murabbiy sifatida davom ettiradigan Abduhamid Qodirov bilan suhbatlashdik.

— Abduhamid aka, istefo haqidagi xabardan taajjublandingizmi? Har holda jamoangiz ajoyib natija qayd etayotgandi.

— Bu xabarni majlisda elon qilishdi. Juda ajablandim. CHunki 1-davrani 2-o'rinda yakunladik. O'tgan yil 6 nafar futbolchini asosiy tarkibga etkazib berdik, bu yil yana 6 ta. Ularning aksari Superligada o'ynayapti. Ammo rahbariyat shuni xohladi. Biz bu qarorni hurmat qilishimiz kerak.

— Mavsum oldidan PFL reglamentiga U-21 chempionati o'tkaziladigan stadionlar bo'yicha yangi qoida kiritildi. Bu amalda ham ko'rinyaptimi?

— Albatta, o'zgarishlar sezilyapti. Bu yil ancha yaxshi. Masalan, AGMK bilan jamoaning asosiy maydonida o'ynadik. U erda sifatli futbol ko'rsatsa bo'ladi.

— Ko'p mutaxassislardan Bilol Tupliev haqida maqtovlarni eshitganman. Uni siz kashf qilgansiz, to'g'rimi?

— U judayam iqtidorli futbolchi. Lekin juda ham kam gap va bosiq. SHuning uchun Bilolni o'ynatish qiyin bo'lgan. 7-8 ta o'yindan keyin ham jamoaga kirishib keta olmadi. Hattoki, bazi shogirdlarim uni o'yinga qo'ymasligimni ham iltimos qilishgandi. Birozdan keyin u jamoaga moslashdi va juda foydali o'yinchiga aylanib, o'zini barchaga isbotladi. Bilolda ko'pchilik orzu qiladigan sifatlar bor. Uning kelajagi porloq bo'ladi, nasib qilsa.

— To'g'ri, u juda ham kamgap bola. Nima deb o'ylaysiz, Bilolning xarakteri uning potencialini to'liq ochishga halaqit bermaydimi?

— Bilasizmi, bu bola unga to'la ishonayotganingizni his qilishi kerak. SHunda aqlingizni shoshirib qo'yadigan harakatlarni ko'rsata oladi. O'zbek futbolida oldinga pas uzatishdan qo'rqmaydigan futbolchilar kamyob. Tuplievda shu jihat yuqori. U 2-3 kishining orasidan engil chiqib keta oladi. Qirg'izistondagi musobaqada u o'zini to'liq ko'rsatdi va raqib muxlislarining olqishlariga ham sazovor bo'ldi. O'ylashimcha, u Viktor Karpenkoga ham yoqib qolgan. Murabbiy Bilolga etarlicha imkon beryapti.

— Bu yoshda yigitlar uchun ishonch juda muhim bo'lsa kerak...

— SHunday. O'tgan yili Muzaffar Olimjonovni o'rinbosarlar jamoasi safida olib qolganimda bazi mutaxassislar norozi bo'lishgandi. Oradan 1 yil o'tdi. Muzaffar universallashib, Superligada o'ynayapti. U asosiy jamoaning bir bo'lagiga aylandi.


— Muhammad-Safo Fozilovni kim tarkibga jalb qildi?

— U o'tgan mavsumni "CHig'atoy" bilan Birinchi ligada o'tkazdi. Yil boshida Aziz Alijonov bilan maslahatlashib, uni o'rinbosarlar jamoamizga chaqirdik. Boshida kirishib ketolmadi, lekin Qirg'izistonda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Mana, o'zingiz ham ko'ryapsiz. 1-davra oxirida Superligada o'ynadi va "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabaga o'z hissasini qo'shdi.

"Mixed zone". Muhammad-Safo Fozilov: "Yoqimli. Hammasi tushga o'xshaydi"

— Mahmud Muhammadjonov mavsumni asosiy jamoa safida boshlagan va ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirgandi. Uning oxirgi paytlarda zaxira futbolchisiga aylanishi nima bilan bog'liq?

— 2-turda golga sabab bo'luvchi xatosi tufayli zaxiraga olindi. Murabbiylarni to'g'ri tushunish kerak, ulardan natija talab qilishadi. Lekin Mahmud juda iqtidorli futbolchi. U hujumga o'tishdan charchamaydigan fulbek. SHu tufayli o'rinbosarlar tarkibida muntazam ravishda gol yoki assist amalga oshiradi. U endigina 19 yoshga to'ldi va Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamizning asosiy figuralaridan biri. O'z ustida ishlashdan to'xtamasa, uni yorqin kelajak kutmoqda.

— Tez orada "Bunyodkor" U-21 jamoasidan qaysi futbolchilar porlashini kutsak bo'ladi?

— Jasur Umrzokov, Jasur Xoldorov, Mironshox Sattorov, Aziz Koshibxonov, Xurshid Ubaydullaev, Toxir To'xtasinov,  Sudaysi Jo'raboev singari ko'plab iqtidorli futbolchilar bor. 

— Endigi rejalar qanday?

— Faoliyatimni katta murabbiy sifatida davom ettiradigan bo'ldim. 18 iyul kuni Xorvatiyaga jo'nab ketishimiz kerak. SHu o'rinda mana shunday imkoniyat yaratib bergani uchun futbochilar nomidan rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Bu yoshda xalqaro yig'inlar, o'rtoqlik uchrashuvlari juda katta foyda beradi.

Faxriddin suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика